Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinida Eron bilan durang o‘ynadi. Terma jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, ikkinchi bo‘limda Oston O‘runov va Igor Sergeyevning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (video, foto).
Prezident vagonlar parkini yangilash, Toshkent metropolitenida poyezdlar orasidagi ikki daqiqali intervalni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, metropolitenni 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda, bunda asosiy e’tibor yerosti metrosiga qaratiladi.
Oasis Credit mikromoliya tashkiloti ikkinchi filialning ochilishini e’lon qildi. Endilikda kompaniya tadbirkorlarni sifatli moliyashtirish bilan ta’minlay oladi.
Global iqlim tengsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng boy 1 foiz aholi daromadlari past bo‘lgan 66 foiz aholiga qaraganda ko‘proq miqdorda tabiatga uglerod gazi chiqindilari chiqaradi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida Chilonzor Sity turar joy majmuasi va “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektarli avtoturargohi o‘rnida Smart siti majmuasini qurish taklif qilinmoqda. Bu tuman aholisini kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Jahon banki guruhi hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotini karbonsizlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar mamlakatga taraqqiyot maqsadlariga erishish va fuqarolar farovonligini oshirishga yordam berishi qayd etildi. Hisobotda buni amalga oshirish uchun bir qancha tavsiyalar berib o‘tilgan.
Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda barcha sohalar ham natijadorlikka erisha olmayotganini ta’kidladi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatidagi loyihalarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi.
Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltakladi. Direktor ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga yotqizilgan. Oliy ta’lim vazirligi holatni keskin qoraladi. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Оktabrda muassasa tunu kun ishlash rejimini to‘xtatgan va bu tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtat ajratilmagani hamda kuz-qish mavsumida elektrni tejash bilan izohlangandi.
Prezident farmoni bilan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha 3 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi.
“Biokimyo” spirt zavodining davlatga tegishli 51 foiz ulushi 118 mlrd so‘mga (9,6 mln dollar) sotildi. Xaridor umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Mega comfort business bo‘ldi.
Uchko‘prik tumanida Isuzu Damas bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 4 nafar shaxs esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida fuqaro shifokorga qarata stul otdi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruqxonada erta tug‘ish xavfi tashxisi bilan qabul qilingan 26 yoshli ayol vafot etdi. Uning o‘limiga taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Uning homilasi ham tug‘ilmay nobud bo‘lgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiyachi Mamasidiq Sherayev vafot etdi. U Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib ishlagan. Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatiga rahbarlik qilgan.
Deputatlar qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endi daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari davlat budjeti loyihasini ko‘rish jarayonida energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilashni taklif etishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting