Fransiyaning Montagne et Neige Développement kompaniyasi Chimyonda gondol va mayatnik tipidagi osma yo‘llar, 11 ta tog‘-chang‘i yo‘laklari, yozgi va qishki attraksionlar, shuningdek, 6 ming sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona va kottejlardan iborat umummavsumiy dam olish maskani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat», Rossiya-Ukraina urushi haqida gapirgan AQSh davlat kotibi, iliq va yomg‘irli o‘tadigan mart oyi, tibbiyot xodimlariga qonunga zid qarshilik uchun jarima, pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Diniy qo‘shiq — nashida uchun 5 yilga qamalgan 22 yoshli talaba Sardor Rahmonqulov ozodlikka chiqdi. Toshkent sudi hukmni shartli jazoga almashtirdi.
Prezident 2023−2025 yillarda isloh qilish va operatsion samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida NKMK, OKMK, «O‘zbekko‘mir» va «O‘zbekneftgaz» bor. Davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligiga, boshqaruv esa UzAssets`ga topshiriladi.
Rossiya «FSB» Bryansk viloyatining Klimovskiy tumanida «davlat chegarasini buzgan qurolli ukraina millatchilarini yo‘q qilish choralari ko‘rilayotganini» ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya ko‘ngillilar korpusi videosi paydo bo‘ldi. Videoda o‘z vatanlarini ozod qilish uchun kelganliklari e’lon qilingan.
Senat import qilinadigan tovarlarga iste’mol kreditlari taqdim etishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi (hozir ushbu turdagi kredit faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun beriladi). Hujjat prezident tomonidan imzolanishi kerak.
O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Durable Beton kompaniyasi UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu safar kompaniya o‘zining yangi mahsuloti — Constant kimyoviy qo‘shimchasining taqdimotini o‘tkazdi.
Fransiyaning Tuluza shahridagi Fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida buyuk astronom va olim Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi. Qolaversa, botanika bog‘i hududida «O‘zbek bog‘i»ning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya boshida haftasiga 6 marta reyslarni amalga oshiradi. Ilk parvoz 20 martga belgilangan.
Oliy Majlis senatorlari tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. Senatorlarning fikriga ko‘ra, mazkur qonunning qabul qilinishi raqobatga qarshi harakatlarning kamayishiga, tovarlarning erkin harakatlanishiga, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga huquqiy asos yaratadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida tashkilot a’zolarining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.
Senatorlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishni ma’qulladi — BHMning 5−10 miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq. Avvalroq SSV shifokorlarga qilingan hujumni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilgandi.
Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kenes tomonidan jamoat transportlarining anomal sovuq davrida (12−31 yanvar kunlari oralig‘ida) metan o‘rniga Ai-80 markali benzin foydalangani bo‘yicha yuzaga kelgan xarajatlar qoplab beriladi. Bunda transport xizmatini ko‘rsatuvchi 81 korxona o‘z hujjatlarini topshirgan.
Toshkentdagi barcha maktablarga ichki ishlar xodimlari biriktiriladi. Ular kun davomida muassasa hududi va uning atrofidagi ko‘chalarda patrullik qiladi. Poytaxt IIBBning qayd etishicha, bu ota-onalarning bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar bo‘yicha xavotirlariga javoban profilaktik chora hisoblanadi.
Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgani uchun ularning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 24 fevralda «O‘zbekkonsert»da yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z chiqishida xonandalarning madaniyatsizligi va saviyasiz ijodini tanqid qilgan, Umra ziyoratidan piar yo‘lida foydalanayotgan va farzandini hujraga topshirgan san’atkorlar haqida gapirgan.
O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo turlarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatiladi. Savdo qoidalarini buzishni dekriminallashtirish rejalashtirilmoqda.
2024 yildan o‘z vaqtida olinmagan pensiya pulini olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oy davr uchun pul to‘lab beriladi. Qonunchilikka ko‘ra, avval bu muddat 12 oydan oshmasdi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada bergan intervyusida aytishicha, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik va jamiyat barqarorligini oshirish imkoniyatlarini yaratishda yordam bermoqda. Buning uchun kuchli institutlar, jumladan erkin OAV va fuqarolik jamiyati kerak, deydi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting