Eron va Latviyadan qaytib, «Kosonsoy» sanatoriyasida 14 kunlik karantin kuzatuviga olingan yo‘lovchilarga ruxsat berildi. Ular maxsus poyezdda o‘z manzillariga yetkazib qo‘yiladi.
GM, Ford, Tesla va bir qator yirik AQSH kompaniyalari COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun sun’iy nafas uskunalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Xitoydan 200 mingta test-sistemasi va 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olinib, harbiy samolyotda O‘zbekistonga olib kelindi. 31 mart va 3 aprel kunlari qo‘shimcha himoya vositalari olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Tibbiyot xodimlari uchun qizil zonaga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilish ham kutilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi viloyatlarda davolanayotgan COVID-19 bemorlarining qaysi hududlardan ekanini ma’lum qildi.
Andijonda karantin vaqtida transport boshqarish huquqini beruvchi ruxsatnomani qalbakilashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
SSV koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkentda davolanayotgan bemorlarning qaysi hududlardan ekanini ma’lum qildi.
Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi va xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i, Tarona Records asoschisi Ravshanbek Yo‘ldoshev 59 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Farg‘onada 24 yoshli haydovchi Cobalt avtomobilida tezlikni oshirib, piyodaning umriga zomin bo‘ldi.
2021 yilga qoldirilgan Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarga yo‘llanma olgan barcha sportchilar ularni saqlab qolishadi.
Gonkong universiteti olimlari COVID-19 koronavirusi qaysi darajada faol bo‘lishi va necha darajada o‘z kuchini yo‘qotishini aniqladi. Bundan tashqari, virusning plastik va po‘lat yuzalarda qancha muddat saqlanishi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonda tibbiy kuzatuvdagi fuqarolar soni 90 ming kishiga yetdi. «Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yurtimiz hududida aylanib yuribdi. Har birimiz ehtiyotimizni qilishimiz, ortiqcha muloqotga kirishishdan tiyilishimiz kerak», — dedi Nurmat Otabekov.
Koronavirus bemorlarining asosiy qismi davolanayotgan Virusologiya instituti bosh shifokori o‘rinbosari Maxmarajab Rahmonov «Gazeta.uz»ga O‘zbekistonda COVID-19 paydo bo‘lishiga ko‘rilgan tayyorgarlik, shifokor burchi va tibbiyot xodimlarining jasorati haqida so‘zlab berdi.
Baxrom Ashrafxanov Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimidan ozod etildi. U O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lishi kutilmoqda.
1 kun ichida avtomobillar harakatlanishi uchun 5500 ta ruxsatnoma (stikerlar) berildi. Murojaatlar ko‘pligi bois, endilikda ruxsatnoma uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirish mumkin bo‘ladi. Barcha tibbiyot xodimlari shaxsiy yoki xizmat moshinalarida harakatlanishlariga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 kishiga ortib, jami 150 nafarga yetdi.
Toshkentda avtomobillar harakatiga cheklov e’lon qilinganidan keyin yakshanba kuni bozor va supermarketlarda navbatlar paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt bozorlariga tashrif buyurdi.
Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan yana bir prezident farmoni imzolanadi. Unda ijtimoiy himoyani kuchaytirish, narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda.
Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m miqdorida bir marotabali pul mukofoti belgilandi.
Markaziy bank koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklariga kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish ko‘rsatmasini berdi.
Bir qarashda xavfli va halokatli tuyuladigan hayotiy tajribaning bebaho sovg‘aga aylanishi haqidagi ta’sirli hikoya hamda «nikohlamoq», «yarashuv» va «daraxt» so‘zlarining g‘aroyib tarixiy ildizlari — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting