Tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas — Toshkent shahar hokimi
7 fevral 2022, 20:58

Tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas — Toshkent shahar hokimi

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarni poytaxtdan faqat qonuniy yo‘l bilan, onlayn-auksion orqali yer sotib olishga chaqirib, yer olishga yordam beramiz deganlarga ishonmaslikni so‘radi. «O‘z mablag‘ingizni ehtiyot qiling, yerning qonuniy egasi bo‘ling», — dedi hokim. U aholi yashash massivlarida ruxsatsiz inshootlar qurish «aholi tinchligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», deya qo‘shimcha qildi.

Yil davomida so‘mning real almashuv kursi 2,9 foizga o‘sdi
7 fevral 2022, 20:23

Yil davomida so‘mning real almashuv kursi 2,9 foizga o‘sdi

So‘mning real samarali almashuv kursi O‘zbekistonning asosiy savdo-hamkor davlatlari valyutalarining zaiflashishi va va yana bir necha faktorlar tufayli 2,9 foizga mustahkamlandi. Hamkorlar orasida turk lirasi 81 foizga qadrsizlandi, Xitoy yuani yagona mustahkamlangan valyuta bo‘ldi. Rossiya va Qozog‘iston valyutalari ham qadrsizlandi.

«Hokimlar hududlarning begi emas, xalqning yollanma ishchisi» — Ruslanbek Davletov
7 fevral 2022, 19:41

«Hokimlar hududlarning begi emas, xalqning yollanma ishchisi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri dushanba kungi matbuot anjumanida rahbarlar o‘zini hududi yoki sohasini begi emasligi, balki ular xalqning yollanma ishchisi ekanligini ta’kidladi. «U yollanma ishchi, biz ham yollanma ishchimiz», — dedi Ruslanbek Davletov. Qolaversa, davlat organlari va tashkilotlarida ish vaqti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani davlat xizmatining jozibadorligiga ta’sir qilayotganini tanqid qildi. «Shuning uchun ham aqlli odamlar kelmayapti davlat xizmatiga», — dedi u.

«Qaysi hududda tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘z funksiyasini tugatadi». Adliya vaziri Yagona imtihon markazi haqida
7 fevral 2022, 19:05

«Qaysi hududda tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘z funksiyasini tugatadi». Adliya vaziri Yagona imtihon markazi haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkentdagi haydovchilik guvohnomasini beruvchi Yagona imtihon markazi «Avtotest» singari monopoliya emasligini, qolaversa, litsenziyani qurilish bitganidan keyin olish ham mumkinligini aytdi. «Agarda qaysi hududda shu talablarga mos ravishda xususiy sektordan tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘zining shu funksiyasini tugatadi», — dedi u.

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga «raqamli diplomatlar»ni yuboradi
7 fevral 2022, 18:24

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga «raqamli diplomatlar»ni yuboradi

2022 yildan boshlab Rossiyaning IT-mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi «raqamli diplomatlar» mamlakatning O‘zbekiston, Qozog‘iston va yana 14 davlatdagi savdo vakolatxonalarida o‘z faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, ushbu diplomatlar Rossiyaning IT-kompaniyalariga konsalting va huquqiy yordam xizmatlarini ko‘rsatadilar.

2022-yil oxirida inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishi mumkin — Markaziy bank
7 fevral 2022, 18:14

2022-yil oxirida inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishi mumkin — Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya oraliq maqsadli ko‘rsatkich darajasida — 10% bo‘ldi. Biroq, 2022-yil yakuniga qadar iqtisodiyotda saqlanib qolayotgan “nisbatan qat’iy” pul-kredit siyosati inflyatsiyaning pasayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan 2021-yilda iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020-yilga nisbatan 31 foizga o‘sgani aytildi.

Dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi
7 fevral 2022, 17:13

Dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 2,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 855,11 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi. Ushbu almashinuv kurslari 8 fevraldan kuchga kiradi.

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 fevral 2022, 16:36

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Behzodjon Yusupov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. Qashqadaryo hokimi tumanning oldingi rahbari Maqsuda Mustafoyeva hokimligi paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtaldi. «2021 yilning o‘zida yer ajratish bo‘yicha qonunga zid qarorlar tufayli davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan», — dedi Murotjon Azimov.

«Men endi borib do‘pposlamayman-ku». Ruslanbek Davletov — Toshkent viloyati hokimligi haqida
7 fevral 2022, 16:35

«Men endi borib do‘pposlamayman-ku». Ruslanbek Davletov — Toshkent viloyati hokimligi haqida

Adliya vaziri prezident farmoni bilan hokimlarning yer ajratishiga taqiq qo‘yilgan davrda Toshkent viloyatida 781 gektar yer tadbirkorga vaqtincha biriktirib berilganini ma’lum qilgandi. Viloyat hokimligi esa bunga munosabat bildirib, yer ajratish qonuniy bo‘lganini aytdi. Jurnalistning hokimlik vazirni noto‘g‘ri gapirganlikda ayblagani haqidagi savoliga javob berar ekan, Ruslanbek Davletov shunday dedi: «Men endi borib do‘pposlamayman-ku. Gapiraversin, shuning uchun ham sudda gaplashamiz».

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari muddati 1-martga qadar uzaytirildi
7 fevral 2022, 15:41

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari muddati 1-martga qadar uzaytirildi

OTM talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining 1-semestr o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Hafta boshidagi yog‘ingarchilik payshanbadan iliq ob-havoga o‘zgaradi
7 fevral 2022, 14:45

Hafta boshidagi yog‘ingarchilik payshanbadan iliq ob-havoga o‘zgaradi

Hafta boshida O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi evaziga ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Payshanbadan esa Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi va kunlar isiy boshlaydi. Hafta davomida kechasi va ertalab tuman tushadi.

«O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, qonun bor» — Adliya vaziri
7 fevral 2022, 14:22

«O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, qonun bor» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov diniy tashkilotlarning ayrim vakillari kimlargadir hukm o‘qishi huquqiy nuqtai nazardan noto‘g‘riligini qayd etib, bu jamiyatda bo‘linishga olib kelayotganligini, diniy tashkilotlar bunday ixtilof qilishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi. U Adliya vazirligi ushbu sohadagi faoliyatni nazorat qilishini eslatdi. «O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki qonun bor», — dedi Davletov.

Axborotni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala. Bu samara bermaydi — adliya vaziri TikTok haqida
7 fevral 2022, 13:16

Axborotni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala. Bu samara bermaydi — adliya vaziri TikTok haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TikTok`ni bloklash haqidagi takliflarga munosabat bildirib, axborotning erkin tarqalishi tarafdori ekanini, TikTok`ni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala ekanini aytdi. «TikTok`dan boshqa joyda yomon kontent yo‘qmi, internetga kirsangiz, boshqa bo‘lmag‘ur saytlar yo‘qmi?», — degan vazir.

Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger ozod etildi
7 fevral 2022, 12:36

Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger ozod etildi

O‘zbekistondan Novosibirskka uchib ketayotganida bagajida dron aniqlangani uchun qo‘lga olingan rossiyalik trevel-bloger Maksim Limar uy qamog‘idan ozod etildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, u ayni vaqtda vatanga qaytib ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi, Oqqo‘rg‘on hokimi o‘zgardi
7 fevral 2022, 12:19

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi, Oqqo‘rg‘on hokimi o‘zgardi

Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Shuningdek, Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi
7 fevral 2022, 12:11

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi

Toshkentda 59-raqamli avtobus yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan. YTH oqibatida 2 kishi yengil jarohat olgan.

Kunlik koronavirus holatlari soni 900 nafardan kamaydi
7 fevral 2022, 11:10

Kunlik koronavirus holatlari soni 900 nafardan kamaydi

Dam olish kunlarida O‘zbekistonda bir sutka davomida 900 nafardan kam kishida koronavirus aniqlandi. Pnevmoniya bilan kasallanganlar soni ham avvalgi kunlarga nisbatan birmuncha kamaygan.

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari $50 ming pora olayotganida ushlandi
7 fevral 2022, 11:03

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari $50 ming pora olayotganida ushlandi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqaroga 1000 gektar yerni ajratishga va’da berib, buning evaziga 80 ming dollar so‘raganligi aytildi. Hokim o‘rinbosari kelishilgan mablag‘dan 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoroda futbol o‘ynagan aholi o‘rtasida janjal yuzaga keldi
7 fevral 2022, 10:32

Buxoroda futbol o‘ynagan aholi o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Buxoroning «Moxon» qishlog‘idagi stadionda futbol o‘ynagan «Tobagar» va «Chandir» qishloqlari fuqarolari o‘zaro mushtlashib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgani aytilmagan. Hozirda tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori YTHda vafot etdi
7 fevral 2022, 10:09

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori YTHda vafot etdi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori o‘ziga tegishli avtomobilda avariyaga uchradi. U ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting