Poytaxtning Chilonzor tumanida er o‘zining turmush o‘rtog‘i, 7 yoshli farzandi, qaynonasi va qaynopasini pichoqlaganlikda gumonlanmoqda. Hozirda bemorlarning holati barqaror.
O‘tgan haftada O‘zbekistonda o‘rtacha kunlik elektr energiyasi iste’moli eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichga yetdi. 22 iyulda bu raqam 237 mln kVt/soatni tashkil etdi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. Bu haqda u Afg‘oniston TIV rahbari v.b. Amirxon Muttaqiy ishtirok etayotgan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidladi.
Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidladi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev ham xalqaro hamjamiyatga aktivlarni qaytarishni taklif qilgandi.
Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov xalqaro konferensiyada Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «inklyuziv hukumat tuzilishi, xotin-qizlar huquqlari ta’minlanishi, afg‘onlar maktab ta’limiga qabul qilinishi — afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir».
sentabrda ochiladigan G‘afur G‘ulom bog‘i, Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuniga 2 ta ot sovg‘a qilgan Checheniston prezidenti, arzon mobil internetli O‘zbekiston, 100 dan ortiq hayvonlarning jasadini ko‘mib yuborgan nukuslik obodonlashtirish xodimlari, kelajak kasblari va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Ukrainadagi urush oqibatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda korxonalar xarajatlarning oshishi va kreditlash imkoniyatlarining qisqarishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Jahon bankiga ko‘ra, bu biznesning yopilishi, ish joylarining yo‘qotilishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
10 kun davomida gastronomik festival mehmonlarini mazali taomlar, mashhur yulduzlar chiqishi va ko‘ngilochar shou-dastur kutmoqda.
Nukus yaqinida 100 dan ortiq it va mushuklar jasadini shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari noqonuniy ravishda ko‘mib ketgani aniqlandi. Mansabdorlardan tushuntirish xatlari olinib, hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga yuborildi.
Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Jahondagi iqtisodiy va geosiyosiy vaziyat oqibatida qashshoqlik darajasi o‘sib borayotgani uchun imtiyozli kreditlarni bekor qilishni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi, dedi MB raisi Mamarizo Nurmuratov. Shunga qaramasdan regulyator hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 47,08 so‘mga qimmatlab, 10 967,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.
Prezident qarori bilan, JIDU «Smart universitet»ga aylantiriladi. Oliygoh 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekistonning to‘rtta universiteti bilan talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Qolaversa, universitetning iqtidorli talabalariga xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyati beriladi.
Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiya asosida ishlamoqda, biroq jarayon ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti, deya ta’kidladi MB rahbari Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim Uzcard shartlari Humo`ga tushmaydi.
Suzish federatsiyasi mansabdorlari terma jamoa tarkibida bo‘lmagan fuqaroni xalqaro yig‘inga yuborib, 71 mln so‘mni asossiz ishlatgani, 287 nafar sportchi mehmonxona xizmatidan foydalangani haqida soxta hujjat tayyorlab, 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda vabo kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov buni rad etib, hozirgacha mamlakatda umuman vabo aniqlanmaganini ma’lum qildi. SES ochiq suv hafzalari va ichimlik suvini vaboga qarshi muntazam tekshirib turgani qo‘shimcha qilindi.
Vazirlar Mahkamasi bitta qarori bilan o‘zining 422 ta qarorini bekor qildi. Bunda «tartibga soluvchi gilotina» usulidan foydalanildi.
24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan qo‘shni davlatlar rahbarlari, shuningdek, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya va Turkiya rahbarlari tabrikladi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga ikkita ot sovg‘a qildi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, yuqori harorat va elektr uzatish liniyalarining haddan tashqari qizib ketishi sharoitida dispetcherlar ayrim hududlar va sanoat obyektlarini elektr ta’minotidan vaqtincha uzishga majbur bo‘lmoqda. Agar shunday qilinmasa, katta hajmda baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin.
O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting