Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani — avtomobil va elektromobillar, metall mahsulotlari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va boshqa quvvatlarni ishga tushirdi va yangi korxonalar qurilishiga start berdi. Shuningdek, u Xitoy biznesi vakillari bilan ham uchrashdi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumatning kambag‘allikka qarshi kurashishdagi asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, qishloqlarda tadbirkorlikni yaxshilash, infrastrukturani rivojlantirish hamda urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudida asosiy figurant Dauletmurat Tajimuratov suddan Xorazm huquq-tartibot idoralaridan “Nukusda Ichki ishlar vazirligida qiynoqlar bo‘lganmi yoki yo‘q?” savoliga javob olishni so‘radi. Sud Bosh prokuraturaga ichki ekspertiza o‘tkazish uchun xat yubordi.
Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan ADM JIzzakh kompaniyasi Chery International bilan hamkorlikda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida Wildberries kompaniyasining saralash va logistika markazi faoliyatini boshladi. Endilikda o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini ushbu marketpleysda sotishlari mumkin.
“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minotining 2 nafar yetakchi muhandisi jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming dollar pora olganlikda gumon qilinib, qamoqqa olindi.
Italiya shimolidagi yirik suv toshqini sababli 13 kishi halok bo‘ldi, 13 mingdan ortiq aholi uylarini tashlab ketdi. Tabiiy ofat mamlakatda so‘nggi 100 yildagi eng halokatlisi deb baholanmoqda.
Samarqand shahrida “Nurli maskan” maktabining 19 yoshli o‘quvchisi Isuzu avtobusi urib ketishi sababli oradan 2 kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi. Uni urib yuborgan avtobus haydovchisi 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Germaniyaning KfW banki O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro ajratishi mumkin, dedi Mangold Consulting kompaniyasi rahbari Kristof Mangold iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev bilan uchrashuvda.
YeTTBning biznes-forumi doirasida “Agrobank” Germaniyaning ODDO BHF banki bilan 20 mln yevrolik shartnoma imzoladi. Mablag‘lar “Agrobank” orqali savdoni moliyalashtirish sohasidagi loyihalarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo-Xitoy” sammitidagi nutqida 6 davlatning milliy rivojlanish strategiyasini bog‘lash, “yangi iqtisodiy muloqot”ni shakllantirish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va mintaqa davlatlarining 2030-yilga borib Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 baravar oshirishni taklif qildi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 mlrd 130 mln so‘m etib tasdiqladi. Siyosiy partiyalarga jami 19 mlrd 655 mln so‘m, har bir nomzodga esa 4 mlrd 914 mln so‘mdan ajratiladi.
Sergeli tumanida to‘rt nafar fuqaro 100 ming qalbaki AQSh dollarini 70 ming dollarga sotishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
1-iyundan boshlab poytaxtda 50, 103, 105, 110-avtobus yo‘nalishlarining grafigi o‘zgaradi. Shuningdek, 19-maydan 119-sonli avtobus yo‘nalishida endi o‘ta katta sig‘imli, “King Long” rusumli avtobuslar harakatlana boshlaydi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Shanba kuni faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. 21-mayda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Kunduzgi harorat ko‘tarilib, +31…+33 darajani tashkil etadi.
Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo — Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘ldi. Shu bilan Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi.
Tijorat banklari 19-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 430 — 11 475 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 510 — 11 545 so‘m.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida 15 ta maktab qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Loyihaning kapital qiymati 55−75 mln dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalari soxta dushmanni razvedka qilish va uni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar davomida olovli qo‘llab-quvvatlov guruhida yengil zirhlangan avtomobillar, jangovar vertolyotlardan foydalanildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting