O‘zbekistonning Singapurga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U bunga qadar Germaniyadagi elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.
Uzum IT-akademiyasida o‘qishning ikkinchi oqimida xohlovchilar “Loyiha menejeri” va Customer Support yo‘nalishlari, shuningdek, Java `da ishlab chiqish hamda tizimlarni tahlil qilish kurslarini tanlashlari mumkin.
Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.
LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Varshavadan ilk reys 14-mart kuni tongda Toshkentga yetib keldi. Parvozlar haftada 3 marta amalga oshiriladi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev buni Yevropa bilan havo aloqalarini o‘rnatishda muhim qadam, deya atadi.
Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.
15−20-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda internet tarmog‘iga ulanish uchun optik tolali va radiorele aloqa liniyalari mavjudligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, liniyalarni kompyuterlar bilan jihozlash masalasi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘ga bog‘liq.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganini qayd etdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. U MO mamlakatlarida gender tengligi bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi. Tumanda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlar orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.
Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.
BMT hisobotida aytilishicha, 2022-yilda dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni tarixiy eng past darajaga yetgan, biroq o‘sish, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarda sekinligicha qolmoqda.
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi.
Davlat ehtiyojlari uchun hududi tortib olinayotgan “Qo‘yliq” bozori faoliyati tugatildi. Tadbirkorlarga faoliyatini Food City, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirish taklif qilinmoqda.
Jo Bayden va Donald Tramp Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida rasman ko‘rsatilishi uchun yetarlicha ovoz oldi. Bu AQSh prezidentlik saylovlarida qariyb 70 yil ichidagi birinchi revansh uchrashuvi bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting