YTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.
1-dekabrdan O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bunda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
Tijorat banklari 18-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 480 — 11 520 so‘m.
18−20-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tarmoqlarda O‘zbekistonda 60 yoshdan oshganlarga Xitoydan keltirilgan xavfli dorilar tarqatilayotgani haqida xabar tarqaldi. SSV buni “bo‘hton va safsatadan boshqa narsa emas” deb atadi.
2019-yildan beri Toshkent shahri hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Abdulvosid Xomitjonov egalladi.
Nukus ishida apellyatsiya bergan yana 28 mahkum, Cobalt va Lacetti narxi oshishini rad etgan UzAuto Motors, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida, xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan samarqandlik erkak, “yashil energiya” sertifikatlari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun 19,3 mln dollar kredit ajratdi.
O‘zbekiston prezidenti YeTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan forumida so‘zlagan nutqida bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: qashshoqlikni qisqartirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, infratuzilma, tibbiyot, ta’lim, transport va ekologiya sohalarida DXSHni kengaytirish kabilarni sanab o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashish rejalashtirilgan.
Gaz qazib olishni keskin oshirish vazifasini bajarish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish talab etiladi, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Internetda rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Hokim buva” mini-serialining namoyishi boshlandi. Komediya janridagi ushbu serial ijtimoiy-siyosiy muammolardan muttasil nolib yuradigan taksi haydovchisining Toshkentga hokim bo‘lib qolishi va bu lavozimdagi sarguzashtlari haqida.
“Toshkent huquq bahori” xalqaro forumida adliya vaziri Akbar Toshqulov jamiyatda fundamental huquqlarni yaxshi tomonga burishga harakat qiluvchilar rolida yuristlar ko‘proq bo‘lishini istashini aytdi. “Chunki biz yuristlar muammoni kundalik ish jarayonida doim ko‘ramiz va ularning yechimini ham bilamiz”, — dedi u.
Uchtepa tumanida Matiz haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli o‘quvchini urib yubordi. U jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
O‘zbekiston-Xitoy biznes-forum doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida 1,18 mlrd yuan miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Tarmoqlarda 1-iyundan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyalari taqdim etilishi, Cobalt va Lacetti narxi 20−23 ming dollargacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini bildirdi.
Nukus voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud jarayonida qamoq jazosiga hukm qilingan 28 nafar shaxs apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Ularni ko‘rib chiqish payshanba kuni boshlanadi. Yana 16 nafar mahkumga nisbatan apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda.
O‘zbekistonga muddatidan oldingi prezident saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi keldi. Missiya saylovni kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Toyloq tumanida erkak xotinidan qasd olish uchun 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqeaga Rossiyaga ishlashga ketgan xotinining begonalar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar sabab sifatida keltirilmoqda.
To‘rtinchi sanoat inqilobining sun’iy intellekt kabi texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida 100 mingta, qurilish sohasida 334 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu borada Osiyo taraqqiyot bankining yangi tadqiqotida so‘z borgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting