Talon-torojliklar ortidan ishdan olingan Yusuf Tursunov lavozimiga qaytdi
22 iyun 2023, 14:36

Talon-torojliklar ortidan ishdan olingan Yusuf Tursunov lavozimiga qaytdi

2021-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘ini talon-toroj qilgani uchun ishdan olingan Navoiy shahri obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunov 3 oy sinov muddati bilan eski lavozimiga qaytdi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi sudlarga murojaat qilganida davlat bojidan ozod etiladi
22 iyun 2023, 14:31

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi sudlarga murojaat qilganida davlat bojidan ozod etiladi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari sudlarga murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinadi.

Termizda chang-g‘ubor hodisasi kuzatildi, niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya etilmoqda
22 iyun 2023, 13:44

Termizda chang-g‘ubor hodisasi kuzatildi, niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya etilmoqda

Payshanba kuni Termizda chang-g‘ubor hodisasi kuzatildi. Soat 9:00 da havodagi mayda PM10 zarralari maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyadan 14 barobar oshib ketdi. Soat 12:00 ga kelib, bu ko‘rsatkich 9 ga tushdi. Aholiga ochiq havoda bo‘lmaslik, tashqarida niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya etildi.

Misr O‘zbekistonga gepatit S`ga qarshi dorining navbatdagi partiyasini yetkazib berdi
22 iyun 2023, 13:36

Misr O‘zbekistonga gepatit S`ga qarshi dorining navbatdagi partiyasini yetkazib berdi

Misrdan gepatit S kasalligiga qarshi “Daklatasvir” dorisining 12 ming donadan ortiq partiyasi O‘zbekistonga keltirildi. Bu yetkazilayotgan preparatlarning 8-partiyasidir. Ikki davlat o‘rtasida jami 4,8 mln dollarlik 800 ming dona dorini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzilgan.

YI mamlakatlari Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi
22 iyun 2023, 13:17

YI mamlakatlari Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi oldingi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi qaratilgan 11-sansiyalar paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ittifoq o‘z mahsulotlarining Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi mamlakatlarga eksporti keskin ortgani va keyinchalik Rossiyaga yetib borishidan xavotir bildirdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning 16 shahrida Yangi Nafas musobaqasi o‘tkaziladi
22 iyun 2023, 13:00

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning 16 shahrida Yangi Nafas musobaqasi o‘tkaziladi

25-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab Yoshlar kuni va Olympic Day munosabati bilan Yangi Nafas yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shuningdek, ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan yuguruvchilar qatnashadi.

“Suvdan ratsional foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rmayapmiz” — Tanzila Narbayeva
22 iyun 2023, 13:00

“Suvdan ratsional foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rmayapmiz” — Tanzila Narbayeva

Senatda suv resurslaridan foydalanishda maqsadsiz va o‘ylovsiz ishlatilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Senatorlar ushbu muammoga qarshi kurashish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Parijdagi turar joy portlashi oqibatida 37 kishi jabrlandi
22 iyun 2023, 12:29

Parijdagi turar joy portlashi oqibatida 37 kishi jabrlandi

Parij markazidagi turar joy binosida gaz portlashi oqibatida kamida 37 kishi jarohatlandi, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

O‘zbekistonning AQShga eksporti 3 baravarga ko‘paydi, Turkiyaga esa kamaydi
22 iyun 2023, 12:04

O‘zbekistonning AQShga eksporti 3 baravarga ko‘paydi, Turkiyaga esa kamaydi

2023-yilning dastlabki 5 oyida AQSh O‘zbekistonning asosiy eksport hamkorlari orasida 22-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatning Qo‘shma Shtatlarga eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravar (301,6 foizga) yuqoriladi, import deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Turkiyaga eksport kamaydi.

Antikorrupsiya agentligi normativ hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi
22 iyun 2023, 11:40

Antikorrupsiya agentligi normativ hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida belgilanadi.

Samarqandda akvaparkdagi raqqosalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular bilan suhbatlashildi
22 iyun 2023, 11:39

Samarqandda akvaparkdagi raqqosalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular bilan suhbatlashildi

Samarqand viloyatidagi akvaparkda suzish kiyimida raqs tushayotgan qizlar aks etgan video tarqaldi. IIB tashkilotchi ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Raqqosalar OIV infeksiyasiga tekshirilib, suhbatdan o‘tkazildi.

Uolter Ayzeksonning yana bir asari o‘zbek tiliga o‘girilib chop etildi
22 iyun 2023, 11:00

Uolter Ayzeksonning yana bir asari o‘zbek tiliga o‘girilib chop etildi

Uolter Ayzeksonning Nobel mukofotini olgan olim haqidagi “Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi” kitobi o‘zbek tilida chop etildi.

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi oshdi
22 iyun 2023, 09:59

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi oshdi

Tijorat banklari 22-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 440−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 520−11 565 so‘m.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda chiroq vaqtincha o‘chirildi
22 iyun 2023, 09:52

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda chiroq vaqtincha o‘chirildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida Olmazor (soat 14:00 gacha), Yunusobod, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari (soat 16:00 gacha)ning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti to‘xtatildi.

Yugurish musobaqalari sababli poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi
22 iyun 2023, 09:33

Yugurish musobaqalari sababli poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Yoshlar kuni munosabati bilan ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda 23-iyundan 25-iyungacha avtomobillar harakati cheklanadi.

Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 km masofaga yugurdi
21 iyun 2023, 23:32

Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 km masofaga yugurdi

Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab marafon masofasini 4 soatu 9 daqiqada bosib o‘tdi. Bunday yugurish birinchi marta bo‘lib o‘tdi. “Orol dengizi ekologik fojiasining halokatli ko‘lamini chinakam his qilish uchun bu yerga tashrif buyurish kerak”, — dedi u.

O‘zbekiston may oyida gaz qazib olishni kamaytirganiga qaramasdan, Xitoyga eksportni oshirdi
21 iyun 2023, 23:16

O‘zbekiston may oyida gaz qazib olishni kamaytirganiga qaramasdan, Xitoyga eksportni oshirdi

O‘zbekiston may oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat jihatidan yetkazib berish 78,16 mln dollargacha oshgan, bu aprel oyiga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘pdir. Mamlakatda gaz qazib olish hajmi esa, avval xabar qilganimizdek, pasayishda davom etmoqda.

21-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 iyun 2023, 22:00

21-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etayotgani, Bekobodda o‘zini osishga uringan maxbus, 2021-yildan beri hibsda turgan 3 o‘zbekistonlik opa-singil, suv yetkazib berish davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazilishi, o‘tgan yildan 10%ga oshgan grant kvotalari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi
21 iyun 2023, 20:26

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi

Velosipedchi Nikolay Sderjikovni yakshanba kuni ertalab Toshkent-Chorvoq yo‘lida mashina urib yubordi. U darhol o‘rnidan tura olmagani uchun mashinani eslolmagan. Velosipedchi hodisa tasvirlarini yuborgan kishiga 10 mln so‘m mukofot puli kafolatlanganini ma’lum qildi.

Parijda baland binolar qurilishi taqiqlandi
21 iyun 2023, 20:01

Parijda baland binolar qurilishi taqiqlandi

Parij rasmiylari shahardagi binolar balandligiga rasman cheklov qo‘ydi. Yangi qoidalarga ko‘ra, Fransiya poytaxtidagi barcha yangi binolar 37 metr yoki 12 qavatdan oshmasligi kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting