“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularda kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
2023-yili O‘zbekiston Rossiya tabiiy gazini 1000 kub metri uchun 160 dollardan sotib oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant’”. Bu narx Turkiya va Xitoyga sotilayotgan Rossiya gazi o‘rtacha narxidan past.
17-mart kuni Bokudagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekiston kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochiladi. Unda XIX asr oxiri — XX asr boshlariga oid 150 ga yaqin amaliy san’at namunalari namoyish etiladi.
Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi.
Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.
Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.
Gazli Gas Storage kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori bo‘lgan “Gazli”ning operatori ta’sischilari o‘zgarganiga izoh berdi. “Baxtiyor Fazilov restrukturizatsiyadan keyin ham asosiy benefitsiar bo‘lib qolmoqda. Kompaniya hech qachon sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli bo‘lmagan”, — deyiladi bayonotda.
Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyligini e’lon qilib, va shu bilan mamlakatda futbol rivojiga o‘z hissani qo‘shish istagini bildiradi.
Komiljon Mullajanov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Abduraxim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
AQShda 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida kutilganidek “Oppenhaymer” g‘olib bo‘ldi. Eng yaxshi aktyor Killian Myorfi bo‘lgan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa deb Emma Stoun topildi. G‘oliblar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi. U politsiyaning pichoqni tashlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagach, otib o‘ldirildi. Ayol hozirda shifoxonada va u erining vafotidan xabardor emas.
Navro‘z bayrami arafasida Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida 10-martdan boshlab taroveh namozi o‘qiladigan vaqtda — soat 19:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi. Ro‘yxat.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li” hududini ko‘p qavatli uy, mehmonxona, restoran va savdo majmuasi qurish uchun xususiy korxonaga berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Pragadagi superturnirda muddatidan avval g‘olib chiqdi va onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. Shaxmat murabbiyi Georgiy Shvanov ushbu muvaffaqiyat va u ochayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov ilgari mag‘lubiyatga uchramagan rossiyalik Magomed Qurbonovni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib, WBA chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Madrimov o‘rta vazn toifasida boshqa kuchli bokschilar va jahon chempionlari bilan boks o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini boshladi. 17,7 mln dollarlik ushbu loyiha barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag‘lari ajratiladi.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchisi ham bo‘lgan.
Senat raisi boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yil davomida “favqulodda holat” rejimida ishlaydi. SSP, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbankda raisning ayollar tadbirkorligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ish boshlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting