Toshkentda Piza universiteti filiali tashkil etildi
24 noyabr 2021, 18:20

Toshkentda Piza universiteti filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Toshkentda Italiyaning X asrlik tarixga Piza universitetining filiali tashkil etildi. Filialda ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga esa universitet diplomi beriladi.

1 dekabrdan Toshkent metrosida jetonlar qabul qilinmaydi
24 noyabr 2021, 17:23

1 dekabrdan Toshkent metrosida jetonlar qabul qilinmaydi

1 dekabrdan boshlab Toshkent metropolitenida aholida qolib ketgan jetonlarni to‘lov sifatida qabul qilish to‘xtatiladi.

«Toshkent hokimi meni 450 mlrd so‘mga tushirdi». Prezident poytaxtdagi jarliklardan qutilish haqida
24 noyabr 2021, 16:21

«Toshkent hokimi meni 450 mlrd so‘mga tushirdi». Prezident poytaxtdagi jarliklardan qutilish haqida

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrifi chog‘ida jarlar uni ko‘pdan beri qiynab kelayotgan muammo ekanligini ma’lum qildi. Jahongir Ortiqxo‘jayev esa buni hal etish uchun unga 450 mlrd so‘m zarur ekanligini aytgan. «Men bu pulni ertagayoq berishimni bildirdim», — dedi prezident. U shuningdek, jarliklarni yopib, uning o‘rniga daraxt ekish va yo‘l ochish bo‘yicha topshiriq bergan.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
24 noyabr 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,72 so‘mga pasayib, 10 745,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi
24 noyabr 2021, 15:45

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida Nexia-3 va Lacetti avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan ikkita YTH natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri avtohalokatdan keyin yonib ketgan mashinada vafot etdi.

Xorijiy IT-kompaniyalar Rossiyada o‘z filiallarini ochishi majburiy bo‘ldi
24 noyabr 2021, 15:06

Xorijiy IT-kompaniyalar Rossiyada o‘z filiallarini ochishi majburiy bo‘ldi

Roskomnadzor Google, Apple, Tiktok, Telegram, Meta va boshqa xorijiy IT-kompaniyalariga 1 yanvarga qadar Rossiyada ofislarini ochishni majburiy etib qo‘ydi. Qonun talablarini bajarishdan bosh tortgan kompaniyalar Rossiyada reklama qilish va to‘lovlarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qilinmoqda. Roskomnadzor shuningdek, resursga kirishni sekinlashtirish yoki uni mamlakat hududida butunlay blokirovka qilish huquqiga ega bo‘ladi.

XDP barcha ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha kafolatlangan nafaqa to‘lashni taklif etdi
24 noyabr 2021, 14:23

XDP barcha ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha kafolatlangan nafaqa to‘lashni taklif etdi

O‘zXDP hukumatga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan nafaqa to‘lashni joriy etish taklifini kiritdi. Partiya nodavlat sektordagi ish beruvchilar har doim ham bunday majburiyatni bajarmasligini, ishsiz ayollar esa umuman olmasligini ta’kidladi. Buni xalqaro tashkilotlar ham qayd etgan.

Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
24 noyabr 2021, 13:09

Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Toshkent viloyatida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi
24 noyabr 2021, 11:42

Toshkent viloyatida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

Davlat mehnat inspeksiyasi Yuqori Chirchiq tumani 23-maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida majburiy mehnatga jalb etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotganligi aytildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar berildi
24 noyabr 2021, 11:35

Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar berildi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari va Xorazm viloyati tadbirkorlariga qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Mazkur hududlarda 85 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi
24 noyabr 2021, 11:20

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yosh (45 yoshgacha) shifokorlarning takliflari uchun g‘oyalarni to‘plash maqsadida “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini yaratdi. Yangi platforma dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar uchun mo‘ljallangan.

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi
24 noyabr 2021, 10:59

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi

Prezident farmoyishiga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida “vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish” ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish kabi jihatlar ham shunday yo‘nalishlardan hisoblandi.

O‘zbekiston AQShning «Demokratiya uchun» sammitiga taklif etilmadi
24 noyabr 2021, 10:50

O‘zbekiston AQShning «Demokratiya uchun» sammitiga taklif etilmadi

AQSh Davlat departamenti «Demokratiya uchun» sammitida ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Sammit doirasida avtoritarizmdan himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlarini hurmat qilishga ko‘maklashish masalalari ko‘tariladi. O‘zbekiston taklif etilganlar orasida yo‘q.

Sello O‘zbekistondagi internet-savdo maydonining afzalliklari haqida so‘zlab berdi
24 noyabr 2021, 09:00

Sello O‘zbekistondagi internet-savdo maydonining afzalliklari haqida so‘zlab berdi

Sello`ning boshqaruvchi hamkori Iskandar Yusupov o‘z logistika tizimini tashkil qilish va O‘zbekistonda marketpleysni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

23 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 noyabr 2021, 21:28

23 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezident “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi"ni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berishi, “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi e’lon qilinishi, prezident poytaxt mahallalarini aylanishi — “Gazeta.uz"ning 23 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 noyabr 2021, 21:05

Jahon yangiliklari dayjesti

Pavel Durovning Fransiya fuqaroligini olgani, turk lirasi o‘zining tarixiy minimum rekordini qayd etgani, Qirg‘izistonning Rossiya harbiy-dengiz flotiga 5,4 mln dollarlik texnika yetkazib berishi, Bolgariyada avtobus halokati natijasida 46 kishining qurbon bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

95 yoshli otaxon bilan suhbat, maktabga tashrif, keksalar bilan ko‘chat o‘tqazish, yosh bola bilan tanishuv — prezident poytaxt mahallalarini aylandi
23 noyabr 2021, 18:41

95 yoshli otaxon bilan suhbat, maktabga tashrif, keksalar bilan ko‘chat o‘tqazish, yosh bola bilan tanishuv — prezident poytaxt mahallalarini aylandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Sarhumdon va Gulobod mahallalarini aylandi. Bunda davlat rahbari ko‘p qavatli uyda yashaydigan fuqarolar bilan suhbatda bo‘ldi, maktabga tashrif buyurib o‘quvchi va maktab xodimlari bilan gaplashdi, keksalar bilan birga ko‘chat o‘tqazdi, aylanishga chiqqan bolakay bilan tanishdi (video).

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
23 noyabr 2021, 17:56

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan.

Odam savdosi bilan shug‘ullanadiganlar ro‘yxati yuritiladi
23 noyabr 2021, 17:53

Odam savdosi bilan shug‘ullanadiganlar ro‘yxati yuritiladi

Hukumat qarori bilan odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi yuritiladi. Unga odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar kiritiladi. Ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari bilan ko‘rsatiladi.

Toshkent viloyatida ikki tadbirkor 100 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan
23 noyabr 2021, 17:22

Toshkent viloyatida ikki tadbirkor 100 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan

Chirchiqdagi SHIRINA PETROL va Toshkent tumanidagi CLEAN GAS SERVICE MCHJlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 1,635 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Ushbu miqdordagi gaz 100 mingta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng ekani aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting