Shahrisabz tumanida magnitudasi 3,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.
Andijon va Toshkent viloyatlarida ikki ayol 4 nafar qizni Turkiya va BAAga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi maslahatchisi Veronika Movchan JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimiga ega bo‘lishi ma’muriy jihatdan foydasiz ekanini ta’kidladi. Bojlar 80 foizga kamaytirilsa, YAIMning har yili 0,4% ko‘proq o‘sishi ta’minlanadi, dedi ekspert.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘ining xizmat mashinasi 2 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bo‘lim boshlig‘i va haydovchilardan biri yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Yangihayot tumanida 34 yoshli quruvchi tunda 12-qavatdan qulab, halok bo‘ldi. Voqeaga qurilish qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lishi mumkin.
2023/2024 o‘quv yilida kontrakt kvotalari 1 foizga, grantniki esa 10 foizga oshdi. Bunda 10 foiz ko‘proq yoshlarning grant asosida o‘qishiga imkoniyat yaratilyapti, deya ta’kidladi Oliy ta’lim vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
Toshkent viloyati Bekobod shahrida tovlamachilikda ayblanib qo‘lga olingan 23 yoshli yigit vaqtincha saqlash hibsxonasida o‘zini osmoqchi bo‘ldi, uni kameradoshlari qutqarib qoldi.
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi 2021-yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan uch opa-singil bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlarning opasi ularni Hindiston fuqarosi aldaganini ta’kidlagan.
Chilonzordagi ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi, shuningdek, farmatsevtika, malakani baholash va tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash kabi markazlar tashkil etiladi. Shifokorlar tegishli hududda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar bo‘yicha kurslarda o‘qitiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha xalqaro qoidalarga amal qilayotganini, Qozog‘iston yordamida Rossiyaga ikki xil maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar eksport qilinayotgani haqidagi xabarlar “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirdi.
Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanovga tegishli ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Unda prokurorning MFY raislaridan soliq pulini talab qilgani va uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlaganini eshitish mumkin. Holatni viloyat prokuraturasi o‘rganmoqda.
Tijorat banklari 21-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 435−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 545 so‘m.
Senat galdagi yalpi majlisda normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bitimini va Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimini ratifikatsiya qilish va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Qurbon hayiti namozi vaqtlari, Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan AQSh, Toshkent viloyatida ish vaqtida pichoqlangan ekoinspektor, Andijonda 2 kishini chaqmoq urgani, OTMga onlayn qabul, tadbirkorlarga soliq stavkalarini pasaytirish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Muzokaralarda Xitoy tomoni Rossiyaga halokatli qurollar yetkazib bermaslikka va’da berishini, Tayvan masalasida esa yon bermasligini ma’lum qildi. AQSh tomoni esa Shinjon va Gonkongdagi inson huquqlari masalasini ko‘tardi.
Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan tayinlangan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi bekor qilindi. Holat sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Bulung‘ur tumanida yo‘l yoqasiga ekilgan, qariyb 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och kesib tashlandi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Unda bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan.
2023-yilning dastlabki 5 oyida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi. Statistika agentligi fuqarolar asosan qarindoshlarini yo‘qlash va dam olish maqsadida safarga chiqayotganini ma’lum qildi.
Zangiota tumanida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi. U FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi va shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting