«O‘qishi uchun uring». Xatirchi tumani hokimi maktab o‘quvchilari bilan ishlash haqida
27 aprel 2022, 11:00

«O‘qishi uchun uring». Xatirchi tumani hokimi maktab o‘quvchilari bilan ishlash haqida

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizomov maktab o‘quvchilarini kerak bo‘lsa urish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «avval o‘qituvchilar bolalarni kaltaklashgan va bu uni hozirgacha kelishiga yordam bergan». Tuman hokimligi matbuot xizmati «ijtimoiy tarmoqlarda vaziyat boshqacha talqin qilinganini» ma’lum qildi.

2021 yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan
27 aprel 2022, 10:52

2021 yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan

2021 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.

Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi
27 aprel 2022, 10:17

Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi

Adxamjon Sormonkulov va Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

«OAV erkinligi uchun xalqaro tashkilotlar yordami kerak» — Komil Allamjonov
27 aprel 2022, 10:10

«OAV erkinligi uchun xalqaro tashkilotlar yordami kerak» — Komil Allamjonov

Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Komil Allamjonov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet bilan uchrashuvda OAV erkinligini ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlarning ko‘magi zarurligini ta’kidladi. U BMT boshqarmasi bilan hamkorlik matbuotni rivojlantirish va «aholini agressiv va shafqatsiz xorijiy tashviqotdan» himoya qilish uchun muhim deb atadi.

Farg‘ona vodiysida sel hodisalari kuzatilishi mumkin
27 aprel 2022, 09:28

Farg‘ona vodiysida sel hodisalari kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 27 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik tufayli Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

26 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 aprel 2022, 22:00

26 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ramazon xayitida 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, Antikorrupsiya agentligi devoriga korrupsiyaga atab chizib ketilgan graffiti, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirgan hokim, turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati bergan prezident va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 26 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Prezident O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun turistik keshbek dasturini e’lon qildi
26 aprel 2022, 21:36

Prezident O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun turistik keshbek dasturini e’lon qildi

1 sentabrdan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini xarid qilish, mehmonxona xarajatlari, muzeylar va boshqa madaniyat maskanlariga tashrif buyurish uchun keshbek tizimi joriy etiladi. Shuningdek, 1 iyuldan «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar 5 kun dam oladi
26 aprel 2022, 19:30

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar 5 kun dam oladi

Prezident kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholiga 5 kunlik dam olish berilishini aytdi. Uning aytishicha, Navro‘z bayramidagi dam olish kunlarida Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar borgan. 2022 yildan davlat tashkiloti xodimlariga yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

«Andijon polkasi» raqsini YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi
26 aprel 2022, 18:22

«Andijon polkasi» raqsini YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi

Prezident raisligidagi turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha videoselektorda «Andijon polkasi» raqsini YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif berildi. Davlat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1 tadan «karvonsaroy» quriladi
26 aprel 2022, 18:17

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1 tadan «karvonsaroy» quriladi

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan «karvonsaroy» barpo etiladi. Shuningdek, hududlarda turizm klasterlari tashkil etiladi.

«Hudud mas’ullari hali „uyg‘ongani“ yo‘q» — prezident turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati berdi
26 aprel 2022, 17:59

«Hudud mas’ullari hali „uyg‘ongani“ yo‘q» — prezident turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati berdi

Prezident 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati berdi. Shuningdek, davlat rahbari qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi. Mutasaddilarga turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash eng ustuvor vazifa etib belgilandi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
26 aprel 2022, 16:59

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 25,03 so‘mga pasayib, 11 221,87 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

DBQda Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish boshqarmasi tashkil etildi
26 aprel 2022, 16:49

DBQda Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish boshqarmasi tashkil etildi

Davlat bojxona qo‘mitasida Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma tashkil etildi. Shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
26 aprel 2022, 16:07

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Otabek Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
26 aprel 2022, 15:54

Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev va Botirjon Shaxriyorov turizm va madaniy meros vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Buxorodan Istanbulga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
26 aprel 2022, 15:43

Buxorodan Istanbulga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Buxorodan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.

Farg‘ona viloyatida yashovchi yana bir fuqaro o‘z tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi
26 aprel 2022, 15:09

Farg‘ona viloyatida yashovchi yana bir fuqaro o‘z tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida fuqaro o‘z tomorqasida 55 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi. Bu aprel oyida ushbu tumanda aniqlangan ikkinchi holat.

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirdi
26 aprel 2022, 14:29

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirdi

Shuhrat Abdurahmonov viloyatda «Andijon polkasi» oyligini e’lon qilib, tashkilot va idoralar rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilgan barchani butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishga chaqirdi.

Birinchi chorakda UzAuto Motors sof foydasi 75 foizga oshdi
26 aprel 2022, 13:39

Birinchi chorakda UzAuto Motors sof foydasi 75 foizga oshdi

UzAuto Motors birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 619 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizga ko‘pdir.

Ax-1 tijoriy kosmik reysi Yerga qaytdi
26 aprel 2022, 13:24

Ax-1 tijoriy kosmik reysi Yerga qaytdi

Xalqaro kosmik stansiyaga ilk tijoriy parvozni amalga oshirgan Axiom reysi Yerga qaytdi. Ax-1 missiyasi muvaffaqiyatli deb topildi. Axiom Falcon raketalari yordamida bir qator yangi parvozlarni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting