Kanadadagi hospis asoschisi Facebook`da bemorlardan biri vafotidan oldin “Dyuna 2” filmini ko‘rishni istayotgani haqida yozdi. Film rejissyori Deni Vilnyov premyeradan 1,5 oy oldin unga assistenti orqali film nusxasi va kompyuterini yubordi. Bemor filmni tomosha qilganidan bir necha kun o‘tgach vafot etdi.
O‘zbekistonda 2023−2024-yillarning qishidagi havo harorati 1,5−2,6 daraja yuqori bo‘ldi. Fevral o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi, dekabrda esa eng past harorat kuzatildi.
Qo‘qon (Farg‘ona), Zarafshon (Navoiy), Termiz (Surxondaryo), Yangibozor (Xorazm) va Bo‘ston (Qoraqalpog‘iston) shaharlarida “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi sinovdan o‘tkazildi. U hokimiyat organlarning yoshlar manfaatini ta’minlovchi qarorlar qabul qilishini ta’minlashga qaratilgan.
Angren shahridagi 2 ta maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi. Avvalroq Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev telefondan foydalanishni taqiqlagan maktabga 300 mln so‘m va’da qilgandi. Hokimlikka ko‘ra, bu orqali “o‘quvchilarning e’tibori bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi”.
O‘zbekiston poytaxtidagi ekologik vaziyatdan kelib chiqib, shahar hududi ekologik hududlarga ajratiladi. Transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga qarab ularga yorliq yopishtiriladi. Yorliq rangiga qarab ayrim ekologik zonalarga kirish bosqichma-bosqich cheklanadi. Video.
101 yildan buyon yashab kelayotgan “Mushtum” jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Tahririyat buning sababini “iqtisodiy qiyinchiliklar”, deya izohladi. Jurnal faoliyati ma’lum vaqtga to‘xtatilganiga oid xabar tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 146-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga suv sifati sensorlari, filtrlash va tozalash tizimlari, shuningdek, intensiv baliq yetishtirish uchun quyosh suv isitgichlarini taqdim etdi.
Poytaxt hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi. U qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 2 mingdan ortiq foto va video qayd etish tizimini o‘rnatadi, transport kompleksi uchun yagona reklama maydoni, pullik to‘xtash joylari va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasi yaratadi.
Quva tuman tumanidagi qabristondagi 62 tup archa daraxti tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan ostidan kesib tashlangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda 1 ta o‘quvchi o‘rniga 1,2 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda, oqibatda ikkinchi va uchinchi smenadagi o‘quvchilar soni 2,1 mlndan ortiqni tashkil etmoqda, (jami o‘quvchilarning 33 foizi) deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.
O‘zbekistondagi maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan, 70,5 foizida “vodoprovod” mavjud, maktablarning 4,6 foizi umuman yaroqsiz holatda, umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan, deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.
Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
O‘zbekistonda BMTning rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etililadi. Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi. (To‘liq ro‘yxat)
Marg‘ilon shahridagi maktabda ingliz tili o‘qituvchisi ruxsatsiz hojatxonaga chiqib ketgani uchun o‘quvchining boshiga telefon uloqtirdi. Oqibatda uning boshi yorildi, maktab hamshirasi bolaga birinchi yordam ko‘rsatdi. Hozirda bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasi va Qora dengiz floti qo‘mondonlarini harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilib, hibsga olishga order berdi. Sud ular o‘tgan qishda Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan raketa hujumlari uchun javobgar, deb hisoblaydi.
Prezident hukumat, parlament a’zolari va boshqa rasmiylar hamrohligida yangi Tashkent City Mall majmuasini borib ko‘rdi. U do‘konlar, o‘yin maydonlari, fitnes markazi, mamlakatdagi birinchi IMAX kinoteatri va 31 qavatli mehmonxonani aylanib chiqdi, boshqa shaharlarda ham bunday markazlar zarurligini aytdi.
Toshkent ekologik zonalarga bo‘linadi. Ularga kirishni avtomobil chiqaradigan ifloslantiruvchi moddalar darajasiga qarab cheklash rejalashtirilgan. Bu darajani aniqlash va avtomobilni RFID stikerlari bilan belgilash Fayzoboddagi diagnostika markazida bo‘ladi. Prezident markaz faoliyati bilan tanishdi. Foto.
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, Buxoro tumani hokimi esa sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Ularning o‘rniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting