Surxondaryoda tadbirkor hokimlikdan 1,5 mlrd so‘m kompensatsiya undirdi
13 dekabr 2024, 00:23

Surxondaryoda tadbirkor hokimlikdan 1,5 mlrd so‘m kompensatsiya undirdi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida faoliyat yurituvchi korxona rahbari tuman hokimligidan jami 1,5 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya undirdi. Aniqlanishicha, tadbirkorning 22 sotix yeri va binolari davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, zarari vaqtida qoplanmagach, fuqaro biznes ombudsmaniga murojaat qilgan.

Samarqandda fermer xo‘jaligi 4,6 mlrd so‘m elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi
13 dekabr 2024, 00:11

Samarqandda fermer xo‘jaligi 4,6 mlrd so‘m elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklaridan biri tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Shu kabi holat yana ikkita tadbirkorlik subyektida kuzatildi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Poyabzal sanoati rivojlangan hududlarda biznes texnikumlarga bog‘lanadi va dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
12 dekabr 2024, 23:38

Poyabzal sanoati rivojlangan hududlarda biznes texnikumlarga bog‘lanadi va dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi

Prezident yig‘ilishida aytilishicha, charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayapti, yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanmoqda. Davlat rahbari poyabzal sohasi rivojlangan viloyatlarda korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, dual ta’limni yo‘lga qo‘yishni buyurdi.

O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo qo‘rqadi — tadqiqot
12 dekabr 2024, 23:01

O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo qo‘rqadi — tadqiqot

BMTTD va boshqa tashkilotlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo o‘zlari uchun salbiy oqibatlardan qo‘rqadi. Ko‘pchilik pora olish va berishni qoralaydi, lekin jamiyatda sifatli xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiy hol sifatida qabul qilinadi.

O‘zbekiston MDHni erkin savdo zonasi samaradorligini oshirishga chaqirdi
12 dekabr 2024, 22:21

O‘zbekiston MDHni erkin savdo zonasi samaradorligini oshirishga chaqirdi

Abdulla Aripov MDH davlatlarini erkin savdo zonasini yanada samaraliroq qilishga, ayrim xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tarif va notarif choralarini bekor qilishga chaqirdi. G‘alabaning 80 yilligini nishonlash haqida gapirar ekan, u urush davri fojialarini takrorlamaslik muhimligini ta’kidladi.

Banklar “eski” 100 dollarlik kupyuralarni muammosiz ayirboshlamoqda — MB
12 dekabr 2024, 21:45

Banklar “eski” 100 dollarlik kupyuralarni muammosiz ayirboshlamoqda — MB

Markaziy bank banklar eski namunadagi 100 dollarlik banknotlar bilan operatsiyalarni to‘xtatgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi. Regulyator bunday kupyuralarni ayirboshlashda qiyinchiliklarga duch kelinsa, ishonch telefoniga murojaat qilishga chaqirdi.

Prezident eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratishni buyurdi
12 dekabr 2024, 20:18

Prezident eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi sohasidagi insofsiz biznesga to‘lov tizimining tartibsizligi, raqamlashtirish va oshkoralik yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi. U banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib, aholi mablag‘larini kafolatlaydigan eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratish topshirig‘ini berdi.

Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga yana “Oreshnik” bilan zarba berishi mumkin — AQSh
12 dekabr 2024, 18:35

Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga yana “Oreshnik” bilan zarba berishi mumkin — AQSh

Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga zarba berish uchun o‘rta masofali “Oreshnik” eksperimental ballistik raketasini yana ishlatishi mumkin, deb ogohlantirdi AQSh razvedkasi.

Time jurnali Trampni yil odami deb topdi
12 dekabr 2024, 18:22

Time jurnali Trampni yil odami deb topdi

AQShga ikkinchi marta prezident etib saylangan Donald Tramp Time jurnali tomonidan 2024-yil uchun yil odami deb topildi. U oldin ham — 2016-yilda ilk bor prezident bo‘lganida bu nomga ega chiqqandi.

Noyabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi
12 dekabr 2024, 17:26

Noyabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi

Noyabrda O‘zbekiston aholisi orasida sezilgan inflyatsiya darajasi 14,1 foizgacha ko‘tarildi, deya xabar berdi Markaziy bank. Bu oxirgi 15 oydagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, benzin, yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlari keskin oshganini qayd etgan.

Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi
12 dekabr 2024, 17:17

Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, unga “Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi” yubiley medali topshirildi.

Hafta oxiriga kelib havo keskin soviydi, kechasi harorat -13 darajagacha pasayishi kutilmoqda
12 dekabr 2024, 17:04

Hafta oxiriga kelib havo keskin soviydi, kechasi harorat -13 darajagacha pasayishi kutilmoqda

O‘zgidrometning xabar berishicha, 15−17-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib keladi. Yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, harorat kechasi −8…−13 darajagacha, kunduzi 0…-5 darajagacha pasayadi.

Bolgariya va Ruminiya 1-yanvardan Shengen zonasining to‘laqonli a’zosi bo‘ladi
12 dekabr 2024, 16:52

Bolgariya va Ruminiya 1-yanvardan Shengen zonasining to‘laqonli a’zosi bo‘ladi

Yevropa Ittifoqi Kengashi 2025-yil 1-yanvardan Bolgariya va Ruminiya bilan quruqlikdagi chegaralarda nazoratni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu ikki davlat YeIga qo‘shilganidan 17 yil o‘tgach, Shengen zonasining to‘laqonli a’zosiga aylanmoqda.

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi
12 dekabr 2024, 16:20

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Chakana savdo tarmoqlari qo‘mitani narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida ogohlantiradi.

2025-yilda ota-onalardan darsliklar ijarasi uchun to‘lov undirilmaydi
12 dekabr 2024, 15:27

2025-yilda ota-onalardan darsliklar ijarasi uchun to‘lov undirilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun Davlat budjetida ko‘rsatilgan mablag‘ yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini berishini ta’kidladi. Vazirlikka ko‘ra, ota-onalardan ijara uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.

O‘zbekistonda yosh matematiklar uchun xalqaro olimpiada boshlandi
12 dekabr 2024, 15:00

O‘zbekistonda yosh matematiklar uchun xalqaro olimpiada boshlandi

O‘zbekistonda “Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi” (TasIMO-II) o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa yosh matematiklarga o‘z iqtidorlarini namoyon etish va xalqaro arenada tanilish uchun zo‘r imkoniyat yaratadi.

“Oxirigacha kurashaman”. Janubiy Koreya prezidenti isyon bo‘yicha ayblovlarni rad etdi
12 dekabr 2024, 14:45

“Oxirigacha kurashaman”. Janubiy Koreya prezidenti isyon bo‘yicha ayblovlarni rad etdi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etish qarori “davlat ishlarini normallashtirish” uchun to‘g‘ri va zarur bo‘lganini aytdi. U isyon ko‘tarishda ayblanish va iste’foga chiqishga da’vatlarni rad etib, oxirigacha kurashishga va’da berdi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
12 dekabr 2024, 13:10

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. “Aholi birlamchi ehtiyojlari bo‘yicha ayrim xarajatlar o‘zgarishi va ob-havo sovushi bilan energiya narxlari erkinlashtirilishining ikkilamchi ta’sirlari yuzaga chiqishi inflyatsion kutilmalarda ham namoyon bo‘lmoqda”, — deya qayd etgan regulyator.

Yunusabad Residence 10% boshlang‘ich badal bilan premium xonadon egasi bo‘lishni taklif qilmoqda
12 dekabr 2024, 13:00

Yunusabad Residence 10% boshlang‘ich badal bilan premium xonadon egasi bo‘lishni taklif qilmoqda

Yangi yil aksiyasi doirasida Yunusabad Residence turar joy majmuasi 10 foizli minimal boshlang‘ich badal va 15 yil muddatga foydali ipoteka bilan premium kvartiralarni sotib olish imkonini beradi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etmoqda — MHTI
12 dekabr 2024, 13:00

Ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etmoqda — MHTI

MHTI tahlili natijalariga ko‘ra, noyabr oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi. Jumladan, kam foydalanilgan Onix`ning o‘rtacha narxi 5,4 foizga pasaydi. Mahalliy lyuks avtomobillar va elektromobillar narxlarida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting