Toshkentdagi «Do‘stlik» bog‘i yaqinida Vinera Tower kompaniyasi qurilish uchun hududdagi 6 tup daraxtni ruxsatnomasiz boshqa joyga ko‘chirib, ularni nobud qilgani ma’lum bo‘ldi. Bunda tabiatga 218,3 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Kompaniya oldin ham daraxt kesgani uchun 430,5 mln so‘m jarima to‘lagan.
Oqqo‘rg‘onda tadbirkor kreditga olingan 100 ta qoramolni sotib, 2,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Toshkent shahrida esa korxona rahbari bank krediti evaziga olingan metall mahsulotlarni 2,1 mlrd so‘mga sotib, hujjatlarni soxtalashtirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
23 noyabr, chorshanba kunidan boshlab «TTZ» — «Mashinasozlar» metrosi yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobuslar ish boshladi. Avtobuslar faqat 4 ta bekatda — «TTZ» bozori, «Buyuk Ipak yo‘li» metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, «Ashxobod» bog‘i bekatlarida to‘xtaydi. Yo‘l haqi 2500 so‘mni tashkil etadi.
D guruhidan joy olgan Fransiya — Avstraliya bahsida ko‘pchilik tomonidan kutilganidek fransiyaliklarning qo‘li baland keldi. O‘yindagi dastlabki golni avstraliyaliklar kiritdi, biroq Fransiya terma jamoasi o‘yin tizginini tezda o‘z qo‘liga oldi.
Tijorat banklarida 23 noyabr kuni dollar 11 260 — 11 265 so‘mdan sotilmoqda. Sotib olish kursi esa 11 180 — 11 240 so‘m.
Rossiyaning Pskov davlat universitetida o‘qiydigan o‘zbekistonlik talabalar «notinch vaziyat» sabab o‘qishlarini O‘zbekistondagi OTMlarga istisno tariqasida ko‘chirishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llashdi. «Pskov shahriga ham urush o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda», deya ta’kidlagan ular.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Luvrda «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasini ochdilar. Ko‘rgazmadan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi muzeylardan keltirilgan buyumlar o‘rin olgan. 70 ta eksponat ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilindi.
22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Daniya — Tunis hamda Meksika — Polsha bahslari 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Birinchi o‘yinda bir necha bor ofsayd holatida gollar kiritildi. Ikkinchi uchrashuvda esa Levandovskiy penaltidan gol ura olmadi.
Parijda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev, maqsadsiz sarflangan 705 mlrd so‘m budjet mablag‘lari, is gazidan o‘lgan 17 yoshli qashqadaryolik qiz, Germaniyadan Samarqandga charter reyslar, Yaponiya ordeni bilan taqdirlangan Aziz Abduhakimov va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
«O‘zmilliybank» AJ va Fransiyaning Societe Generale banki 50 mln yevrolik kelishuvga erishdi. Shartnoma ikki bank o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi Yelisey saroyida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.
C guruhidan joy olgan Argentina — Saudiya Arabistoni bahsi kutilmagan 1:2 hisobi bilan yakunlandi. 1-taymda Messi penalti zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan bo‘lsa, 2-taymda Erve Renar shogirdlari nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki oldinga ham chiqib olishdi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lada Granta, Cobalt, Damas, Lacetti va Tico ishtirokida avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.
Qarshi shahrida ijarada yashovchi qiz hammomda is gazining ko‘payib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etdi. Shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi. 17 yoshli qiz noyabrda is gazi sabab vafot etganlarning oltinchisi bo‘ldi.
Toshkent shahar transport boshqarmasi birinchi pullik avtoturargohlarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. 10 ta markaziy ko‘chada 57 ta parkomat o‘rnatgan holda 2251 ta to‘xtash joyi tashkil etiladi. Shuningdek, 2 ta evakuator va 2 ta qoidalarni nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) xarid qilinadi.
Qo‘yi palataning navbatdagi majlisida O‘zbekistonda qariyb 705 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Moliya vaziri Timur Ishmetov bunga javoban budjet taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirishda barcha vazirliklar javobgar ekanini aytib, ularni mas’uliyatli faoliyat olib borishga chaqirdi.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiya imperatoridan «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordenini qabul qilib oldi. Yaponiyaning eng qadimiy ordeni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shilgan ko‘p yillik xizmatlar uchun berildi.
UZDIGITAL TV Setanta 1 va Setanta 2 telekanallarini efirga uzatish huquqiga ega bo‘ldi. Endi sport muxlislari yirik futbol ligalari va boshqa musobaqalarni HD sifatida tomosha qilishlari mumkin.
Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.
Prezident Parijda «Airbus», «Orano», «Suez», «Alstom», «Total Eren», «EDF» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. U fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar vositasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting