Turkiyaning Izmir provinsiyasida 6,6 ballik zilziladan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Tabiiy ofatdan vafot etganlar soni 114 nafar, jarohatlanganlar 1035 nafarga yetdi.
Olmazor tumanida «Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi uchun hududdagi 241 ta xonadon buzilishga tushgan. Ularning 237 tasi buzib bo‘lindi, qolgan 5 ta xonadon egalariga uy-joy ajratish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari Abdurasul Vaxabov, 2019 yil sentyabr oyining oxirida jurnalistlar bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi, biroq u ushbu lavozimga v.b. sifatida qayta tiklandi. Hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu lavozimga nomzodlar yo‘qligi va uylarni buzish masalasi bo‘yicha aholidan tushayotgan ko‘plab murojaatlar sababli Vaxobov vaqtincha ish joyiga qaytarildi.
Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tayotgan madaniyat saroyida fuqarolar sonining ortib ketishi katta tiqilinchga olib keldi. Yarmarka boshqa hududga ko‘chirildi.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori Adxam Bekmurodov prezident maslahatchisi o‘rinbosari — prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
TTAning sobiq rektori prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi
Toshkentdagi 11 ta tuman Davlat xizmatlari markazlarida tajriba tariqasida surdo-online planshetlari ishga tushirildi. Endilikda gapirish va eshitish bilan bog‘liq imkoniyati cheklangan shaxslar surdo tarjimonsiz istalgan davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
O‘zbekiston milliy axborot agentligi o‘z veb-sayti va logotipini yangiladi. Xususan, fotobank ishga tushirilib, sayt dizayni matnlarni oson o‘qishga moslashtirildi.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Kanat Isayev yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlarida qatnashish maqsadida iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Prezident O‘zgidromet tizimi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda soha xodimlari oyligi oshirilib, ustama to‘lash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Avvalroq O‘zgidromet tizimga e’tibor yo‘qligidan shikoyat qilgan edi.
Prezident qarori asosida sog‘liqni saqlash vaziri etib Abduhakim Xadjibayev va uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Amrillo Inoyatov tayinlandi.
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektor etib tayinlandi.
Yevropaning bir qator mamlakatlarida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskin tus olmoqda. Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya hukumatlari karantin choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Ispaniyada va Germaniyada ushbu choralarga qarshi bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryoda qurilayotgan Uzneftegaz GTL zavodi ishchilari 21 oktyabr kuni norozilik uyushtirib, qurilish kompaniyalari mol-mulkini talon-toroj qilishgandi. Viloyat IIB tomonidan tergov o‘tkazilib, yetkazilgan zarar o‘rganildi va noroziliklar ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yuridik universitet Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani bo‘lib ishlayotgan Umida Tuxtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, agentlik ichki xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Tal’atjon Xaydarov ham direktor o‘rinbosari bo‘ldi.
Qozog‘istonda mamlakat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Qozog‘istonga kelish va tranzit o‘tish bo‘yicha vizasiz rejim bekor qilindi, Turkiyadan qatnovchi aviareyslar soni kamaytirildi.
Deputatlar bir qator ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.
Abduxakim Xojiboyev Alisher Shodmonov o‘rniga cog‘liqni saqlash vaziri bo‘lishi kutilmoqda. Deputatlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar nomzodini ma’qulladilar.
O‘zbekiston bosh vaziri Qozog‘iston hukumati vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Qozog‘iston O‘zbekistonga bir qator takliflarni ilgari surdi.
O‘zbekistonda avtomobillarni mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini tugashidan oldin uzaytirish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, vaqtinchalik muddat tugagach, haydovchi murojaati bilan avtoturargohda saqlash vaqti uchun maxsus yig‘im undirilmasligi belgilanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting