Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot
23 fevral 2024, 01:59

Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot

Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.

O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi
23 fevral 2024, 01:40

O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi

O‘zbekistonda 1-martdan aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilmoqda. Qurilish obyektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi.

Toshkentda “Avtomobilsiz kun”larda amaldorlar namuna bo‘ladi
23 fevral 2024, 01:27

Toshkentda “Avtomobilsiz kun”larda amaldorlar namuna bo‘ladi

Prezident Toshkent shahrida har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Avtomobilsiz kun” loyihasini tasdiqladi. Barcha davlat organlari rahbarlari va xodimlariga ishga jamoat transportida kelish orqali “namuna ko‘rsatish” topshirildi.

Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida “Yevro-5” standartidan past avtomobillar soni bosqichma-bosqich cheklanadi
23 fevral 2024, 01:15

Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida “Yevro-5” standartidan past avtomobillar soni bosqichma-bosqich cheklanadi

Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 2030-yilgacha “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Toshkentda 1-martdan boshlab tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi
23 fevral 2024, 01:14

Toshkentda 1-martdan boshlab tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi

1-martdan boshlab Toshkent shahrida ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va tirkamalarning harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Prezident bu haqdagi farmonni imzoladi.

IT sohasida Zero Risk, Local to Global va “raqamli inklyuzivlik” dasturlari amalga oshiriladi
22 fevral 2024, 22:56

IT sohasida Zero Risk, Local to Global va “raqamli inklyuzivlik” dasturlari amalga oshiriladi

Prezidentga IT sohasi bo‘yicha uchta dastur taqdim etildi. Zero Risk IT xizmatlari eksport qiluvchilarni jalb qilishga qaratilgan. Local to Global IT kompaniyalarga jahon bozoriga kirishda yordam beradi. “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarni IT`ga o‘rgatadi.

Prezident Uzbekistan Airways`ni IPO`ga chiqarish va aviasanoatni transformatsiya qilish masalalarini muhokama qildi
22 fevral 2024, 21:55

Prezident Uzbekistan Airways`ni IPO`ga chiqarish va aviasanoatni transformatsiya qilish masalalarini muhokama qildi

Joriy yilda Uzbekistan Airways`ga xalqaro kredit reytingi olish va uni IPO`ga chiqarish jarayoni boshlanishi lozim. Prezident aviatsiya sohasida davlat korxonalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentga olib ketilayotgan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi
22 fevral 2024, 20:31

Toshkentga olib ketilayotgan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi

Buxorodan Toshkentga ketayotgan yuk mashinasidan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti topildi.

“Yolg‘onlar shahri”. Andijon shahri deputati — obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlaridagi tafovut va ko‘chat narxining oshirib ko‘rsatilgan narxi haqida
22 fevral 2024, 20:08

“Yolg‘onlar shahri”. Andijon shahri deputati — obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlaridagi tafovut va ko‘chat narxining oshirib ko‘rsatilgan narxi haqida

Andijon shahri deputati Jahongir Jiyanov obodonlashtirish boshqarmasining xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarda 4 mlrd so‘mlik farq borligini aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma salkam 2 mlrd so‘mga uchta o‘simlik qalamchasi sotib olgan. Hokim esa texnik xatolik yuz berganini aytdi.

O‘zbekistonda iste’molchilarga elektroenergiya uzilishlaridan ko‘rgan zararini qoplab berish rejalashtirilmoqda
22 fevral 2024, 19:31

O‘zbekistonda iste’molchilarga elektroenergiya uzilishlaridan ko‘rgan zararini qoplab berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi.

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi
22 fevral 2024, 18:23

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.

O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi
22 fevral 2024, 18:02

O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan AQSh dollarining rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi va o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 1,4 foizga qadrsizlandi.

Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi
22 fevral 2024, 16:44

Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi

Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

Britaniya firmalarining eksport tovarlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Armaniston orqali Rossiyaga ketmoqda — Sky News
22 fevral 2024, 16:36

Britaniya firmalarining eksport tovarlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Armaniston orqali Rossiyaga ketmoqda — Sky News

Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Toshkentdagi sobiq MXX binosi o‘rnida quriladigan mehmonxona loyihasi 100 mln dollarga baholanmoqda
22 fevral 2024, 15:45

Toshkentdagi sobiq MXX binosi o‘rnida quriladigan mehmonxona loyihasi 100 mln dollarga baholanmoqda

Doniyor Kamilovning Metropol Group kompaniyasi Sayilgoh ko‘chasidagi 22 qavatli mehmonxona majmuasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqchi. U yerda avval sobiq MXX binosi joylashgandi.

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi
22 fevral 2024, 15:30

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini boshladi. 25 mln dollarlik loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Dastur maktab ta’limi, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar malakasini inklyuzivlashtirishga xizmat qiladi.

Toshkentda tadbirkor yerni 1,3 mln dollarga noqonuniy sotishga uringani aytilmoqda
22 fevral 2024, 12:49

Toshkentda tadbirkor yerni 1,3 mln dollarga noqonuniy sotishga uringani aytilmoqda

IIV departamenti Toshkent shahri va Buxoro viloyatida yerni talon-toroj qilish holatlarini aniqladi. Ulardan birida tadbirkor yerini boshqa shaxsga 1 mln 340 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani, ikkinchisida esa ikki fuqaro hokimlik yerini 20 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

Cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan Buxorodagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik bartaraf etildi
22 fevral 2024, 12:36

Cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan Buxorodagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik bartaraf etildi

Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.

Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM
22 fevral 2024, 12:35

Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM

Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda
22 fevral 2024, 12:28

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda

Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting