2025-yilgacha “Gazli” gaz ombori sig‘imini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda. Loyiha haqida nimalar ma’lum?
23 avgust 2023, 20:14

2025-yilgacha “Gazli” gaz ombori sig‘imini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

“O‘zbekneftgaz” va Rossiyaning “Forus” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Gazli Gas Storage QK 2025-yilgacha “Gazli” yerosti gaz ombori quvvatini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. “O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining holati to‘g‘risida”gi ma’ruza mualliflari ayrim savollarni o‘rtaga tashlashdi.

Hindistonning “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)
23 avgust 2023, 19:12

Hindistonning “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)

Hindistonning bortida oykezari bo‘lgan “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Mamlakat bu bilan SSSR, AQSh va Xitoydan keyin o‘z apparatini Oy yuzasiga qo‘ndirgan to‘rtinchi davlatga aylandi.

“O‘zbekneftgaz” va SOCAR qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi
23 avgust 2023, 19:09

“O‘zbekneftgaz” va SOCAR qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi

“O‘zbekneftgaz” va Socar kompaniyalari O‘zbekiston va Ozarbayjonda neft-gaz sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Xitoyning Omoda avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
23 avgust 2023, 19:00

Xitoyning Omoda avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Tez orada Omoda C5 fastbek krossoveri O‘zbekistonda sotuvga chiqariladi. Tashkent City`da onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida kompaniya vakillari yangi modelning asosiy afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

“Tolibon” hokimiyatga kelgach, yuzlab sobiq afg‘on rasmiylari va harbiylari qatl etildi — BMT
23 avgust 2023, 18:05

“Tolibon” hokimiyatga kelgach, yuzlab sobiq afg‘on rasmiylari va harbiylari qatl etildi — BMT

BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri ag‘darilgan afg‘on hukumati amaldorlari va askarlarining kamida 218 ta holatda sudsiz qatl etilganini qayd etdi.

Toshkentda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
23 avgust 2023, 17:25

Toshkentda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi

Yashnobod tumanidagi 149-maktab direktori o‘qituvchilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilgan uchun jarimaga tortildi.

“Kichik va o‘rta biznes uchun kredit berishni yengillashtirishga harakat qilishimiz kerak” — Ulug‘bek Tavakkalov KO‘B sohasida bank mahsulotlarini rivojlantirish haqida
23 avgust 2023, 17:00

“Kichik va o‘rta biznes uchun kredit berishni yengillashtirishga harakat qilishimiz kerak” — Ulug‘bek Tavakkalov KO‘B sohasida bank mahsulotlarini rivojlantirish haqida

ASUS vakillari Tenge Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov bilan shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni saqlashning ahamiyati, banklarning kichik va o‘rta biznes sektorida rivojlanayotgani, KO‘B uchun ommabop va kam baholanayotgan kreditlash mahsulotlari haqida suhbatlashdi.

Surxondaryoda arxeologik yodgorliklar tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi
23 avgust 2023, 16:55

Surxondaryoda arxeologik yodgorliklar tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi

Sho‘rchi tumanidagi madaniy meros obyektlari hududlarida g‘isht ishlab chiqarilayotgani, tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorliklarga 3,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

“Toshshahartransxizmat” — elektrobus haydovchilarining quvvatlashdagi muammolardan qilgan shikoyati haqida
23 avgust 2023, 16:11

“Toshshahartransxizmat” — elektrobus haydovchilarining quvvatlashdagi muammolardan qilgan shikoyati haqida

Toshkentda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlash bo‘yicha qilgan shikoyati boshqa avtoparklardagi quvvat joylarini bo‘lib berish orqali hal etildi. “Toshshahartransxizmat”, shuningdek, haydovchilarning kechikayotgan maoshlari hafta oxirigacha to‘lab berilishini va’da qildi.

O‘zbekistonda 193 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi
23 avgust 2023, 15:02

O‘zbekistonda 193 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi

Davlat OTMlari bakalavriatiga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi (shundan 42,6 mingi grant asosida). Davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ni, to‘lov-kontraktniki esa 93,3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi
23 avgust 2023, 14:41

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi

Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bosh kotib Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi va ish faoliyatini boshladi.

Qo‘qon pedagogika instituti dekani $4 ming olayotganda ushlangani aytilmoqda
23 avgust 2023, 14:15

Qo‘qon pedagogika instituti dekani $4 ming olayotganda ushlangani aytilmoqda

Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu kabi holat Xorazm viloyatida ham qayd etildi.

Toshkentda haydovchilar chorrahalardagi “tuzoq”lardan norozi
23 avgust 2023, 13:11

Toshkentda haydovchilar chorrahalardagi “tuzoq”lardan norozi

Poytaxtdagi haydovchilar chorrahalar oldiga noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalar tufayli yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgan vaziyatlarni “tuzoq” deb atamoqda. Rasmiylar vaziyatni o‘rganayotganini bildirdi.

Qashqadaryoda XIII-XIV asrlarga oid qishloq xarobalari topildi
23 avgust 2023, 11:55

Qashqadaryoda XIII-XIV asrlarga oid qishloq xarobalari topildi

Muborak tumanidagi Xo‘ja Ravshan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qishloq xarobalari, xususan, 4 ta xona, koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari topildi.

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi
23 avgust 2023, 11:51

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi

Devid Xofman USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori bo‘ldi. Missiya 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan. Mikaela Meredit uning ilk direktori edi. USAID rahbari Samanta Pauer AQSh O‘zbekiston xalqini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi.

Para pauerlifting bo‘yicha JCHda o‘zbekistonliklarning barchasi medallarga ega chiqdi
23 avgust 2023, 11:03

Para pauerlifting bo‘yicha JCHda o‘zbekistonliklarning barchasi medallarga ega chiqdi

BAAda yoshlar o‘rtasida para pauerlifting bo‘yicha o‘tgan Jahon chempionatida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchining 4 nafari oltin, 1 nafari kumush va 2 nafari bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Unda qatnashgan ayol atletlardan biri Ruhshona O‘ktamova 95 kg tosh ko‘tarib, Osiyo rekordini yangiladi.

Yana ikki piyoda Toshkentning xavfli va noto‘g‘ri loyihalashtirilgan ko‘chalari qurboniga aylandi
23 avgust 2023, 10:41

Yana ikki piyoda Toshkentning xavfli va noto‘g‘ri loyihalashtirilgan ko‘chalari qurboniga aylandi

Toshkentda ro‘y bergan ikkita YTHda ikki piyoda halok bo‘ldi. Urbanistlar tomonidan bir necha bor tanqid qilingan sobiq Oqtepa aylanma yo‘lida 69 yoshli ayol urib yuborildi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tugatilgan, tartibga solinmagan o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan erkak halok bo‘ldi.

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi
23 avgust 2023, 10:30

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi

Senatning 24-avgustdagi yalpi majlisida valyutani tartibga solish, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va yer qa’ri to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari natijalari ham muhokama qilinadi.

Dog‘istonda “zapravka”dagi portlash oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan
23 avgust 2023, 09:51

Dog‘istonda “zapravka”dagi portlash oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan

14-avgust kuni Dog‘istondagi yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. Respublika rahbari ularning 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini bildirib, vafot etganlarning oilalariga 1 mln rubldan yordam ko‘rsatilishini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi
23 avgust 2023, 09:40

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Savdo, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, logistika masalalari va boshqalar muhokama qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting