Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi. Yilni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekistonda joriy haftaning ish kunlarida sovuq ob-havo hukmronlik qilishi kutilyapti. Hafta boshida shimoliy hududlar va tog‘larda havo harorati tunda -10 darajadan ham pastroq bo‘lishi mumkin. Joylarda vaqti-vaqti bilan unchalik ko‘p bo‘lmagan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
Uychi tumanida mast holda mashina boshqarib uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Sud uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Rossiyadagi elchixona mamlakatda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklarni huquqiy maqomini zudlik bilan hal qilishga chaqirdi. Nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kirganlar 30-aprelgacha huquqiy holatini hal qilishi yoki chiqib ketishi kerak. Reyestrda bor-yo‘qligini Rossiya IIV sayti orqali tekshirish mumkin.
Trampning aytishicha, u Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida telefon orqali gaplashdi, deb yozdi NYP. “Putin odamlar ortiq o‘lmasligini xohlaydi”, — deydi AQSh prezidenti. Trampga ko‘ra, AQSh 500 mln dollarli nodir yer qazilmalari va gaz evaziga kelishuvda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bermoqchi.
Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 soat bo‘lgan qiz jinsli chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi. Uni Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi o‘lik, qo‘l va oyoqlari jarohatlangan holda topgan. Bolani kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.
Garovga olinganlarni almashishning beshinchi raundi doirasida HAMAS Qizil Xochga uch kishini topshirdi. Isroil esa 183 nafar falastinlik mahbusni ozodlikka chiqardi.
O‘zbekistonda may oyidan “Toza qo‘llar” dasturi boshlanadi. Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari jihozlanishi, jamoat hojatxonalari va umumiy ovqatlanish punktlari sovun hamda antiseptik bilan ta’minlanishi, sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash dasturi qabul qilinishi kerak.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2021-yil martdan beri ishlab kelgan Olgan Bekar mamlakatdagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish va tuproq bilan qoplangan turar joy massivlari hududida qurilmalar o‘rnatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ko‘p qavatli uylarni qurishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlar bilan sug‘orish tizimlarini o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobuslardan birida 37 yoshli erkak voyaga yetmagan o‘g‘il bolaga shilqimlik qildi. U qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.
Prezident farmoni bilan yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish va sotishni cheklash uchun “barcha kuchlarni safarbar qilish” belgilandi. Shu bilan birga, aholi “sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i” bilan ta’minlanishi kerak.
Onix turar joy majmuasi maxsus aksiya e’lon qilmoqda – 1,6 sotixli kottejlarning birinchi beshta xaridori Hofmann maishiy texnika to‘plami va 50 million so‘m oladi.
“Bozor ko‘rmagan yigit” filmidagi ijrosi hamda “Televizion miniatyuralar teatri”dagi komedik rollari bilan tanilgan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshda vafot etdi. U “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024-yilda 6,5% o‘sib, 1,45 kvadrillion so‘mga ($115 milliardga yaqin) yetdi. Aholi jon boshiga YIM hajmi 39,1 mln so‘mgacha ($3093) o‘sdi, deya xabar beradi Statistika agentligi.
Bananli pechene, shokolad-bananli keks va bananli pishiriqlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Turkiya poytaxtida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgan 33 kishi vafot etdi. Bosh konsulxona ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini bildirdi. 14-yanvardan buyon Istanbul va Anqarada qalbaki alkogol iste’molidan vafot etganlar soni 103 kishiga yetdi, ularning 23 nafari — o‘zbekistonlik.
Yanvar oyida shakar va o‘simlik moyi narxlarining keskin pasayishi tufayli oziq-ovqat tovarlarining jahon narxi tushdi, deb xabar berdi FAO. Jumladan, oylik hisobda shakar (6,8%), o‘simlik moyi (5,6%), go‘sht (1,7%) kabilarning narxi arzonlagan. Sut va boshoqli mahsulotlar narxi esa oshgan.
2024-yilda o‘zbekistonliklarga ro‘yxatdan o‘tgan cheklar uchun 1 trillion so‘mdan ortiq keshbek to‘landi. Eng ko‘p mablag‘ni Toshkent shahri (412,2 mlrd so‘m) va viloyati (107,1 mlrd so‘m) iste’molchilari olgan. Eng kam keshbek Sirdaryo viloyati (15,5 mlrd so‘m) hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlar berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting