Shahrisabz tumanida 14 yoshli qizni 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlab kelgani aytilgan ayol qamoqqa olindi. Ijtimoiy himoya agentligi qiz otasining qaramog‘ida bo‘lgani, onasi esa chet elda ekanini bildirdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qizning salomatligini tiklash ishlarini olib bormoqda.
Jamil Sharapov O‘zbekistonning Nyu-Yorkda bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi. U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonda oktabr oyi yakuni bo‘yicha barcha avtotransport vositalarining sotuvi 24 foizga o‘sib, 183 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 62 foizga ko‘paydi. Oy davomida qariyb 40 mingta yangi mahalliy avtomobil sotildi, elektromobillar sotuvi esa 26 foizga kamaydi.
Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish doir prinsiplar mustahkamlanmoqda. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuproqqa yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish huquqi belgilanmoqda.
Chortoq tumani tez tibbiy yordam xizmatining Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 103 xizmati haydovchisi vafot etdi, uning hamrohi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jah Khalib konserti bo‘lib o‘tgan Humo Arena majmuasiga kirishda tiqilinch va tartibsizliklar yuz berdi. Milliy gvardiya ma’lumotlariga ko‘ra, mingdan ortiq fuqaro skanerlangan chiptalarni takroran taqdim etgani uchun kiritilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Italiyada shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan 14 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozongan Afruza Hamdamovaga 100 mln so‘m, uning murabbiyiga esa 50 mln so‘m pul mukofoti berildi. Shaxmatchi O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni hisoblanadi.
Toshkent shahri hokimligi aholi Yakkasaroy tumanidagi “Yalpiz” restoranining dudbo‘ronlari, shovqin va hid bo‘yicha shikoyat qilgani uchun oshxona ishi vaqtincha to‘xtatilganini bildirdi. Restoran vakillarining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, muassasa 3−4 kunga “ta’mirlash ishlari uchun” yopilgan.
Jalaquduq tumanida hokim yordamchisi xonadonlarga 38,1 tonna ko‘mir ajratib berish uchun mahalla faolidan 600 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U 7 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushgan.
Yunusobod tumanidagi bekatlarning birida 51-sonli elektrobus va 2M-sonli King Long avtobusi to‘qnashdi. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi va hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani xabar qilindi.
24-noyabr kuni Tehnikum Blogger Awards 2023 blogerlar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, hamda unda 7Media kompaniyasi strategik Digital-hamkor sifatida ishtirok etdi.
Sanepidqo‘mita Namangan viloyatida hozirda 255 ta qizamiqqa chalingan bemor davolanayotganini bildirdi. Ularning 62 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. 10 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.
Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.
Toshkentning Bobur va Furqat ko‘chalarida “aqlli” bekatlar sinovdan o‘tkaziladi. Bekatlar kelayotgan avtobuslarni ko‘rsatuvchi tablo hamda Wi-Fi bilan jihozlanadi. Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pulli, velosipedlar uchun esa bepul to‘xtash joylarini sinovdan o‘tkaziladi.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanadi. Qonun bilan Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.
Toshkent shahar Kengashi tomonidan poytaxtda ichimlik (sovuq) suvi ta’minoti tariflari jismoniy shaxslar uchun 1400 so‘m, yuridik shaxslar uchun 3000 so‘mgacha oshirilishi tasdiqlandi.
Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa korxonalar rahbarlarining qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Ular energiya tizimi “har qanday ob-havo injiqligi va anomal sovuqqa tayyor”ligini ma’lum qildi.
Sabzi faqat osh yoki sho‘rvaga emas, pishiriqlarga ham ajoyib ma’za beradi. Sabzi solib maffinlar, pirog, xushbo‘y keks, bodom qo‘shilgan sabzili pechenye hatto tort tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz taqdim etgan retseptlar bilan tanishing.
Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksida shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Qonunda IMEI bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun tegishli javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting