Davlat OTMlariga onlayn-qabul 20 iyundan boshlanadi
16 iyun 2022, 09:45

Davlat OTMlariga onlayn-qabul 20 iyundan boshlanadi

Davlat OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni onlayn-qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa qabul 10 iyulga qadar amalga oshiriladi. Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish bilan birga ta’lim shaklini ham tanlash imkoniyati berilmoqda.

Kuyov kelinni urgan to‘y tafsilotlari ma’lum qilindi
15 iyun 2022, 23:48

Kuyov kelinni urgan to‘y tafsilotlari ma’lum qilindi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ijtimoy tarmoqlarda keng tarqalgan kuyov kelinni urgan to‘y shu yilning 6 iyunida Surxondaryoda bo‘lgan. Kuyovga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Er-xotin va ularning ota-onalari bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgani aytildi.

Osiyo kubogi U23: O‘zbekiston Yaponiyani yengib, finalga chiqdi
15 iyun 2022, 23:28

Osiyo kubogi U23: O‘zbekiston Yaponiyani yengib, finalga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag‘lub etib, U23 Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi (video, foto, statistika).

Olmaliqdagi zavodda portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor
15 iyun 2022, 22:01

Olmaliqdagi zavodda portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor

Olmaliq shahridagi «Maxam-O‘zbekiston» qo‘shma korxonasi sexlaridan birida portlash sodir bo‘lib, bino konstruksiyalari buzildi. Yaqin atrofda bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi jarohatlangan.

15 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 iyun 2022, 22:00

15 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish bekor qilinishi, Toshkentning mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekani, dual ta’lim tizimi joriy qilinadigan kasb-hunar maktablari va texnikumlar, yozdagi yong‘in sababchilari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Toshkent — mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri» — Antikorrupsiya agentligi direktori
15 iyun 2022, 19:10

«Toshkent — mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri» — Antikorrupsiya agentligi direktori

Antikorrupsiya agentligi rahbari Toshkent O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekanini aytdi. Poytaxtda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni yil davomida uch barobarga oshgan. Bundan tashqari, internetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning yarmi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.

Prevyu. O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiya bilan o‘ynaydi
15 iyun 2022, 18:29

Prevyu. O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiya bilan o‘ynaydi

Chorshanba kuni O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar 2018 yilda ham to‘qnash kelishgan va unda o‘zbekistonliklar yirik hisobda g‘alaba qozongandi. Biroq bu safar Yaponiya U23 jamoasi bellashuvga o‘zgacha yondashuv bilan kelmoqda.

Kasb-hunar maktablari va texnikumlarda ham dual ta’lim tizimi joriy qilinadi
15 iyun 2022, 18:27

Kasb-hunar maktablari va texnikumlarda ham dual ta’lim tizimi joriy qilinadi

Prezident 57 ta professional ta’lim muassasasida joriy etilgan dual ta’lim shakli o‘z samarasini bergani — pedagogika kolleji o‘quvchilari 2 kun o‘qib, 4 kun bog‘chada amaliyot o‘tagani va oylik olganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba kasb-hunar maktablari va texnikumlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.

Qozog‘iston elektron sigaretlarni butunlay taqiqlashni rejalashtirayapti
15 iyun 2022, 18:15

Qozog‘iston elektron sigaretlarni butunlay taqiqlashni rejalashtirayapti

Qozog‘iston veyp — elektron sigaretlarni sotish va ulardan foydalanishni butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonda esa sotuvda markasiz, tarkibi va undan foydalanish xavfi haqida ma’lumot ko‘rsatilmagan ko‘plab veyplarni uchratish mumkin.

Muxlislardan O‘zbekiston-Yaponiya o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kelmaslik so‘raldi
15 iyun 2022, 17:04

Muxlislardan O‘zbekiston-Yaponiya o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kelmaslik so‘raldi

IIV O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar TJ o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finali uchrashuvi o‘tadigan «Milliy» stadioni OFK sanksiyalari tufayli mahalliy muxlislar uchun yopilganini eslatib o‘tdi. Muxlislarga o‘yinni uyda tomosha qilish tavsiya etildi. Stadion atrofidagi yo‘llar esa ta’mirlanishi sababli vaqtincha yopiladi.

Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi
15 iyun 2022, 16:54

Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi

Prezident 2023 yildan boshlab texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishini ta’kidladi. OTMlardagi kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, 1 yanvardan ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqi oliygoh pedagoglarinikiga tenglashtiriladi.

Turkiyaga qizlarni fohishalikka yuborishga uringanlikda gumonlangan shaxs ushlandi
15 iyun 2022, 16:36

Turkiyaga qizlarni fohishalikka yuborishga uringanlikda gumonlangan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida yangiyo‘llik 40 yoshli ayol 20 va 23 yoshli ikki nafar qizni aldov yo‘li bilan Turkiyaga chiqarib yuborishga uringanida qo‘lga tushdi. Unga nisbatan odam savdosi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahridagi attraksionlarning 75 foizi nosozligi aniqlandi
15 iyun 2022, 16:24

Toshkent shahridagi attraksionlarning 75 foizi nosozligi aniqlandi

O‘zbekistondagi barcha madaniyat va istirohat bog‘laridagi 1879 ta attraksionning 574 tasi texnik nosoz ekanligi aniqlandi. Shundan eng ko‘pi Qoraqalpog‘iston, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo va Namangan hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda esa 52 dona attraksionning 39 tasi (75%) yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.

Qozog‘istondagi yirik avariyaga o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi sabab bo‘lgani aytilmoqda
15 iyun 2022, 16:02

Qozog‘istondagi yirik avariyaga o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi sabab bo‘lgani aytilmoqda

Qozog‘istonda salonida 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yonib ketishiga sababchi bo‘lgan yuk mashinasini O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aytilmoqda. U yuk avtomobillari harakati taqiqlangan dovondan o‘tayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va to‘xtab turgan 4 ta transport vositasiga urilgan.

Toshkentda juftlik kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 iyun 2022, 15:38

Toshkentda juftlik kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yigit va qiz kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Juftlik ularga tuman IIB xodimlari jarohat yetkazganini ta’kidlagandi.

Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi
15 iyun 2022, 15:11

Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi

Prezident Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilingani va unga Buxoro shahar monomarkaz rahbari Sadoqat Siddiqova tayinlanganini ma’lum qildi. U kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish hamda metodik ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Yozda yong‘inlar konditsioner, muzlatkich va quruq o‘tlar sabab kelib chiqmoqda — FVV
15 iyun 2022, 14:59

Yozda yong‘inlar konditsioner, muzlatkich va quruq o‘tlar sabab kelib chiqmoqda — FVV

Yil boshidan beri 3449 ta yong‘in sodir bo‘lib, unda 82 kishi jabrlangan, 48 kishi esa halok bo‘lgan. FVV yoz oyi boshlanishi bilan yong‘in bilan bog‘liq vaziyat ham faollashganini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, aksariyat yong‘inlarga konditsioner, muzlatgich va quruq o‘tlar yoqilishi sabab bo‘lmoqda.

Diniy ta’lim muassasalari uchun qabul sanasi ma’lum qilindi
15 iyun 2022, 14:45

Diniy ta’lim muassasalari uchun qabul sanasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari uchun qabul sanasi va abituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Diyorbek Ermatov og‘ir atletika bo‘yicha JCHda uchta medalni qo‘lga kiritdi
15 iyun 2022, 14:34

Diyorbek Ermatov og‘ir atletika bo‘yicha JCHda uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Samarqandning ikki tumanida hokim almashdi
15 iyun 2022, 13:50

Samarqandning ikki tumanida hokim almashdi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot hamda Ishtixon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting