Toshkentda noyabrdan beri uy-joylar ijarasi arzonlashishda davom etmoqda
7 fevral 2025, 17:59

Toshkentda noyabrdan beri uy-joylar ijarasi arzonlashishda davom etmoqda

MHTI ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024-yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga arzonlashdi.

Prezident matbuot kotibi — PA va boshqa davlat organlarida shtatlarni qisqartirish to‘g‘risida
7 fevral 2025, 17:40

Prezident matbuot kotibi — PA va boshqa davlat organlarida shtatlarni qisqartirish to‘g‘risida

Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtatlari 50 foizga qisqartirilishi haqidagi ma’lumot “rasman tasdiqlanmagani”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonning hajmi va ko‘lami tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgandan keyingina ma’lum bo‘ladi.

O‘zbekistonga yuk mashinalari importiga imtiyozlar 2028-yilgacha uzaytiriladi
7 fevral 2025, 17:09

O‘zbekistonga yuk mashinalari importiga imtiyozlar 2028-yilgacha uzaytiriladi

“Yevro-5” va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk mashinalari yana uch yil davomida bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termizga parvozlar sonini ikki baravar oshirish buyurildi.

O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini joriy etadi
7 fevral 2025, 16:22 1

O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini joriy etadi

Rossiyaga ketayotgan migrantlar uchun ruxsatnomalar olish tartibini O‘zbekiston hududiga o‘tkazish masalasini ishlab chiqish tezlashtiriladi. Shuningdek, patent uchun to‘lov ish beruvchi hisobidan qoplanishi rejalashtirilmoqda. Rus tilidan imtihonni ham Toshkentda topshirish mumkin bo‘ladi.

Toshkent havosida ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yordan oshmagan — Ekologiya vazirligi
7 fevral 2025, 16:04

Toshkent havosida ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yordan oshmagan — Ekologiya vazirligi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh hududlarida viloyat Ekologiya boshqarmasi havo sifatini tahlil qilib, ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yorida ekanini aniqladi. So‘nggi haftalarda havoni monitoring qiluvchi platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda havo sifati yomonlashgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Xayriddin Ma’sudov vafot etdi
7 fevral 2025, 15:38

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Xayriddin Ma’sudov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Xayriddin Ma’sudov 88 yoshida vafot etdi. Marhum uzoq yillar xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari, 2017-yildan hozirgacha “Barkamol avlod” jamiyati kengashi rais o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Prezident onlayn kredit berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
7 fevral 2025, 15:29

Prezident onlayn kredit berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Davlat banklari onlayn xizmatlarni rivojlantirish va aholi uchun jozibador moliyaviy mahsulotlarni yaratishda xususiy banklardan ortda qolmoqda, dedi prezident. U onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish va masofaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Suriya uchun foydali bo‘lsa, ha”. Suriya mudofaa vaziri — mamlakatda Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolish haqida
7 fevral 2025, 15:22

“Suriya uchun foydali bo‘lsa, ha”. Suriya mudofaa vaziri — mamlakatda Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolish haqida

Suriya mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasraning aytishicha, agar bundan Suriya foyda ko‘rsa, mamlakatda Rossiya harbiy bazalari saqlab qolinishi mumkin. Rossiya Suriyaning yangi hukumatiga “o‘zi juda xohlagan narsa” — Bashar Asadni ham berishi mumkin, deb yozadi WP.

Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi
7 fevral 2025, 15:15

Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Islandiyaga birinchi elchisini tayinladi. Bu lavozimni mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov egalladi. Ikki davlat diplomatik munosabatlarni 1997-yilda o‘rnatgan.

Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan ushlangani aytilmoqda
7 fevral 2025, 15:10

Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan ushlangani aytilmoqda

Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisining mashinasidan 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topildi. Tezkor tadbirda dorilarni unga sotgan 27 yoshli fuqaro ham qo‘lga olindi.

7000 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadagi yirik kompaniyalarga ishga joylashtiriladi
7 fevral 2025, 15:08

7000 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadagi yirik kompaniyalarga ishga joylashtiriladi

O‘zbekiston Rossiyaning Ant Yapi, Ozon Community, PEK va SPAR Middle Volga kabi yirik kompaniyalarida 7000 nafar fuqaroni tashkiliy tarzda ishga joylashtirishga kelishib oldi. Nomzodlarni saralash fevral oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Mahalliy avtomobillar uchun avtokredit berishda chegirmalar hisobga olinadi
7 fevral 2025, 14:45

Mahalliy avtomobillar uchun avtokredit berishda chegirmalar hisobga olinadi

Ko‘plab salonlar avtomobil xaridi uchun pul to‘liq to‘langanda chegirma bermoqda, lekin banklar avtokredit uchun bu chegirmalarni qabul qilmaydi. Davlat rahbari mahalliy avtomobillar uchun bu cheklovni olib tashlash muhimligini ta’kidladi.

“Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi” — prezident
7 fevral 2025, 14:16

“Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi” — prezident

Prezident barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beruvchi platformani ishga tushirish kechikayotganini ta’kidladi. “Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”, — dedi u. O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish jarayonini tezlashtirish buyurildi.

Tramp ma’muriyati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirmoqchi — Reuters
7 fevral 2025, 13:10

Tramp ma’muriyati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirmoqchi — Reuters

AQSh hukumati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirmoqchi, avval tashkilotda 10 mingdan ortiq xodim ishlagan, endi esa ularning soni 294 nafarni tashkil etishi mumkin. Tashkilotning o‘zi 7-fevraldan ba’zi xodimlardan tashqari barcha yollanma ishchilar ta’tilga chiqishini e’lon qildi.

AQSh Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar kiritdi
7 fevral 2025, 12:46

AQSh Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar kiritdi

Donald Tramp AQSh fuqarolari va Isroil kabi ittifoqchilarga nisbatan ketayotgan tergovlar tufayli Xalqaro jinoiy sud (XJS) mansabdorlariga nisbatan sanksiya kiritdi. Bunda sudning AQShdagi vakillariga tegishli mol-mulklar bloklanadi, XJS xodimlari va ularning oila a’zolariga AQShga kirish taqiqlanadi.

2025-yilda IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda
7 fevral 2025, 12:39

2025-yilda IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda 2025-yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyoz endi kamida 3 mln so‘m oylik oladigan va 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilarga qo‘llanadi
7 fevral 2025, 12:13

Ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyoz endi kamida 3 mln so‘m oylik oladigan va 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilarga qo‘llanadi

Xizmatlar sektori uchun 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasi bo‘yicha imtiyoz muddati yana 3 yilga uzaytiriladi. Endilikda imtiyoz faqat servis korxonalarining kamida 3 mln so‘m oylik oladigan va 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanadi. Shuningdek, ishchilar bilan kunbay, ishbay shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi.

Prezident mutasaddilarga 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi
7 fevral 2025, 12:02

Prezident mutasaddilarga 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi

Prezident mutasaddilarga oktabrga qadar 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi. Davaktiv agentligining riyeltor va baholovchini imtihon qilish, Turizm qo‘mitasining gidlarga sertifikat berish vakolatlari xususiy sektorga o‘tishi mumkin.

Banklarga developerlarning tijoriy ko‘chmas mulklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga ruxsat beriladi
7 fevral 2025, 11:55

Banklarga developerlarning tijoriy ko‘chmas mulklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda banklar developerlardan tijoriy ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olib, ularni tadbirkorlarga ijara yoki lizingga berishi mumkin bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi mexanizmni ma’qulladi.

Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi
7 fevral 2025, 11:43

Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahridagi 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi. Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘cha bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting