Ukrainadagi urush kambag‘al mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin — JST rahbari
29 mart 2022, 10:25

Ukrainadagi urush kambag‘al mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin — JST rahbari

JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi oziq-ovqat narxlari va ochlikka sezilarli darajada ta’sir qilishini ta’kidladi. U Afrikaning ko‘plab mamlakatlari Qora dengiz mintaqasidan keladigan oziq-ovqat ta’minotiga bog‘lanib qolganini qayd etdi. Rossiya va Ukraina butun dunyo bug‘doy ta’minotining 24 foizini, kungaboqar yog‘i va kunjara eksportining taxminan 80 foizini tashkil qilishadi.

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat oldi
29 mart 2022, 10:23

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat oldi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Parvozlar Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Markaziy osiyolik qizlar stratosferaga uchta nano sun’iy yo‘ldosh uchirishdi
29 mart 2022, 10:03

Markaziy osiyolik qizlar stratosferaga uchta nano sun’iy yo‘ldosh uchirishdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan 150 nafar qiz stratosferaga o‘zlari yasagan uchta nano sun’iy yo‘ldoshni uchirdi. UniSat ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan mazkur ultrazamonaviy sun’iy yo‘ldoshlar havo ifloslanishini tahlil qilishga mo‘ljallangan.

Poytaxtdagi 150 dan ortiq mozaikali uylar davlat himoyasiga olinishi mumkin
29 mart 2022, 09:34

Poytaxtdagi 150 dan ortiq mozaikali uylar davlat himoyasiga olinishi mumkin

Madaniy meros agentligi Toshkentdagi 150 dan ortiq fasad qismida tarixiy-badiiy ahamiyatga ega mozaikalar bo‘lgan uylarni davlat himoyasiga olish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Mozaikalar madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritilgach, ularga zarar yetkazganlar jazolanadi.

Fevral oyida O‘zbekistonda banklarning muammoli kreditlari 265 mlrd so‘mga kamaydi
28 mart 2022, 22:24

Fevral oyida O‘zbekistonda banklarning muammoli kreditlari 265 mlrd so‘mga kamaydi

1 mart holatiga ko‘ra, banklarning muammoli kreditlari (NPL) miqdori 265 mlrd so‘mga pasayib, 17 trln 212 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. NPL kamayishida «Ipoteka-bank», «O‘zsanoatqurilishbank» va «Xalq banki» ushbu kreditlarning bir qismidan halos bo‘lgani asosiy rol o‘ynadi.

28 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 mart 2022, 22:00

28 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga kelayotgan Turkiya prezidenti, «Ochiq budjet» portalida mablag‘ ajratishga ovoz berish jarayonini «tilanchilik» deb atagan «Adolat» partiyasi vakili, Surxondaryoda kartoshkaga o‘xshatib qadoqlangan 154 kg «gashish», Ukrainadagi urush barchani birlashtirganini aytgan Xarkovdagi «Navro‘z» restorani boshqaruvchisi, Qarshi shahar hokimi har ikki kunda o‘zi qabul qilgan bitta qarorni bekor qilishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 28 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
28 mart 2022, 19:22

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,57 so‘mga pasayib, 11 474,30 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

«O‘zbekiston uchun noyob iqtisodiy imkoniyatni boy bermasligimiz kerak» — Zafar Hoshimov
28 mart 2022, 18:07

«O‘zbekiston uchun noyob iqtisodiy imkoniyatni boy bermasligimiz kerak» — Zafar Hoshimov

Yirik kompaniyalar Rossiyani tark etishi fonida O‘zbekiston mintaqaviy sanoat va tijorat habiga aylanish uchun noyob imkoniyatga ega, deb hisoblaydi tadbirkor Zafar Hoshimov. «„Xavf va tahdid sotuvchilari“ bizni yana qo‘rqitishiga va o‘tmishga qaytarishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», — dedi u.

2021 yilda 19 nafar sudya ishdan olingan, 220 nafari esa intizomiy jazoga tortilgan
28 mart 2022, 16:53

2021 yilda 19 nafar sudya ishdan olingan, 220 nafari esa intizomiy jazoga tortilgan

Sudyalar oliy kengashi 2021 yilda 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgani, yana 220 nafar sudya kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun intizomiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi. 2022 yilning birinchi choragida esa, 22 nafar sudya ishdan olingan, 80 nafariga intizomiy chora qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda qaysi hokim o‘z qarorlarini tez-tez bekor qilib turadi?
28 mart 2022, 16:37

O‘zbekistonda qaysi hokim o‘z qarorlarini tez-tez bekor qilib turadi?

28 mart holatiga e-qaror.gov.uz elektron tizimida 221 ta viloyat, tuman, shahar hokimiyatlari qabul qilgan 76 mingga yaqin hokim qarorlari haqida ma’lumot mavjud. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hokimiyatlar bir yil ichida kuniga o‘rtacha 177 ta qaror qabul qilgan. Qarshi shahar hokimi esa o‘rtacha har ikki kunda o‘zi tomonidan qabul qilingan bitta qarorni bekor qiladi.

«Adolat» partiyasi vakili «Ochiq budjet» portalida mablag‘ ajratishga ovoz berish jarayonini «tilanchilik» deb atadi
28 mart 2022, 16:26

«Adolat» partiyasi vakili «Ochiq budjet» portalida mablag‘ ajratishga ovoz berish jarayonini «tilanchilik» deb atadi

«Adolat» partiyasi vakili Gulniso Saidova «Ochiq budjet» portalida fuqarolar muammolar yechimi bo‘yicha tashabbuslarni taklif etib, bunga ovoz to‘plash jarayonini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu o‘zlariga qadrdon bo‘lgan tashkilot, maktab, bog‘cha va hokazolarga davlatning mablag‘ ajratilishi uchun tilanchilikdir». So‘nggi uch oyning o‘zida platformada 69,7 ming tashabbusga 5,9 mlnta ovoz berilgan.

Shveysariya kompaniyasi suvni virus va bakteriyalardan 99,99 foizgacha tozalaydigan texnologiyalarni taklif qildi
28 mart 2022, 16:22

Shveysariya kompaniyasi suvni virus va bakteriyalardan 99,99 foizgacha tozalaydigan texnologiyalarni taklif qildi

Shveysariya kompaniyasi Davlat ekologiya qo‘mitasiga elektroliz orqali suvni 99,99% gacha viruslar, shu jumladan COVID-19, bakteriyalar va boshqalardan tozalaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif berdi. Ekoqo‘mita hamkorlik imkoniyatlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Surxondaryodagi chegara bojxona postida kartoshka orasidan 154 kg «gashish» topildi
28 mart 2022, 15:56

Surxondaryodagi chegara bojxona postida kartoshka orasidan 154 kg «gashish» topildi

Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasiga ortilgan 22 tonna kartoshka orasiga 154 kg «gashish» yashirib qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasi kartoshkalar ko‘rinishida qadoqlangan.

Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib ketayotgan Lacetti tezkor tadbir davomida to‘xtatildi (video)
28 mart 2022, 14:41

Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib ketayotgan Lacetti tezkor tadbir davomida to‘xtatildi (video)

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimlarining ko‘rsatmasiga bo‘ysunmasdan, qochishga urindi. Avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Haydovchini ushlash aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Jahon banki O‘zbekistonga soliq islohoti uchun 60 mln dollar ajratdi
28 mart 2022, 14:18

Jahon banki O‘zbekistonga soliq islohoti uchun 60 mln dollar ajratdi

Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonga 60 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Ushbu mablag‘lar hisobiga mamlakatda soliqlarni hisoblash va to‘lashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizga, QQS undirishni 75 foizga yetkazish, soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish vaqtini ikki barobarga qisqartirish maqsad qilingan.

Turkiya prezidenti 29−30 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
28 mart 2022, 12:04

Turkiya prezidenti 29−30 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29−30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

«Inson huquqlari uyi» tashkil etildi
28 mart 2022, 11:54

«Inson huquqlari uyi» tashkil etildi

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — «Inson huquqlari uyi» tashkil etildi.

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
28 mart 2022, 11:50

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Mart oyi oxirigacha respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat seshanba kuni ba’zi hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat janubda +25 darajagacha ko‘tariladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi
28 mart 2022, 11:35

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.

Namangandan Olmaotaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
28 mart 2022, 11:25

Namangandan Olmaotaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Namangan — Olmaota — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting