O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryoliklar haligacha paxtani qo‘l mehnati bilan terishiga e’tibor qaratdi. Nomzod o‘z dasturida keyingi besh yilda 40% qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilab, mexanizatsiya darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, u qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun subsidiyalar ko‘lamini ham ko‘paytirishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev har kuni unga Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat haqida ma’lumot berishlarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston jafokash afg‘on xalqiga qo‘lidan kelgancha yordam berishga tayyor. «Bizning yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin», — deya ta’kidladi prezident.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta’siri to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 6 fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo‘ldi.
Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.
Adliya vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan — Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, 3 ta agentlik va 2 ta inspeksiyaning rahbar xodimlarini jarimaga tortdi. Qolaversa, davlat idoralarning 38 nafar ma’sul xodimiga intizomiy jazo qo‘llanildi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.
«Navoiyazot» koxonasi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «so‘nggi davrda oqava suvlarning sifati o‘zgarishlarsiz» bo‘lgan. «Tashlanma suvlardan laboratoriya taxlillari olinib keyinchalik Zarafshon daryosiga yuboriladi», — deyiladi xabarda.
Turkiya O‘zbekistonga 200 ming dozada Sinovac vaksinasini, shuningdek, 20 ming quti «Favipiravir» dori-darmonlarini yetkazib beradi. Vaksinalar va dorilarning bu partiyasi do‘stlik va xayrixohlik belgisi sifatida Turkiya tomonidan O‘zbekistonga yuboriladi.
Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa natijasida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning ta’kidlashicha, Covid markazga kuniga o‘rtacha 25 nafar o‘g‘il-qiz yotqizilyapti. Hozirgi kunda 160 nafarga yaqini bolalar davolanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kungacha O‘zbekistonda 117 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlangan. Kasallangan o‘rta holatdagi bemor muolajasi uchun davlat hisobidan 15 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanayotgani ma’lum qilindi.
7 oktabr kuni gaz fyucherslari narxi keskin — 22 foizga pasayib, ming kubometr uchun 1000 dollardan kamroqni tashkil qildi. Financial Times nashri gaz narxlari qulashini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energetika masalalari yuzasidan qilgan chiqishi bilan bog‘lamoqda. RT nashriga ko‘ra, ekspertlar Yevropa gaz bozoridagi vaziyat vaqt o‘tishi bilan muvozanatga kelishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.
“Samarqand” xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan bir oyga yopildi. Barcha qatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarshiga yo‘naltiriladi, bu yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Malayziya bilan o‘yini, Bekobodda yangi futbol akademiyaning ochilishi, short-trekchilarning Moskvadagi musobaqada g‘olib bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Davlat ekologiya qo‘mitasi «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlanganligini aniqladi. Xavfli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi bir necha bor oshib ketishi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga olib keldi.
Qaymoqli, sabzavotli, tovuqli va kartoshkali, izmircha yoki an’anaviy — Zira.uz mazali va sersuv kotletlar retseptlarini taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyevning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, 12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi, Abdulaziz Kamilovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi — “Gazeta.uz"ning 8 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Tolibon»ning IDga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazayotgani, Hindistonning sayyohlik vizalarini berishni boshlashi, Google’ning iqlim o‘zgarishini inkor etuvchi kontentni monetizatsiya qilishni taqiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Alisher Usmonovning USM xoldingi bosh direktori Ivan Streshinskiy «Kommersant» nashriga bergan intervyusida «MegaFon»ning O‘zbekiston bozoriga kirish sabablari haqida so‘zlab berdi. «U o‘sha yerda tug‘ildi va yordam berishni xohlaydi», — dedi u.
Gulnora Karimovaning advokati sentabr oyi o‘rtalarida mijozi bilan uchrashuvda uning qo‘lida ko‘karishlarni ko‘rganini xabar qilgan edi. Ombudsman Feruza Eshmatova koloniyada ko‘rishganida birinchi prezidentning qizi bilan hammasi yaxshi bo‘lganini va qaytadan monitoring o‘tkazilishini aytdi. U shuningdek, qamoqxonalarda qisqa muddatli uchrashuvlar qayta tiklanganini ham ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting