Prezident BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi sammitida so‘zlab, 2024-yilda “yashil” iqtisodiyot, innovatsiyalar, logistika, muqobil energetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun SPEKAning Maqsadli jamg‘armasini tuzishni qo‘llab-quvvatladi.
HAMAS, Isroil bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, garovga olingan 13 nafar isroillikni Qizil xoch tashkilotiga topshirdi. Guruh, shuningdek, 12 nafar Tailand fuqarosini ham asirlikdan ozod qildi.
Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Uchta kinopremyera, Konsta, Jah Khalib, Nilufar Usmonova konsertlari, ko‘rgazmalar, spektakllar, mahorat darslari, do‘konlardagi aksiya hamda chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Senatorlar Qonunchilik palatasi saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi va poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasiga har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi” va “Buvijonlar maktabi” tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 11,5 mlrd so‘m ajratildi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. E’tiborlisi, ayni shu hududda kechadan beri ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda va bu safargisi beshinchisi hisoblanadi.
Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu uning so‘nggi yetti oy ichida Toshkentga qilgan ikkinchi tashrifi sanaladi.
Shaxmatchi Afruza Hamdamova Italiyada o‘tgan U-14 JCHda muddatidan avval g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni bo‘ldi. E’tiborli jihati, u Shengen vizasini rasmiylashtirish kechikkani uchun birinchi raundni o‘tkazib yubordi, ammo texnik mag‘lubiyatga qaramay, 9 ta g‘alabaga erishdi.
25-noyabrdan Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartiriladi. “Tuzel"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida esa poyezdlar harakati ma’lum soatlarda bir tomonlama tashkil etiladi.
BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida qatnashish uchun Bokuga borgan Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara olib bordi. 2024-yilni mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb e’lon qilish taklif etildi.
Toshkentdagi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasida 57,8 ming kub metr qum-shag‘al noqonuniy qazilgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar 34,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, biroq ekspertizadan so‘ng bu miqdor oshishi mumkin.
Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarida 24-noyabr kuni issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ta’minot 24-noyabr yarim tungacha tiklanishi aytilgan.
Ukraina O‘zbekistonning “Ohangaronsement” zavodi va uning egasi Akkermann Cement CA kompaniyasini, shuningdek, Alisher Usmonovning jiyani Nasiba Narziyeva va uning turmush o‘rtog‘i Shohrux Nosirxo‘jayevlarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
Toshkentda 115-sonli avtobusning 32 yoshli konduktori 9 yoshli qizga shilqimlik qildi. U qizning qo‘lidan ushlab, bir o‘pishni so‘ragan. Sud erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Toshkent xalqaro aeroportiga Jasur Po‘latov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, shanba kuni +17…+20, yakshanba kuni +20…+23 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.
Budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.
Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting