Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga Chiroqchi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xurram Jo‘rayev tayinlandi. Chiroqchi tumaniga esa Nodir Erkayev hokimlik qiladi.
Samarqandda fuqaroni Qozog‘istondagi universitetlardan birida 3 yil o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar bilan SamDUga kiritib qo‘yishga va’da qilgan shaxs ushlandi. U 2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yashnobod tumanida ikki fuqaro tadbirkorga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bankdan 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishga va’da qilib, buning evaziga 100 ming dollar ustama puli so‘raganlikda gumon qilinmoqda. Ular 55 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Sudning siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovni 15 sutkaga hibsga olish to‘g‘risidagi qarori apellyatsiyadan so‘ng jarimaga o‘zgartirildi. U reyd davomida IIO xodimlari ishiga aralashib, xatoga yo‘l qo‘yganini aytib, ishni siyosiylashtirmaslikni so‘radi.
Mashhur Savii.uz dorixonalar tarmog‘i o‘z filiallarida sotilayotgan mahsulotlarni butun O‘zbekiston bo‘ylab xarid qilish qulay bo‘lishi uchun yangi saytni ishga tushirdi hamda aksiyalar e’lon qildi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Termiz atrofida O‘zbekiston Qurolli kuchlari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rasman rad etdi.
Taniqli siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi. IIV u xizmat vazifasini bajarayotgan IIO xodimlarining «faoliyatiga asossiz aralashgan"ligini ta’kidlamoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan bo‘shatildi. Faoliyati davomida u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident Administratsiyasi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
205 mln dollarga kamaygan O‘zbekiston zaxiralari, xushmuomala YPX xodimlarini Lacetti, Nexia, Spark bilan mukofotlashni taklif qilgan poytaxt hokimi, O‘zbekistonga kirayotgan diniy materiallarning ham gologramma bilan tamg‘alanishi, avtomaktablarda qimmatlashgan o‘qish narxlari, haftaning birinchi yarmida kutilayotgan yomg‘ir va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonda avtomaktab xizmatlari narxi keskin oshdi. Samarqand viloyatida haydovchilar tayyorlash maktablari 2,5 mln so‘mlik, Jizzaxda 1,6 mln so‘mlik yagona narx belgilashga kelishib olgan. Ularning narxlarning past bo‘lganligi o‘qitish sifatiga ta’sir qilganligini ta’kidlamoqda. Endilikda avtomaktablar egalarining o‘zlari yagona narxlarga rioya etilishini tekshiradi.
Toshkent shahar hokimli 18 aprel kuni poytaxtda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shu sababli, hokimlik poytaxt aholisidan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘radi.
Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi.
Poytaxt hokimi YPX xodimlaridan bir hafta davomida tajriba tariqasida haydovchilarga xushmuomala bo‘lishni, fuqarolardan esa xodimlarni suratga olib, haqorat qilmaslikni «o‘tinib so‘radi». «YPX xodimining haqoratlanishi yoki kamsitilishi uning butun oilasiga qattiq ta’sir qiladi. Bunday beodoblik Toshkentda umuman bo‘lmasligi kerak», — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Toshkentda kompyuter klubidagi janjal oqibatida 16 yoshli o‘quvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Qozog‘istonda prezidentning yaqin qarindoshlarini siyosiy lavozimlarga tayinlashni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari prezidentlik davrida siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev YPX xodimlari uchun «Eng yaxshi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi» tanlovini o‘tkazishni taklif qildi. Bunda xodimlar faoliyati haydovchilarning ovoz berishi yo‘li bilan baholanadi. Eng yaxshi 3 nafar xodim Lacetti, Nexia va Spark mashinasi bilan taqdirlanadi.
Rossiyada Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Sayan yurishi» musobaqasida O‘zbekiston harbiylari rus va xitoy vakillaridan keyingi uchinchi o‘rinni egalladi.
Endilikda O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan diniy mazmundagi materiallar ijobiy xulosa olingandan keyin gologramma bilan tamg‘alanadi. Shuningdek, sayt va fuqarolar tomonidan xorijda tayyorlangan diniy materiallarni ijobiy xulosa olmasdan tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,40 so‘mga pasayib, 11 278,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Janubiy Afrika Respublikasida uzoq davom etgan yog‘ingarchiliklar kuchli suv toshqiniga sabab bo‘ldi. 443 kishi halok bo‘ldi, 40 ming kishi boshpanasidan ayrildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting