Prezident qarori bilan mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Markaziy bank 2023 yildan 5 foizlik doimiy inflyatsiya maqsadiga erishishni 2024 yil oxiriga ko‘chirishga qaror qildi. MB rahbari Mamarizo Nurmuratov mazkur qarorni kelgusi yilda kutilayotgan yuqori inflyatsion risklar va noaniqliklar bilan izohladi.
«Qodiriya» bosh suv inshootida yuzaga kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sababli poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
«O‘zbektelekom» tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Avval aeroportda Sola provayderining simsiz tarmog‘i mavjud bo‘lgan, biroq, havo bandargohi ma’muriyatining qayd etishicha, u barqaror ishlamagan.
Draupadi Murmu 64,03% ovoz bilan Hindiston prezidenti etib saylandi. U Pratibxa Patildan keyin mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol prezident bo‘ldi.
«Istiqlol Avlodi» NNT va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida 2021 yilning oktabr oyidan beri odam savdosi qurbonlarining 35 nafari Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,13 so‘mga qimmatlab, 10 919,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa pasaydi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-toroj qilinishiga barham berish uchun imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish va banklarni xususiylashtirish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shundagina kredit ajratish tizimi tartibga tushadi, xususiy bank egalari esa vaziyatni o‘z nazoratiga oladi.
Avgustda Toshkentda zamonaviy «shovqinsiz» tramvayni ishga tushirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, bunda ikkita — TTZ hamda «Ippodrom» dan Shimoliy vokzalgacha bo‘lgan yo‘nalish doirasida takliflar tayyorlangan.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «O‘zMET» AJ elektr energiyasi sohasida regulyatorga aylanishi, bozorda oldi-sotdi bilan shug‘ullanish uchun esa yangi PowerTrade (nomi rasman tasdiqlanmagan) kompaniyasi tuzilishini ma’lum qildi. Shu orqali davlat elektrni kafolatli sotib olishiga chek qo‘yiladi.
Shanba-yakshanba kunlari jazirama issiq saqlanib qoladi. Erondan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi hisobiga harorat iqlimiy me’yorlardan 5−7 darajaga yuqori bo‘ladi. Havo kunduzi +40…+45 darajagacha, janub va cho‘l zonalarida +47 darajagacha isishi kutilmoqda.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kuniga 4 soatgacha bo‘ladi. Haydovchilarning malaka oshirish sertifikatlari faqat elektron shaklda beriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, endi yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun nazariy va amaliy imtihondan o‘tish talab etilmaydi.
Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat bekor qilinishi sababli «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumiga 22 iyuldan start berildi. Respublikada ham har bir bosqichga 20 kundan — jami 60 kun muddat taqdim etiladi.
Andijonda ikki fuqaroni Andijon davlat universitetiga tanishlari orqali kiritib qo‘yish evaziga 11 ming dollarni olganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga tushdi. Bag‘dodda esa fuqaroni 500 dollar evaziga Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxs ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand turizm markazida 5G mobil aloqa tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda, deya ma’lum qildi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming so‘mlik banknota inflyatsiyani to‘xtatish yoki bankomatlar uchun emas, balki odamlarga qulaylik yaratish maqsadida oldinroq chiqarilganini ma’lum qildi. «Pul massasining ko‘payishi — iqtisodiyotda bo‘layotgan ijobiy o‘sish va o‘zgarishlarning mahsuli», — dedi u.
“Somang Development Korea” kompaniyasi Toshkent markazida turar-joy majmualarini qurmoqda. Ayni paytda uchta ko‘pkvartirali uylar qurib bitkazilgan.
Benzin va dizel eksportini cheklagan O‘zbekiston, 15 foizga tushgan asosiy stavka, Qamchiq dovonidagi yong‘in, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi, «prava»ni elektron almashtirish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
MB 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi — YAIM o‘sishi yiliga 5−5,5% darajasida kutilmoqda, aprel oyida prognoz 3,5−4,5%ni tashkil etdi. Inflyatsiya 12−14% koridorining quyi chegarasi yaqinida prognoz qilinmoqda. Regulyator asosiy stavkani pasaytirish qarorini tushuntirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting