Amaldagi tartibga ko‘ra, pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan oyning 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi. Pensiya jamg‘armasi Yangi yil arafasida o‘zbekistonliklar 5 kun dam olishini hisobga olgan holda, 5−6 yanvardan pensiya va nafaqa to‘lab berilishini ma’lum qildi.
Namangan va Andijon aeroportlari quyuq tuman tushishi tufayli reyslarni qabul qilmayapti, ko‘rish masofasi 50 metrga yaqinni tashkil etmoqda. Reyslar esa eng yaqin zaxira aerodromlarga yo‘naltirilmoqda.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston eksport qilgan yengil avtomobillarning 94,47 foizi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina (744 ta), Rossiya (448 ta), Ozarbayjon (253 ta), Tojikiston (72 ta) va Qirg‘izistonga (30) mashinalar yetkazib berilgan.
DXX tomonidan Ahmad Donish ko‘chasidagi cho‘kish tufayli davlatga 4,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi va poytaxt hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdorariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yakkasaroy tumanida joylashgan qurilish obyektida ikki donadan 115 mmlik o‘quv snaryadi va 82 mmlik o‘quv minomyoti topildi. IIBB o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Yetim bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimi joriy etilganidan so‘ng to‘rt oy ichida 7 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchasi yopildi. Bolalar asrab olingan, qarindoshlari qaramog‘iga olingan yoki oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari mamlakatda AES qurish loyihasini qizg‘in muhokama qilishda davom etmoqda. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi uni amalga oshirishda qanday qiyinchiliklar borligiga aniqlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, RFning boshqa mamlakatda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham AES qurishiga qarshi ta’sirlar bo‘lmoqda.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Toshkent aeroporti yaqinida xususiy takchisilar faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchilarni shahar markazigacha tashishni tashkil etishga xalal berayotgan muammolarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchilar o‘rtasida tender o‘tkazilmayotgan, aeroport oldi hududlarining hokimiyat balansida ekani hamda kunu tun ishlaydigan jamoat transportining mavjud emasligi bilan bog‘liq.
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov yakunda rossiyalik raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi. Endi u 60 000 dollarga ega bo‘ladi.
COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatilgani, 2021 yilda 10 ta tabiiy ofatning dunyo iqtisodiyotiga 170 mlrd dollardan ortiq zarar yetkazgani, «Tolibon»ning Kobulda namoyishchi ayollarga qarata o‘q uzgani, Isroil dekabr oyida Suriya portiga ikkinchi marta zarba bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Sankt-Peterburgga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, yanvar oxirigacha faoliyati qayta tiklanadigan valyuta almashtiruvchi bankomatlar, 81 tup kesilgan daraxtning kompensatsiyasini 22 oydan so‘ng olgan Ekoqo‘mita, Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklar to‘la avtobus, shaxmatda jahon chempionini mag‘lub etgan Nodir Abdusattorov va boshqa jabarlar — «Gazeta.uz» ning 28 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov rapid bo‘yicha jahon chempionatining 10-turida jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Rossiyalik Vladimir Fedoseyev va hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi kechgan o‘yinlarda esa durang qayd etdi. Shunga qaramasdan u turnir yetakchiligini saqlab turibdi. Bungacha u reytingning yuqori o‘ntaligidagi ikki nafar shaxmatchidan ustun kelgandi.
Bitta terminalda ham Uzcard, ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Uzcard va Humo to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini tamomladi. Ikkinchi bosqichda kassa terminallari ham umumiy bo‘ladi.
DXX hududiy boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida 3 kg 757 grammlik giyohvand moddalarini musodara qildi. Giyohvand moddalari Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ikki samarqandlikka AQShga yuborishga va’da berib, har biridan 30 ming dollardan talab qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,07 so‘mga ko‘tarilib, 10 810,22 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Uzcard bankomatlarning sentabrdan beri ishlamayotgan dollar ayirboshlash funksiyasini yanvar oyi oxirigacha tiklashni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston terma jamoa va Toshkentning «Paxtakor» klubi sobiq a’zosi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. U terma jamoa safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta golga mualliflik qilgan.
Tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi miqdori BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) etib belgilandi. Ilgari buning uchun BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) to‘lash kerak edi. Shuningdek, tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida boj to‘lamasdan qayta murojaat qilinishi mumkin. Boshqa litsenziyalarni olish ham soddalashtirildi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi. O‘zbekiston prezidenti mazkur tashrif davomida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting