Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 755,26 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Afg‘onistonda 2021 yilda afyun yetishtirish hajmi 8 foizga o‘sib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Bu esa 320 tonna sof geroin dunyo bo‘ylab bozorlarga kirishini anglatadi, deyiladi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.
Qirg‘izistonda kuzatilgan zilzila O‘zbekiston hudularida ham sezildi. Jumladan, Xonobodda 3−4 ball, Qo‘rg‘ontepada 3 ball, Jalaquduqda 3 ball, Paxtaobodda 3 ball, Asakada, Norin, Marhamat va boshqa tumanlarda 2 ballik silkinishlar qayd etildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatiga O‘zbekistonning oltin valyuta zaxirasi 35,21 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan oy bilan taqqoslaganda, zaxiralar 797,1 mln dollarga yoki 2,3 foizga o‘sgan. Bunga jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.
Qattiq qor va havo haroratining keskin tushishi sababli Toshkent aeroportida qator reyslar kechiktirildi. Dubayga uchgan HY-333 reysining samolyoti yo‘lovchining qarindoshi vafot etgani sababli uchishdan bosh tortgani sababli kechiktirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda kelishuvga erishildi.
Rossiyaning yana sakkizta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish niyatida, ulardan uchtasi yaqin kunlarda o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumida muhokama qilindi.
Chorshanba kuni erta tongda poytaxtda iflos qor yog‘di. O‘zgidromet bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu inson salomatligiga ziyon yetkazmasligi aytilmoqda.
Buxoro viloyatining Kogon shahridagi suv quvuri yotqizilish vaqtida tuproq o‘pirilishidan 2 kishi halok bo‘lgan edi. Holat yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov respublikadagi barcha mahallada hokim yordamchisi lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan o‘tkazilayotganiga izoh berar ekan, «bu noqonuniy», deya ta’kidladi. «Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin», — dedi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tdi.
Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Universitetning sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi.
Prezident farmoni bilan 2018 yildan beri xalq ta’limi vaziri sifatida ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov AKT vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning o‘rniga esa 2017 yildan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyor Saidov vazir bo‘ldi.
Endilikda nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishlari mumkin. Ijaraga berilgan transport tomonidan buzilgan yo‘l harakati qoidalarini esa onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.
Inamjon Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahrining Labzak mavzesida daraxt yo‘l qismiga qulab, Matiz avtomashinasining old qismiga shikast yetkazdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Buxoro viloyati Kogon shahrida suv quvurini yotqizish ishlari vaqtida tuproq o‘pirilishi sodir bo‘ldi, ikki ishchi hayotdan ko‘z yumdi.
Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2022 yildan boshlab «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Birinchi marta bunday rejalar 2020 yilning iyun oyida e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Milliy atlasi yaratilishi, yangi qabul qilingan prezident qarorlari, to‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi 9,4 foizgacha tushishi — «Gazeta.uz»ning 16 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Namangan shahar IIB rahbariyati ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori boshqalar nomida katta miqdorda kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting