Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta transport vositasi ishtirokida YTH yuz berdi. To‘qnashuvda hech kim jarohatlanmadi.
Film O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadagi tarixiy ishtiroki tomon bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot” ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja orqali sotilishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqladi. Mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega jamiyat jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.
O‘zbekistonda aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari may oyida 14 foizni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa pasaydi. Aholi uchun ham, biznes uchun ham kutilmalardagi asosiy omil kommunal xizmatlarning qimmatlashishi bo‘lib turibdi.
Malavi (Afrika) vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Chilima navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev “Hisorak” suv omborida hech qanday favqulodda holat yuz bermaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 10-iyun kuni suv omborida suv tashlash ishlari amalga oshirilgan, inshootdagi ishlar esa oldindan rejalashtirilgan tizimda davom etmoqda.
Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekistonni prezidentni onlayn haqoratlash jinoyatini bekor qilishga chaqirdi. Tashkilotga ko‘ra, “odamlar ochiq, repressiyadan qo‘rqmay tanqid qila olishi kerak”. Huquq faollari prezidentni tuhmat va haqorat qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilash shart emasligini aytmoqda.
Endilikda Click orqali oila a’zolariga komissiyasiz va cheklovlarsiz pul o‘tkazish mumkin. Mazkur funksiya Click Up ilovasidagi “Mening oilam” bo‘limida mavjud.
Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.
Nurota tumanida Onix avtomobili Damas`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Gentra bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi (xususan, 2 yoshli bola va 2 oylik qiz) hamda bir haydovchi vafot etdi.
Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar fuqaro sudlangan. Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga esa shartli va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.
️Prezident farmoni bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ularga sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi.
Smartbank O‘zbekistonda bank operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha barcha funksiyalarni taqdim etish maqsadida Profinch bilan birgalikda Oracle Flexcube avtomatlashtirilgan bank tizimini ishga tushirdi.
Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting