O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga e’tibor qaratdi
15 sentabr 2022, 18:26

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga e’tibor qaratdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratdilar.

O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlari soni 46 taga yetdi
15 sentabr 2022, 18:20

O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlari soni 46 taga yetdi

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, «BEELAB» MCHJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi
15 sentabr 2022, 18:09

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev SHHTda mehmon sifatida ishtirok etish uchun kelgan Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda, jumladan, Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.

Toshkentda 100 mlrd so‘mdan ortiq tenderlar noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi
15 sentabr 2022, 17:13

Toshkentda 100 mlrd so‘mdan ortiq tenderlar noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi

Toshkent shahrida 107,12 mlrd so‘mlik tender savdolari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar orasida Olmazor tuman hokimligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», «Uzbekistan Airways Technics», Ko‘zi ojizlar maktab-internati va boshqalar bor.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Yavan GES qurilishi boshlanganining ahamiyatini qayd etdi
15 sentabr 2022, 17:01

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Yavan GES qurilishi boshlanganining ahamiyatini qayd etdi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari mamlakat va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
15 sentabr 2022, 16:57

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri sifatida Izboskan tumani qayd etildi.

O‘zbekiston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirishga kelishib oldi
15 sentabr 2022, 16:32

O‘zbekiston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirishga kelishib oldi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Dastlab u Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, so‘ngra Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Unda Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish va savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish muhimligi qayd etildi.

Banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochishni qiyinlashtira boshladi
15 sentabr 2022, 15:21

Banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochishni qiyinlashtira boshladi

O‘zbekistondagi ayrim banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochish bo‘yicha yangi talablarni joriy qildi. Endi hisobraqam ochish uchun ulardan 15 kun ichida doimiy ravishda mamlakat hududida bo‘lishi, talaba maqomini tasdiqlovchi yoki rasmiy ishga joylashganlik to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishi talab etiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazdi
15 sentabr 2022, 15:20

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazdi

Samarqanddagi SHHT sammitida qatnashish uchun Belarus prezidenti ham yetib keldi. Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko muzokaralar vaqtida sheriklikni izchil kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashdi. O‘zbekiston tomoni ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif qildi.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash qoidalari tasdiqlandi
15 sentabr 2022, 15:02

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatlar «Yagona darcha» portali orqali yuboriladi. Tegishli organ 2 kunda joyiga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qiladi va hujjatlarni tekshiruvda ishtirok etmagan xolis xodimga topshiradi.

HONOR X8 smartfonini shaxsiy yordamchi sifatida tanlash uchun 8 ta sabab
15 sentabr 2022, 15:00

HONOR X8 smartfonini shaxsiy yordamchi sifatida tanlash uchun 8 ta sabab

HONOR X8 yupqa korpusi, ingichka hoshiyali katta ekrani, beshta kamerasi, kuchli protsessori va boshqa ko‘p jihatlari bilan xursand qiladi.

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi
15 sentabr 2022, 14:16

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali tashkil etildi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi
15 sentabr 2022, 13:42

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.

Tadbirkorlarga kafillik berish imkoniyatlari ikki baravarga oshiriladi
15 sentabr 2022, 12:57

Tadbirkorlarga kafillik berish imkoniyatlari ikki baravarga oshiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga kredit olish uchun davlat tomonidan kafillik berish imkoniyati oshiriladi. Shuningdek, kredit to‘lovi uchun garov ta’minoti shartlari xam o‘zgaradi. Bu bo‘yicha regulyator va tegishli vazirliklar oktabrgacha reja xujjatlarini taqdim etishi kerak.

Eron ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
15 sentabr 2022, 12:49

Eron ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Samarqandda ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum qabul qilindi. Hujjatga mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va tashkilot bosh kotibi Chjan Ming imzo chekdi.

Tijorat banklari 15 sentabr uchun belgilangan dollar kursini e’lon qildi
15 sentabr 2022, 12:10

Tijorat banklari 15 sentabr uchun belgilangan dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank 15 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 14,91 so‘mga pastlab 10 925,14 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng tijorat banklari dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

«Rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv». Alisher Qodirov tilla nishon bo‘yicha izoh berdi
15 sentabr 2022, 11:41

«Rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv». Alisher Qodirov tilla nishon bo‘yicha izoh berdi

Tarmoqlarda «Milliy tiklanish» partiyasi 585 probali sof oltindan yasalgan ko‘krak nishoni yasatgani haqida xabarlar tarqaldi. Partiya raisi Alisher Qodirovning izoh berishicha, tilla nishon mahalliy deputatlarni rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv. Nishon 2 mln so‘mga homiylik mablag‘i hisobidan yasatilgan.

Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi
15 sentabr 2022, 11:19

Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

7 dona itolg‘i qushlari yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi
15 sentabr 2022, 11:07

7 dona itolg‘i qushlari yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari avvalroq noqonuniy sotilishidan saqlab qolingan 7 dona itolg‘i (Falco cherrug) qushlarini yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.

«Maqsadga erishganimiz yo‘q, lekin oxiri yaqin» — JSST pandemiyaning tugashi haqida
15 sentabr 2022, 11:01

«Maqsadga erishganimiz yo‘q, lekin oxiri yaqin» — JSST pandemiyaning tugashi haqida

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreisus o‘tgan haftada COVID-19 tufayli haftalik o‘limlar soni 2020 yil martidan beri eng past ko‘rsatkichga yetganini qayd etdi. U pandemiyaning tugashi yaqin ekanligiga ishontirgan holda, tibbiyot xodimlari va qariyalarni 100% emlashga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting