Shavkat Mirziyoyev havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar faoliyatidagi qoloqliklarni tanqid qildi.
O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Dushanba kuni soat 10:20 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.
Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.
Ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirishda ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.
Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Marg‘ilon shahrida bir xonadonda istiqomat qilib kelgan er-xotin, ularning qizi va uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan 2023-yilda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, O‘zbekiston vazirliklarining vakillari, shuningdek, professional va havaskor yosh sportchilar ishtirok etgan oltita yirik va ahamiyatli tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 36 799 800 kishini tashkil etdi. Statistika agentligi 2023-yilgi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.
“Asakabank” UzAuto Motors kompaniyasi bilan birgalikda mijozlarga yillik 19 foiz stavka bilan Chevrolet Onix avtomobillari uchun avtokredit olish imkoniyatini taklif etmoqda.
Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishi bo‘yicha o‘zining birinchi qarorini chiqarib, Isroil hukumatiga G‘azo sektorida genotsidga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. Sud zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmadi.
Limonli bulochkalar, “Olma” sloykalari, “Tipratikan” shirinligi, nokli keks, “Sutli” torti, olcha hamda shokoladli tort va boshqalar — Zira.uz shirin pishiriqlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlarni taqdim etadi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva huquq-tartibot idoralari xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma Senat qo‘mitalari tomonidan o‘rganilayotganini aytdi. “Qo‘mitalarimiz hozir ko‘rib chiqish jarayonida”, — dedi u.
Senat raisi Tanzila Narbayeva BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berib, unda Senat tomonidan tasdiqlanib, prezidentga imzolash uchun yuborilgan, ammo shundan so‘ng “yo‘qolib qolgan” “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida gapirdi. Uning aytishicha, hozirda hujjatni PA ekspertlari o‘rganmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan boshlanishini e’lon qildi. Bu mavsum uchun 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.
Ekologiya vazirligi E-Auksion sayti orqali qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnoma olish mumkinligi haqidagi tanqidlarga javob berdi. Vazirlik bu tartib faqat moratoriy amal qilmaydigan hududlarga tegishli ekanini tushuntirdi. Moratoriyga ko‘ra, oltita daryodan material qazib olish umuman mumkin bo‘lmaydi.
O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktoridan konsullik patentini qabul qilib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting