Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzaxda Yevropa kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda «Oloy» bozori yonida qurilish uchun yer olib berishni va’da qilib, afg‘onistonlik tadbirkordan 10 ming dollarni qo‘lga kiritgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijonda «kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan» matematika fani o‘qituvchisining eri direktor o‘rinbosari va CHQBT fani o‘qituvchisini do‘pposladi. Ikki pedagog shifoxonaga yotqizildi.
2021 yilda Sirdaryo viloyatida majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha tajriba boshlanadi.
O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalarining 188,2 mlrd so‘mlik noqonuniy harakatlariga barham berildi.
Star Media kinokompaniyasi O‘zbekistonda byudjeti 20 mln dollar bo‘lgan tarixiy serialni tasvirga oladi. Tasvirga olish ishlari Samarqand, Buxoro va Xivada olib boriladi.
Shavkat Mirziyoyev fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Hafta davomida yog‘ingarchiliklarsiz iliq havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda. Oktyabrning birinchi dekadasida kunduzgi harorat +25 daraja, ikkinchi va uchinchi dekadada +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.
Prezident qarori bilan 2019−2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi.
Muzrabot tumanidagi maktabda oilaviy janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi. Ishsiz fuqaro turmush o‘rtog‘i va maktab direktorini jarohatladi.
Jurnalist Mahmud Rajabning Xorazmdan Toshkentga piyoda yurishini yoritgan bloger va ingliz tili o‘qituvchisi Nafosat Ollashukurova ruhiy asab kasalliklar dispanseriga joylashtirildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov Nyu-Yorkda meksikalik Alexandro Barrerani texnik mag‘lubiyatga uchratdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlariga hujumlar uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini hukumatga taqdim etdi. 2018-yildan buyon tibbiyot xodimlariga 400 martadan ortiq hujum uyushtirildi.
Sentyabr oyida Toshkent soliq xizmati organlari tomonidan 109,4 mln so‘mlik tamaki va 57 mln so‘mlik alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo‘linmalariga zamonaviy avtomashinalarning kalitlari topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyevni qabul qildi.
O‘zbekistonda Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risidagi kodeks ishlab chiqiladi. Yanvardan NNTlarni ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji stavkalari pasaytiriladi, mahalliy byudjetlarga ularni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari kiritiladi.
BAAning Masdar Navoiyda quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Kompaniya O‘zbekiston uchun eng maqbul tarifni taklif qildi.
O‘zbekistonda «Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning 30 yilligi keng nishonlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting