“Archa” tartaletkalari, qisqichbaqa tayoqchalaridan “Rafaello”, tunets balig‘i, tuxum va marinadlangan bodringdan grenkalar hamda Yangi yil uchun boshqa gazaklar — Zira.uz jamlanmasida.
Avstriya o‘z vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan pul to‘lamoqchi. “Hozir mamlakat qayta qurishda o‘z fuqarolariga muhtoj”, — dedi Avstriya kansleri. Yevropadagi qator davlatlar singari Avstriyada suriyaliklarga boshpana berish jarayoni to‘xtatib turilibdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib — IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad — O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish.
BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Markaziy Osiyo shaharlarining tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish bo‘yicha mintaqaviy tashabbusni ishga tushirdi. 5 million dollarlik loyiha uch yilga mo‘ljallangan.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hatto qarindoshlarini ham ogohlantirmasdan, mamlakatdan qochib ketgan. Moskvaga borishdan bir necha soat oldin u armiyani Rossiyaning yordami yo‘lda ekaniga ishontirgan, deb yozadi Reuters.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Parij bitimi bo‘yicha olgan majburiyatini 2050-yilgacha yanada kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Mamlakatning hozirgi majburiyati 2030-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 35 foizga kamaytirish hisoblanadi.
“Namangan” to‘qimachilik klasterini qurish jarayonida biriktirilgan izolyatsiya va Logicroof PVX-membranali “TN-Krovlya Smart PIR” tizimidan foydalanilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida qiymati 3,7 mlrd dollarlik 18 ta yangi quvvatni ishga tushirdi. Yangi loyihalar orqali 4 milliondan ortiq xonadon uzluksiz toza energiya bilan ta’minlanishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalq artisti, dublyaj san’ati ustasi va aktyor To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi. U “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Fillar mening do‘stlarim”, “Avtomobildan saqlaning” kabi filmlarga ovoz bergan va ko‘plab kinolarda rol ijro etgan.
Moliyachi Otabek Bakirov energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov unga qarshi shikoyat arizasi berganini ma’lum qildi. Bunga sabab “Sag‘bon” podstansiyasining doimiy ta’mirlanishi haqidagi maqola bo‘ldi. Moliyachi bu shikoyatni “energotsenzuraga urinish” deb baholadi.
Makron Fransiya yangi bosh vaziri etib sobiq adliya vaziri, markazchi Fransua Bayruni tayinladi. Uning birinchi galdagi vazifasi 2025-yil uchun budjetni tarqoqlikka uchragan Milliy majlisda ma’qullatishga erishishdan iborat.
Samarqand shahrida 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger Guzalya Maxmudkulova o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi. Tarmoqlarda ayolning turmush o‘rtog‘i va uning oilasi bilan muammolari bo‘lgani aytilmoqda.
Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Qirg‘iziston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirladi. “Ijodiy yo‘lingiz ko‘pchilikni ilhomlantiradi”, — dedi prezident unga.
AQSh mamlakatda “demokratiyaga putur yetkazganlik uchun javobgar” bo‘lgan 20 nafar Gruziya fuqarosiga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Ro‘yxatga vazirlar, parlament a’zolari va ichki ishlar xodimlari kiritilgan.
O‘zbekistonning Expo Osaka 2025 butunjahon ko‘rgazmasidagi paviloni har yili o‘tkaziladigan Germaniya dizayn mukofotining “A’lo me’morchilik — yarmarkalar va ko‘rgazmalar” nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Loyiha mashhur ATELIER BRÜCKNER (Germaniya) studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda harakati cheklangan bolalarni maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizini davlat qoplab beradi. Prezident har bir tumandagi bog‘chalarda bittadan inklyuziv ta’lim guruhi ochish, 954 maktabda inklyuziv sinflar tashkil etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.
O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofaviy videouchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. U bilan manzil-koloniyalar hamda tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning yiliga 24 marta masofali video uchrashuvlar olish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.
Prezident ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechilishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev hozirda 400 ta ko‘p qavatli ijtimoiy uyda 25 ming aholi yashayotgani, lekin ular yaqin qarindoshlari va odatiy yashash sharoitidan ancha uzoqlashib qolayotganini ta’kidladi.
Moldovada Rossiya gazining Ukraina orqali yetkazib berilishi to‘xtatilishi ehtimoli munosabati bilan 60 kunlik favqulodda holat joriy etildi. Ukraina 1-yanvardan Rossiya gazi va neftining Yevropaga tranzitini to‘xtatishini e’lon qilgan.
Prezident farmoniga muvofiq, BBC tuzgan dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi. “Mana shunday irodali insonlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting