O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma va chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bundan tashqari, hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi.
Toshkentdagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari energetika obyektlarini modernizatsiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv hamda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash loyihalarini ilgari surish, shuningdek, transport infratuzilmasini kengaytirish loyihalarini jadallashtirishga kelishib oldi.
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.
Qonunchilik palatasi 2023 yilgi davlat budjetini 3 soatdan kam vaqt ichida (3 o‘qishda) muhokama qildi va tasdiqladi. Qonun loyihasining o‘zi salkam bir hafta oldin quyi palataga kiritilgandi va jamoatchilik muhokamasiga ham taqdim etilmagandi. Hujjat deyarli bir ovozdan, tanqidlarsiz qabul qilindi.
Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi. Bu haqda qaror O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘tkazgan uchrashuvda qabul qilindi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Shukurjon Gaipov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yashil hudud saqlab qolinishini ma’lum qildi. Qurilish haqidagi qaror aholi noroziligi sabab emas, daraxt kesishga moratoriy kiritilgani va tadbirkor belgilangan muddatda qurilishni boshlamagani uchun bekor qilingan.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelib, Shavkat Mirziyoyev bilan poytaxtdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi. Rasmiy kutib olish marosimi Xalqaro kongress markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga to‘qqizta maxsus yuk mashinasida navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ularni topshirish marosimi Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududidida bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 22−25 dekabr kunlari O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi.
Markaziy bank 26 dekabridan boshlab 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi. Tangalar ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.
Tijorat banklari 22 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 310 so‘m.
Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 3 bolali ayolni turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
O‘zbekiston noyabrda Xitoyga 39,6 mln dollarlik gaz eksport qilganini ma’lum qildi. Xitoy tomoni esa qariyb uch baravar yuqori — 114,2 mln dollarlik ko‘rsatkichni keltirdi. Davlat statistika qo‘mitasi bu farq bo‘yicha izoh berdi.
Toshkentdagi avtobus saroylari qisqa fursatda kam harakatli fuqarolar uchun noqulay bo‘lgan 150 dan ortiq Isuzu avtobuslari bilan boyidi. «Toshshahartransxizmat» rahbari «Gazeta.uz»ga buning vaqtinchalik yechim ekanini ma’lum qildi. U sohaga huquq-tartibot organlarining jalb qilinganiga ham izoh berdi.
Poytaxt avtobuslarini ta’mirlashga 5 mlrd so‘m ajratilishi, O‘zbekistonga kelgan Toqayev, hibsga olingan bloger Shohida Salomova, yana is gazidan o‘lim, avtobusda yurishni boshlagan transport vaziri, 15 yoshli bolaga qo‘pollik qilgan IIO xodimlari, ko‘chadagi tirbandlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilgach, aholi hokimlarni bevosita saylash huquqiga ega bo‘ladi, dedi senator Tolibjon Madumarov. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati hamda kengash nazorati to‘g‘risidagi qonunlar loyihasi tayyor. Hokimlar saylovi yo‘lga qo‘yilishi haqida 2016 yildan beri gapiriladi.
Yong‘in xavfsizligi organlarining xulosasiga ko‘ra, Toshkentdagi «Ilhom» teatrida sodir bo‘lgan yong‘inga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Teatr yaqin vaqt ichida tiklash-ta’mirlash ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari sun’iy oshirilib, bozorlarda ajiotajlar yuzaga kelgan taqdirda, vakolatli organlar kompaniyalar binolariga kirish hamda omborlarda xatlov o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.
Quvalik haydovchi Farg‘onada o‘ziga nisbatan noqonuniy bayonnoma tuzgan ikki nafar YPX xodimini ruhiy azob yetkazganlikda ayblab sudga berdi. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, inspektorlarning har biriga 3 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting