Shavkat Mirziyoyev import tovarlarga iste’mol kreditlari berishga ruxsat etuvchi qonunni imzoladi. Bungacha bu turdagi kreditlar faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun berilgan. Jismoniy shaxslar boshqa fuqarolardan ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kredit olishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shtepa tumanida 65 yoshli qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini o‘ldirib qo‘ydi. Sud erkakni 13 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qildi.
O‘zbekistonda baliq ovlashni tartibga soluvchi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unda brakonerlikka qarshi kurashish, noqonuniy ov oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash, taqiqlangan ov qurollarini yo‘q qilish tartiblari mavjud. 2022-yilda noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha 1119 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Prezident qarori bilan “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun rahbarlarning majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunday holat majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi. Loyiha doirasida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmi tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
Tijorat banklari 11-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 340 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 465 so‘m.
Jahon banki O‘zbekiston hukumati so‘roviga ko‘ra, ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlari sharhini tayyorladi. Bank uzoq muddatda shifoxonalar infratuzilmasini yaxshilash, ta’limni iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish, ijtimoiy himoya organini yaratish va pensiya yoshini oshirishni tavsiya qildi.
“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lmagan 1309 ta loyiha uchun yana 1,3 trln so‘m pul, martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshgan oltin-valyuta zaxiralari, kunlar +37 darajagacha isishi, pora bilan ushlangan tuman hokimi o‘rinbosari, ishdan ketgan Nurafshon shahri hokimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyalanuvchilar Konstitutsiya targ‘ibotiga jalb qilingani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Maktabgacha ta’lim agentligi barcha hudud vakillariga ogohlantirish hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 10-apreldan 10-maygacha “Toza havo” oyligi bo‘lib o‘tadi. Bu davr mobaynida 79 ta YPXda ko‘rik nuqtalari, markaziy ko‘chalarda esa ko‘chma postlar tashkil etilib, avtomobillar chiqarayotgan zararli gazlar miqdori ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 4,3 foizga oshib, 35,44 mlrd dollarga yetdi. O‘sish oltin zaxiralari qiymatining oshishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda xalq yoki davlatning milliardlab pulini o‘g‘irlaganlar firibgarlik aybi bilan 5−6 yilga qamalib, muddatining uchdan birini o‘tayapti va ozodlikka chiqib, “yashirgan pulini” sarflashda davom etmoqda, dedi senator Shuhrat Chulliyev. Yangi tuzatishlarga ko‘ra, ular endi “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tiradi”.
O‘zgidromet 12−14-aprel kunlari mamlakatning qator hududlarida shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Kuzda Toshkent shahrida “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi va xorijdagi eng faol vatandoshlar taqdirlanadi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar IIBB tez yordam dispetcherini haqoratlab, unga tahdid qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilganini ma’lum qildi. Erkak onasiga ayol shifokor jo‘natilishini talab qilgan, bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmagani sababli erkak shifokorlar yuborilgandi.
Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahrining hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U javobgarlikka tortilishi mumkin.
MHTI tahliliga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida 9 milliondan oshiq aholi norasmiy sektorda band bo‘lgani hisobiga davlat budjetiga soliq ko‘rinishida 32,9 trillion so‘m mablag‘ tushmagan. Bu summaga 500 o‘quv o‘rinli 4100 ta umumta’lim maktablari qurish mumkin bo‘lardi, deyiladi tahlilda.
May oyidan boshlab Asialuxe Travel Chexiyaga sayohatni, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Avstriya va Italiyaga tashrif buyurish imkonini beruvchi haftalik dasturini e’lon qildi.
Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan Lacetti avtomobili maxsus qutqaruv xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Hodisa oqibatida 2 kishi jarohat oldi.
Uzun tumanida YPX inspektori fuqarodan 800 dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda. Xodim haydovchiga mashinasining oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirib olgan uchun hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting