Namanganda Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilagan shaxslar qo‘lga olindi
19 avgust 2022, 11:40

Namanganda Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilagan shaxslar qo‘lga olindi

Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilagan ikki nafar shaxs ushlandi. Ular kitobni Namangan shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida saqlab kelgani aytilmoqda. Kitobga zarar yetkazilmagan. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

19 avgust kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar sportchilarni kutib olish maqsadida vaqtincha yopiladi
19 avgust 2022, 11:14

19 avgust kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar sportchilarni kutib olish maqsadida vaqtincha yopiladi

19 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.

O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi
19 avgust 2022, 11:00

O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

18 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston termasi jami 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Saudiya Arabistoni podshohi «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi
19 avgust 2022, 09:58

Saudiya Arabistoni podshohi «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi. U mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.

Dam olish kunlari va kelayotgan hafta boshida havo salqin bo‘lishi kutilmoqda
19 avgust 2022, 09:48

Dam olish kunlari va kelayotgan hafta boshida havo salqin bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidrometning ma’lumotlariga ko‘ra, 20−22 avgust kunlari O‘zbekiston sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazmda havo harorati +11 darajagacha, boshqa viloyatlarda esa +12 …+13 darajagacha pasayadi.

Toshkent aeroporti terminallari o‘rtasida bepul shattl-bas (avtobus) qatnovi yo‘lga qo‘yildi
18 avgust 2022, 22:11

Toshkent aeroporti terminallari o‘rtasida bepul shattl-bas (avtobus) qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro terminallari o‘rtasida bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobus har kuni soat 5:00 dan 23:30 gacha ishlaydi.

Islom birdamligi o‘yinlari sovrindorlariga $5 minggacha pul mukofoti beriladi
18 avgust 2022, 20:06

Islom birdamligi o‘yinlari sovrindorlariga $5 minggacha pul mukofoti beriladi

Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarga «oltin» uchun 5 ming, «kumush» uchun 3 ming va bronza medal uchun 2 ming dollar beriladi. Sportchilarning murabbiylariga esa mos ravishda 2,5 ming, 1,5 ming va 1000 dollardan topshiriladi.

O‘zbekiston Kobul masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashni qoraladi
18 avgust 2022, 18:46

O‘zbekiston Kobul masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 17 avgust kuni shom namozi vaqtida Kobuldagi masjidda sodir etilgan va 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralab bayonot berdi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi
18 avgust 2022, 17:27

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana 6 ta oltin, 6 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘yinlarning navbatdagi kunida Oksana Chusovitina boshchiligidagi sport gimnastikachilari kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
18 avgust 2022, 16:39

Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoning Oqoltin tumanida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli «Isuzu» avtobusining gaz balloni portladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi jarohatlangan.

Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga oid axborotni yashirish qonun bilan taqiqlanmoqda
18 avgust 2022, 16:01

Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga oid axborotni yashirish qonun bilan taqiqlanmoqda

Aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Hujjatda favqulodda vaziyatlar darajasiga qarab hokimlar yoki hukumat tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Qolaversa, FV bo‘yicha axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki yolg‘on axborot berish taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Mehnat vazirligida ishga joylashtirish bilan bog‘liq uchta korrupsion holat aniqlandi — Nozim Xusanov
18 avgust 2022, 15:17

Mehnat vazirligida ishga joylashtirish bilan bog‘liq uchta korrupsion holat aniqlandi — Nozim Xusanov

Shu yilning 6 oyi davomda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida xodimlar uchta holatda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish uchun pul talab qilgani aniqlandi, deya ma’lum qildi vazir Nozim Xusanov. «Bu holatlar uchrayotgan soha mas’ullari bilan ishlashga harakat qilamiz», — dedi u.

Guliston universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 avgust 2022, 14:46

Guliston universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sirdaryoning Sardoba tumanida fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida $10 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Buxoroda esa ikki fuqaroning tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritish maqsadida $400 olgani aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

«Meni sovunimga kir yuvmabsan». To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qildi
18 avgust 2022, 12:46

«Meni sovunimga kir yuvmabsan». To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qildi

Tarmoqlarda Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qilgani aks etgan audio tarqaldi. Unda hokim prokurorga vazifalarini bajarmagani, qolaversa, tashkilotlarga nisbatan jinoyat ishi ochgani uchun tanbeh bergan. Holat yuzasidan viloyat hokimligi va Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda yashil vodorod sektorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
18 avgust 2022, 12:25

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda yashil vodorod sektorini rivojlantirishga ko‘maklashadi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Energetika vazirliklari o‘rtasida umumiy qiymati 12 mlrd dollar bo‘lgan uchta yirik kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, Saudiya tomoni investitsiyalari asosida O‘zbekistonda yashil vodorod sektori rivojlantiriladi.

Iste’molchilar gazdan uzilishi mumkinligi haqida SMS-xabarnoma olayotganiga izoh berildi
18 avgust 2022, 11:37

Iste’molchilar gazdan uzilishi mumkinligi haqida SMS-xabarnoma olayotganiga izoh berildi

Shu kunlarda tabiiy gaz iste’molchilariga tarmoqdan uzilishi haqida SM-xabarnomalar kelmoqda. «Hududgazta’minot» ma’lum qilishicha, gaz uskunalarini masofadan nazorat qiluvchi yangi dasturiy ta’minot ishga tushgan va uning yordamida uskunalari texnik nazoratdan o‘tmagan xonadon egalari ogohlantirilmoqda.

Surxondaryoda 30 sotix yerni 105 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 avgust 2022, 11:12

Surxondaryoda 30 sotix yerni 105 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryoning Termiz tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli 30 sotix yer maydonini 105 mln so‘mga sotishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lib, 15 mln so‘mni qaytargan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uzbekistan Airways`ning 18 ta samolyoti sotuvga qo‘yiladi
18 avgust 2022, 10:48

Uzbekistan Airways`ning 18 ta samolyoti sotuvga qo‘yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzbekistan Airways`ning 18 ta samolyot va 1 ta simulyatorini sotish uchun konsalting kompaniya tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qildi. Aktivlar 6 ta lotga bo‘lingan tartibda sotuvga chiqariladi.

Toshkentda avariya oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
18 avgust 2022, 10:21

Toshkentda avariya oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi. Natijada avtomobil yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

«Bizga kerak bo‘lgani — ozgina iliqlik va g‘amxo‘rlik». Qayta ochilgan uysizlar markazidan reportaj
18 avgust 2022, 10:09

«Bizga kerak bo‘lgani — ozgina iliqlik va g‘amxo‘rlik». Qayta ochilgan uysizlar markazidan reportaj

Toshkentdagi uysizlar uchun reabilitatsiya markazi uch oylik ta’mirdan so‘ng qaytadan ishga tushdi. 2023 yilgacha bu yerda yana bir turar-joy binosi va sport maydonchalari quriladi. «Gazeta.uz» muxbiri Farzona Hamidova ular bu yerga qanday kelib qolgani hamda kelajakdagi orzulari haqida suhbatlashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting