O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nigora Suvonova (-81 kg) Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yana 19 ta medalni Madina Fayzullayeva, Sharofiddin Amriddinov, Qudratbek Salimjonov, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqovalar olib kelishdi.
Hafta boshida O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida jazirama pasaya boshlaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 25−26 iyul kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo butun mamlakatga tarqaladi, havo harorati +33…+36 darajagacha tushadi.
20-avgust — Tadbirkorlar kunida prezident ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazadi. Taklif va savollar iyul oxiriga qadar qabul qilinadi.
Shu hafta Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlarini qabul qiladi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga esa murojaat yo‘llaydi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi. Sherzod Asadov shuningdek, davlat rahbarining tug‘ilgan kuni qanday o‘tgani haqida ham ma’lumot berdi.
Samarqand viloyatidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Hyundai Elantra haydovchisi yonida umumiy og‘irligi 1,1 kg bo‘lgan 10 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi. Bahosi 703,9 mln so‘mlik oltin Toshkentga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i 1 sentabr kuni ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Senat. Bog‘ni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management vakili bu oxirgi muddat ekanligi va obyektning ochilishi avgust oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini qayd etdi.
UzAuto Motors kompaniyasiga berilgan kredit Rossiyaning Transkapitalbank (TKB) va Credit Suisse o‘rtasidagi sud jarayoniga sabab bo‘ldi. Sud Shveysariya bankining Rossiyadagi aktivlarini, jumladan 10 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ini muzlatib qo‘ydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari maymunchechakni global favqulodda holat deb e’lon qildi. Dunyoda allaqachon 16 mingdan ortiq kasallikka chalinish holatlari aniqlangan va Yevropaga chechak tarqalishi katta tahdid solmoqda.
O‘zbekistonning Bakan Tex va FT Textile Group kalava-ip ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari Business Social Compliance Intiative sertifikatiga ega bo‘ldi.
Shveysariya apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaga qo‘yilgan pora olish bo‘yicha ayblov yuzasidan uning advokatlari kiritgan shikoyatni qisman qanoatlantirdi. Mazkur sud qarori unga muzlatib qo‘yilgan 303 mln dollar mablag‘ni qaytarib olishga yordam berishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg Law.
Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasida ikki mahkum yashash binosidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi. Mahkumlarda og‘ir tan jarohatlari aniqlangan. Jinoyat alomatlari bo‘lmagani uchun prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atmadi. Holatga «Ezgulik» jamiyati rahbari hamda Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Ichimlik suvi ta’minoti to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, aholining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Shu bois, ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanayotganda hamda avariyaviy holatlarda aholiga suv transportda yetkazib beriladi.
ASUS iste’molchi, o‘yin va biznes segmentlarida 2022 yilning yangi mahsulotlarini taqdim etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlandi. Tegishli farmon shanba kuni RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining O‘zbekiston bosh prokurori qatnashgan sessiyasida Erkaboy Tajiyev respublika prokurori lavozimiga tayinlandi. U 2016−2017 yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat olib borgan.
Yozbop okroshka, kuk-si, go‘ja, samarqandcha chalop, gaspacho, qizil lavlagili yaxna sho‘rva, Bolgariyaning mashhur tarator sho‘rvasi — Zira.uz turli xil mazali yaxna sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
9 mingga yaqin savdo shoxobchasida tovarlarni sotish sharoitlari tekshirilganida, 1033 ta chakana savdo qoidalarini buzish holati aniqlandi. Jumladan, tovarlar quyosh nuri ostida yoki muzlatgichli vitrinalar va muzlatgichlardan tashqarida saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mart oyidan Markaziy bank naqd xorijiy valyutani olib kirish va tijorat banklariga taqdim etishni boshladi. Ilgari chet el valyutasi asosan Rossiya banklaridan olib kelingan, biroq hozirda bu imkoniyat cheklangan va Yevropa banklari «naqd pul»ni «biroz xavotir va ehtiyotkorlik bilan» bermoqda, dedi MB rahbari.
O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab «Ye-patrul» tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar organlariga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. PPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi barcha muloqotlar bodi-kameralar orqali yozib olinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting