Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish haqidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirildi. Umumiy hajmlar va narxlar oshkor qilinmadi, ammo ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, tariflar avvalgi darajada saqlanib qolgan.
Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Adliya vaziri seshanba kuni o‘tkazilgan anjumanda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. «Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi», — dedi Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning uchun tartibga solish mexanizmlari va qonunlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, vazir O‘zbekistondagi qamoqxonalar xususiy sektorga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatlar avtomobillar va elektrotexnika yig‘ish hamda turizm sohasida klasterlar tuzish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Turkmaniston tomoni 300 mln dollarga o‘zbek tovarlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda va «Turkmanboshi» dengiz porti infratuzilmasini taklif qilmoqda.
USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi. Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshiriladi.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.
O‘zbekiston xalqaro yuklarni tashishni soddalashtirishga mo‘ljallangan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shildi.
Dollarning jahon valyutasi maqomi tahdid ostida bo‘lishi mumkinligi, Facebook’dagi uzilishlar sababi, dunyo aviakompaniyalarining 2050 yilga kelib CO2 chiqindilarini nolga yetkazish majburiyatini olishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, TDIU sobiq prorektorining qidiruvga berilishi — “Gazeta.uz"ning 5 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va tavsiyalari mamlakatda paxta yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirishga yordam berganligini ta’kidladi. U hamkasbining boshqa xususiyatlarini ham e’tirof etdi.
Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.
«O‘zavtosanoat» va «Turkmenistan-Motors» o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Turkmaniston hududida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Turkmaniston tomoni o‘zbek tovarlarini 300 million dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Farg‘onada xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan shaxs o‘zini ko‘rib qolgan ayolni pichoqladi. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etdi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.
Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi davomida 23 ta hujjat imzolandi. Ular orasida Transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir hujjatlar imzolangan.
2021 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Syukuro Manabe, Klaus Hasselman va Jorjio Pariziga «murakkab fizik tizimlar haqidagi tushunchamizga qo‘shgan hissasi» uchun berildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Afg‘oniston xalqiga yordam berishda davom ettishlarini ta’kidlashdi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u transmilliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish rejalari haqida ham ma’lum qildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori firibgarlik va mansab soxtakorligida ayblanib, qidiruvga berilgan.
Qonunchilikka tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish va yengil tan jarohatiga olib kelgan YTHlar bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv instituti amaliyoti joriy qilinmoqda. Yarashuv faqatgina jabrlangan tomonning tashabbusi bilan va zarar qoplanganidan keyingina amalga oshishi mumkin.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun 5 yilda 114 trln so‘m va qariyb 31 mlrd AQSh dollari yo‘naltirilganini ma’lum qildi. «Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun, 2000 ga yaqin O‘zbekiston prezidentining farmon va qarorlari qabul qilindi» — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting