O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik negizida uchta shifoxona qurish rejalashtirilgan.
Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda ilk bor qatnashgan O‘zbekiston 57 davlat orasida o‘rtacha balldan pastroq natijani qayd etib, 49-o‘rinni egalladi. PIRLS natijalari haqida batafsil.
Yevropa Ittifoqi, Fransiya taraqqiyot agentligi va O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishi bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish borasidagi bitimni imzoladi.
“Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitim ikki hafta ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi OTP Bank direktori o‘rinbosari Laslo Vulf. Uning so‘zlariga ko‘ra, OTP 2022-yil dekabr oyida xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan beri “Ipoteka-bank”ni rivojlantirish ustida ishlamoqda.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan forumda “Agrobank” Xalqaro islom savdo va moliya korporatsiyasi va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan ikkita mukofot bilan taqdirlandi.
JSTga a’zo bo‘lish davlat korxonalari uchun jahon bozoriga yo‘l ochadi, ular raqobatga tayyor bo‘lishi, ayrim tarmoqlar o‘z rivojlanish modelini qayta ko‘rib chiqishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning ta’kidlashicha, JSTga a’zolik “juda qisqa muddatda va keyingi tendensiya dinamik bo‘ladi”.
Air Cairo aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan Toshkentga chorshanba kuni belgilangan parvozi ob-havo sharoiti tufayli 10 soatdan ortiq kechiktirildi. 200 nafardan ziyod yo‘lovchi Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da jo‘nab ketishni kutmoqda.
Toshkent shahrida “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sababli 20−21-may kunlari poytaxtdagi bir qator ko‘chalar avtotransportlar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
JSST tibbiyotda ChatGPT, Bard va shunga o‘xshash platformalar bilan ishlashda xavflarni o‘rganishga chaqirdi. Tashkilot, ayniqsa, sun’iy intellektga ega chatbotlar tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlardan xavotirda.
O‘zbekistonda elektr energiyasining qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlari tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Sertifikatlar erkin muomalada bo‘ladi va bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Olmazor tumanida odam o‘g‘irlash, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etgan 4 nafar sudlanuvchi 13,5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamaldi. Ular YPX xodimi kiyimida fuqaroni o‘g‘irlab, pullarini olib qo‘ygan, shuningdek, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Toyota va Lacetti avtomobillari to‘qnashishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Yana 6 kishi shifoxonaga yetkazildi. Mamlakat IIV holat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini bildirdi.
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi. Prezident mutasaddilarga ta’lim sifatini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tijorat banklari 17-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 430 — 11 475 so‘m.
Yozyovon tumanida xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi. Fuqaroga FVB xodimlari yordam ko‘rsatdi. Voqeaga ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari aprel oyida pasayishda davom etdi, deb xabar berdi Markaziy bank. Shu bilan birga, respondentlar orasida narxlar va ish haqining sun’iy oshirilishini kutilayotgan inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.
O‘zbekistonda Mastercard`ning vakolatxonasi ochilishi, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi, tuman bosh imomligidan bo‘shatilgan “shukurullohdomla”, qo‘lga olingan Hello Tashkent, salam Tashkent guruhi adminlari, metroda yosh qizga shilqimlik qilgan 24 yoshli yigit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonda so‘z erkinligi darajasini izohlab, 2016-yil oxiridan buyon bu boradagi islohotlar natijalariga adekvat baho berish kerakligini aytdi. Komil Allamjonov esa so‘z erkinligi darajasini 5,5 balga baholab, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini aytdi.
18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi.
Markaziy bank “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i kassalarida bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Sinov joriy yil 1-noyabriga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting