Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.
Prezident milliy teleradiokompaniya tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali — Nurafshon TV`ni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Telekanalning asosiy vazifalari islohotlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish, hududning tarixi, madaniyati, san’atini keng targ‘ib qilish etib belgilandi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 26 008 nafar shaxslar ishdan vaqtinchalik chetlatildi. Yana 2 225 ta xolatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta obyektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik muddatga to‘xtatish chorasi qo‘llanildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov belgiyalik jurnalistning O‘zbekiston Afg‘oniston hukumatini shakllantirishda «Tolibon»ga ta’sir o‘tkazishga urinyaptimi yoki bu harakat bilan munosabatlarni qanday ko‘zda tutayotgani haqidagi savollariga javob berdi. «Biz afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlarining yelkasiga yuklamaslik kerak», — dedi vazir va ayrim davlatlar pul taklif qilayotgani va buning evaziga minglab afg‘on qochqinlarini qabul qilishni so‘rayotganini qo‘shimcha qildi. «Biz buni tushunmayapmiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Vazirlar xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni, biologik xavfsizlik bo‘yicha hukumatlararo anglashuv memorandumini, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston TIVlari o‘rtasidagi 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
«1xbet» qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan FarDU o‘qituvchisi tanishidan olgan 57 mln so‘mni yutqazib qo‘yganidan so‘ng qabristonda o‘zini osib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona tumanida 62 yoshli ota va 31 yoshli o‘g‘il o‘z uylarida is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, haydovchilik guvohnomasi va “texpasport” ni almashtirish muddati uzaytirilishi, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti jadvali e’lon qilinishi — “Gazeta.uz"ning 18 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish yaqin orada yakunlanadi. Hujjatni O‘zbekiston prezidentining kelasi yil Bryusselga qilinadigan tashrifi chog‘ida imzolash rejalashtirilmoqda.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qilganlar, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar va boshqalarning genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilandi. Hukumat Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Avvalroq sobiq rais Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.
17 noyabrdan Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman, Livan va Liviya fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga aviatranziti vaqtincha cheklandi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva ta’kidlashicha, ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar qonunchilikda belgilanganiga qaramay yetarli emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, yordamga muhtoj ayollarni «Ayollar daftari»ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash chorasini ko‘rish lozim.
O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Hududlar kesimida shoxobchalarning ishlash vaqti (jadval).
Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.
Chirchiq shahrida zirhlangan avtomashinalar, sedan, avtobuslar, tibbiy yordam mashinalari, qolaversa, zirhli harbiy mashinalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Harbiy-sanoat kompaniyasi hukumat qo‘shinlari, xalqaro qutqaruv va xavfsizlik tashkilotlari hamda yuqori martabali mijozlar uchun zirhli texnika ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,84 so‘mga ko‘tarilib, 10 768,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting