O‘zbekiston prezidenti Eronning oliy diniy rahbari bilan uchrashdi
19 iyun 2023, 09:31

O‘zbekiston prezidenti Eronning oliy diniy rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Tehronda Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va mintaqaviy kun tartibi muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev Eron innovatsiyalar va texnologiyalar ko‘rgazmasini ham borib ko‘rdi.

Toshkentda liftning tezlashib ketishi oqibatida 11 kishi jabrlandi
19 iyun 2023, 07:18

Toshkentda liftning tezlashib ketishi oqibatida 11 kishi jabrlandi

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda pastga tushayotgan lift nosozlik sababli tezlashib, birinchi qavatga yetganda tormoz tizimi ishlab to‘xtadi. 11 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari shifoxonada qolmoqda.

O‘zbekiston va Eron qator hujjatlarni imzoladi
18 iyun 2023, 22:39

O‘zbekiston va Eron qator hujjatlarni imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehronda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, hukumatlar, idoralar va viloyatlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta mashina to‘qnashdi
18 iyun 2023, 17:26

Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta mashina to‘qnashdi

Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.

Ostonada bankda odamlarni garovga olgan erkak ushlandi
18 iyun 2023, 16:32

Ostonada bankda odamlarni garovga olgan erkak ushlandi

Yakshanba kuni Ostonadagi Kaspi bankka qurolli shaxs bostirib kirib, odamlarni garovga oldi. U bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘allar va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qildi. Oradan vaqt o‘tib, bosqinchi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi boshlandi
18 iyun 2023, 14:11

Foto: Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Eronga bordi. Tehrondagi “Mehrobod” xalqaro aeroportida uni mamlakat sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Samarqandda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi
18 iyun 2023, 14:05

Samarqandda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi

Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi. Pastdarg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Viloyat FVB holat yuzasidan murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Imzolar kamligi sabab “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etildi — Adliya vazirligi
18 iyun 2023, 12:49

Imzolar kamligi sabab “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etildi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi yangi — “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish imzolar yetarli bo‘lmagani sababli rad etilganini bildirdi. Partiyaga birlashmoqchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatiga vafot etganlar, voyaga yetmaganlar va xorijda yashayotganlarning ham imzolari kiritilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
18 iyun 2023, 10:28

O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan va Andijon shaharlaridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi reyslar soni haftasiga 38 tadan 50 taga yetkaziladi.

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov senator bo‘ldi
18 iyun 2023, 10:23

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov senator bo‘ldi

Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa 2022-yil dekabridan beri viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Rahimov saylandi.

Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga rais etib saylandi
17 iyun 2023, 21:17

Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga rais etib saylandi

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Rozuqulov Gimnastika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha federatsiyani kompaniyaning avvalgi rahbari Shavkat Umurzoqov boshqarib kelgan.

O‘zbekiston prezidenti Eronga rasmiy tashrif bilan boradi
17 iyun 2023, 21:04

O‘zbekiston prezidenti Eronga rasmiy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston prezidenti 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Eronga boradi. Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat oliy diniy rahbari Ali Xomanaiy bilan uchrashadi.

Samarqandda hokimiyat zaxirasidagi yerni $75 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 iyun 2023, 20:31

Samarqandda hokimiyat zaxirasidagi yerni $75 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toyloq tumanida hokimiyat zaxirasidagi 18 sotix yerni 75 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayev uni qiynoqqa solgan IIO xodimlariga chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qildi
17 iyun 2023, 20:14

Tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayev uni qiynoqqa solgan IIO xodimlariga chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qildi

Toshkent IIBBda qiynoqqa solingan tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayev prezidentga murojaat yo‘lladi. Shundan so‘ng ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari a’zolari u bilan uchrashdi. Tadbirkor uni qiynoqqa solgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qildi.

OAV: Rossiyadan O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi mumkin
17 iyun 2023, 18:32

OAV: Rossiyadan O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi mumkin

Yangi shartnoma bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga quvur orqali qariyb 6 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, deb yozmoqda “Kommersant’”. Tahlilchilarga ko‘ra, “Gazprom” gazi O‘zbekistonga o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi, biroq Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha shartnomani bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.

Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar toifasi belgilandi
17 iyun 2023, 16:40

Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar toifasi belgilandi

Endi kam ta’minlangan, ruhiy holati buzilgan va o‘z huquqlari buzilgan shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin. Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Davlat granti bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
17 iyun 2023, 15:15

Davlat granti bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident farmoyishi bilan 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.

Samarqandda erkak uch nafar farzandini o‘ldirdi
17 iyun 2023, 14:52

Samarqandda erkak uch nafar farzandini o‘ldirdi

Samarqandda erkak chet elda ishlovchi xotini bilan janjallashib, jahl ustida ikki qiz va bir o‘g‘lini o‘ldirdi.

Uzbekistan Airways 19−20-iyunda Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshiga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi
17 iyun 2023, 12:50

Uzbekistan Airways 19−20-iyunda Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshiga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi

Uzbekistan Airways 19 va 20-iyun kunlari Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha parvoz amalga oshiradi.

O‘zbekistonda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to‘lashi mumkin bo‘ldi
17 iyun 2023, 12:06

O‘zbekistonda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to‘lashi mumkin bo‘ldi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting