Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari yana ko‘tarildi
17 oktabr 2022, 16:22

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,83 so‘mga qimmatlab, 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

KOTRA O‘zbekistonga uchta ijtimoiy avtomobilni yetkazib berdi
17 oktabr 2022, 15:00

KOTRA O‘zbekistonga uchta ijtimoiy avtomobilni yetkazib berdi

Xvason shahri Savdo-sanoat palatasi O‘zbekistonga beg‘araz asosda uchta ijtimoiy avtomobilni taqdim qildi. Uni Koreya Respublikasining savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (KOTRA) yetkazib berdi.

Davlat tashkilotlaridagi qorovullik bo‘linmalari xodimlarining vazifalari belgilandi
17 oktabr 2022, 14:55

Davlat tashkilotlaridagi qorovullik bo‘linmalari xodimlarining vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar kuzatilsa, IIB va Milliy gvardiya xodimlariga xabar beradi. Ular kelguncha, hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi. Ular xabar bergan jinoyat bartaraf etilsa, 1 martalik pul mukofoti olishi mumkin.

USAID ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha $5,35 mln ajratdi
17 oktabr 2022, 14:12

USAID ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha $5,35 mln ajratdi

USAID tomonidan qo‘shimcha ajratilgan $5,35 mln grant Xalq ta’limi vazirligi bilan ingliz va o‘zbek tillari, matematika va IT fanlarni o‘qitishni takomillashtirish, shuningdek, 8−11-sinf o‘quvchilariga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Haftaning birinchi qismida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi
17 oktabr 2022, 12:37

Haftaning birinchi qismida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

O‘zbekiston hududida haftaning birinchi yarmida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Payshanba va juma kunlari esa yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Harorat kunduzi +25 darajagacha iliq, kechasi +8 daraja atrofida bo‘ladi.

Qarshidagi manzil-koloniyasidan qochib ketgan mahkum qo‘lga olindi
17 oktabr 2022, 12:19

Qarshidagi manzil-koloniyasidan qochib ketgan mahkum qo‘lga olindi

Qarshidagi manzil koloniyasidan mahkum ruxsatsiz chiqib ketdi. U 2015 yilda 14 yoshga kirmagan shaxsni zo‘rlagani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2020 yilda esa yopiq turdagi qamoqxonadan manzil koloniyasiga o‘tkazilgan. U qo‘lga olindi va hozirda yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyatida haydovchi 14 mln so‘m uchun o‘ldirib ketildi
17 oktabr 2022, 12:15

Toshkent viloyatida haydovchi 14 mln so‘m uchun o‘ldirib ketildi

Quyi Chirchiqda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 3 kishi taksi haydovchisini 14 mln so‘m uchun bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular orasida maktab o‘quvchisi ham bor.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi
17 oktabr 2022, 11:57

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paraolimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Mutaxassislar «El-yurt umidi» jamg‘armasi yordamida xorijda malaka oshirib keladi.

Farg‘ona va Sardoba tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
17 oktabr 2022, 11:16

Farg‘ona va Sardoba tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev Sardoba tumaniga, Hamidullo Inomov esa Farg‘ona tumaniga hokim bo‘ldi. Qolaversa, Qashqadaryo hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Hokimning yana bir o‘rinbosari va Chiroqchi hokimiga esa «hayfsan» berildi.

O‘zbekistonlik yosh atletlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi
17 oktabr 2022, 11:00

O‘zbekistonlik yosh atletlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi

Quvaytda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Farg‘onada psixotrop dorilar aylanmasiga chek qo‘yildi
17 oktabr 2022, 10:31

Farg‘onada psixotrop dorilar aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘ona shahrida 1150 dona «Tramadol», 14 dona «Regapen» va 141 dona «Tropikamid» kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni xonadonida saqlab kelgan fuqaro va unga aloqador shaxs ushlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qo‘lga olindi.

«Tez yordam»da yolg‘on chaqiriqlar soni 2 barobar kamaydi — SSV
17 oktabr 2022, 10:27

«Tez yordam»da yolg‘on chaqiriqlar soni 2 barobar kamaydi — SSV

2022 yilning 9 oyida «103» xizmatiga jami 4 ming 452 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. SSVning ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan ikki barobar kam.

Ikkita YTHda 5 yoshli qizaloq va 2 kishi vafot etdi
17 oktabr 2022, 09:58

Ikkita YTHda 5 yoshli qizaloq va 2 kishi vafot etdi

Qashqadaryoda yuz bergan avariyada Spark beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Farg‘onada sodir bo‘lgan avtohalokatda esa 5 yoshli qizaloq vafot etdi.

Rossiyadagi harbiy poligonda safarbar qilinganlarga ommaviy o‘q uzildi: kamida 11 askar halok bo‘ldi
16 oktabr 2022, 15:21

Rossiyadagi harbiy poligonda safarbar qilinganlarga ommaviy o‘q uzildi: kamida 11 askar halok bo‘ldi

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun nega sust bajarilyapti?
16 oktabr 2022, 12:00

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun nega sust bajarilyapti?

Davlat tili haqidagi qonun sustkashlik bilan amalga oshirilayotganining sababi muttasil nazoratning yo‘qligidir… Xullas davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirish avvalo rahbariy tashkilotlarning harakatiga bog‘liqdir, deb yozgandi G‘anijon Abdurahmonov bundan 30 yillarcha muqaddam.

Jizzax viloyatida paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi
16 oktabr 2022, 11:08

Jizzax viloyatida paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida joylashgan Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 ta g‘aramning ustki qismi yonib ketdi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qashqadaryoda yo‘l chetiga chiqib ketgan Gentra yo‘lovchisi halok bo‘ldi
16 oktabr 2022, 10:48

Qashqadaryoda yo‘l chetiga chiqib ketgan Gentra yo‘lovchisi halok bo‘ldi

G‘uzor tumanida Gentra haydovchisi boshqaruvni yuqotishi natijasida yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib YTH sodir etdi. Oqibatda u tan jaroxati bilan shifoxonaga yotqizildi, mashinada bo‘lgan yo‘lovchi esa vafot etdi.

O‘zbekiston MDH doirasida erkin savdodagi cheklovlarni to‘liq bekor qilishga tayyor — prezident
16 oktabr 2022, 10:45

O‘zbekiston MDH doirasida erkin savdodagi cheklovlarni to‘liq bekor qilishga tayyor — prezident

O‘zbekiston MDH doirasida erkin savdodagi cheklovlarni to‘liq bekor qilishga tayyor, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi sammitda. Uning ta’kidlashicha, dunyodagi yangi xatarlar sharoitida hamkorlikda yangi — «Termiz-Peshovar» va «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» logistika yo‘laklarini rivojlantirish muhim.

Rossiyada har kuni o‘ndan ziyod o‘zbekistonlik mobilizatsiya muammosiga to‘qnash kelmoqda
16 oktabr 2022, 10:36

Rossiyada har kuni o‘ndan ziyod o‘zbekistonlik mobilizatsiya muammosiga to‘qnash kelmoqda

Tong Jahoni va “Rus sidyashaya” huquqni himoya qilish tashkilotlari rahbarlari Valentina Chupik va Olga Romanova “Gazeta.uz"ga Rossiyada mehnat qilayotgan va hibsdagi O‘zbekiston fuqarolari Ukrainaga urushga qanday jalb qilinayotgani haqida so‘zlab berishdi. Ushbu tashkilotlar aloqa raqamlarini ham taqdim etamiz.

Toshkentda Veolia kompaniyasi xodimi $600 pora bilan qo‘lga tushdi
16 oktabr 2022, 09:41

Toshkentda Veolia kompaniyasi xodimi $600 pora bilan qo‘lga tushdi

Yangihayot tumanida Veolia Energy Tashkent xorijiy kompaniyasi xodimi $600 pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shu yo‘l bilan abonentning qarzini so‘ndirishga va’da bergan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting