Rossiyada 1-martdan talabning mavsumiy ortishi fonida benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklovlar O‘zbekiston va YeOII mamlakatlariga ta’sir qilmaydi.
Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg.
O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.
DXX Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 4 ta noqonuniy mayning ferma jami 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilganini aniqladi. Fermalarning biri 3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan. Holatga aloqador shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Aholini havo ifloslanishidan xabardor qilish boshlanadi, chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi, yoshlar rahbarlarga biriktiriladi, “Qizlar akademiyasi” ishga tushadi, nogironligi borlarga Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoni yaratiladi — 1-martdan nimalar o‘zgaradi?
Payme Business xizmati foydalanuvchilari mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishlari, shuningdek, bir ish kuni ichida bank hisob raqamiga mablag‘larini o‘tkazishlari mumkin.
O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bunda jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 767 mlrd so‘mni tashkil etsa, 186 mlrd so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.
Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha bergan arizasini ratifikatsiya qildi. Mamlakat Shvetsiyaning harbiy blokka qo‘shilishi uchun roziligi kerak bo‘lgan eng so‘nggi davlat edi. Rasmiy jarayonlar yakunlangach, Shvetsiya NATOning 32-a’zosiga aylanadi.
Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziriga qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish, Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
“Dok-1 Maks” ishi sudiga raislik qiluvchi Muso Yusupovga ko‘ra, doridan zaharlanganlar soni aslida ko‘proq ekani yuzasidan murojaatlar bo‘lgan, bu bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda. Shuningdek, yana bir necha shaxs, jumladan, Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgan.
Prezident qarori bilan shu paytgacha energetika vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushda 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatning bosib olingan hududlarida yana o‘n minglab tinch aholi vafot etgan.
Bolalarning “Dok-1 Maks”dan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha sud 23 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning 7 nafariga ozodlikdan mahrum etish, 14 nafariga ozodlikni cheklash, 1 nafariga axloq tuzatish ishlari va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llandi. Batafsil.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tadbirkorlar bilan kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish evaziga 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi.
“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting