Rustam Rajabov UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi
27 aprel 2021, 11:22

Rustam Rajabov UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

UzAuto Motors bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Rajabov rasman kompaniya bosh direktori etib tayinlandi.

Toshkentdagi kafelardan birida ikki erkak hisobni to‘lamasdan, kafe ishchisini do‘pposladi
27 aprel 2021, 10:41

Toshkentdagi kafelardan birida ikki erkak hisobni to‘lamasdan, kafe ishchisini do‘pposladi

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan kafelardan birida mast holatdati ikki kishi hisobni to‘lamasliklarini aytib, kafe ishchisini do‘pposlagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi
27 aprel 2021, 10:33

Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi

Shaxloxon Turdikulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

«Paxtakor» OCHLning 5-turida «Traktor» bilan durang o‘ynab, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi
27 aprel 2021, 10:16

«Paxtakor» OCHLning 5-turida «Traktor» bilan durang o‘ynab, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 5-tur uchrashuvini «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Turkiyada 17 maygacha to‘liq karantin e’lon qilinmoqda
27 aprel 2021, 10:12

Turkiyada 17 maygacha to‘liq karantin e’lon qilinmoqda

Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq karantin cheklovlari amal qiladi. Bunda barcha maktablarda darslar to‘xtatilishi va imtihonlar qoldirilishi e’lon qilindi. Shuningdek, barcha savdo markazlari faoliyati vaqtinchalik cheklab qo‘yiladi.

Telegram O‘zbekistonda guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi
27 aprel 2021, 00:00

Telegram O‘zbekistonda guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi

Telegram’dagi guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati mavjud bo‘ldi. Ilovada sakkizta o‘rnatilgan to‘lov tizimlaridan ikkitasi — O‘zbekistondagi PayMye va CLICK.

«Istiqlol» konsepsiyasi loyihasi yaqin kunlarda tasdiqlanadi — qurilish vaziri
26 aprel 2021, 23:28

«Istiqlol» konsepsiyasi loyihasi yaqin kunlarda tasdiqlanadi — qurilish vaziri

Qurilish vaziri Botir Zokirov Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida barpo etiladigan «Istiqlol» konsepsiyasi loyiha yaqin kunlarda tasdiqlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tanlov ishtirokchilarining loyihalari bilan tanishib, tanlov muddatini yana 10 kunga cho‘zish topshirig‘ini bergan.

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)
26 aprel 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)

Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining topilgani, Suriyaning 1 mlndan ortiq aholisi ichimlik suvisiz qolganida Turkiyani ayblagani, Isroilning G‘azo sohilidagi baliq ovi hududini butunlay yopib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qanot Sharq ilk samolyotini qabul qilib oldi
26 aprel 2021, 19:10

Qanot Sharq ilk samolyotini qabul qilib oldi

Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 samolyotini qabul qilib oldi. Bir oy ichida yana bir xuddi shunday bortning yetib kelishi kutilmoqda.

Viloyatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi veterinarlar uysiz hayvonlarni bichishga o‘qitiladi
26 aprel 2021, 18:21

Viloyatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi veterinarlar uysiz hayvonlarni bichishga o‘qitiladi

«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati viloyatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi veterinarlarni uysiz mushuk va itlarni strelizatsiya qilishga o‘qitish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi.

Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi
26 aprel 2021, 17:52

Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi

Toshkent mexanika zavodi (sobiq TAPOiCh) hududida sanoat chiqindilari yonib ketdi. Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.

Toshkentda Damas yuk avtomobili bilan to‘qnashdi
26 aprel 2021, 17:36

Toshkentda Damas yuk avtomobili bilan to‘qnashdi

Sergeli tumanida Damas yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. YTH natijasida haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zDJTUning 4 kursdan yiqilgan 6 nafar talabasi o‘qishga qayta tiklandi — Ombudsman
26 aprel 2021, 17:15

O‘zDJTUning 4 kursdan yiqilgan 6 nafar talabasi o‘qishga qayta tiklandi — Ombudsman

Davlat jahon tillari universitetining 6 nafar talabasi masofaviy ta’lim vaqtida elektr uzilishi sabab nazorat ishlarini modulga kirita olmay, 4 kursdan yiqilgan. Ota-onalarning vazirlik va tashkilotlarga qilgan murojaati esa besamar ketgan. Oradan qariyb bir yil o‘tib, Ombudsman aralashuvi bilan talabalar o‘qishga qayta tiklandi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
26 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga qimmatladi va jami 10 548 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Yong‘in o‘chirish mashinalarida dezinfeksiya ishlarini olib borganlarga chora ko‘riladi — FVV
26 aprel 2021, 15:38

Yong‘in o‘chirish mashinalarida dezinfeksiya ishlarini olib borganlarga chora ko‘riladi — FVV

Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.

Uch oyda 108 mingdan ortiq qonun buzilishlar aniqlandi — Davlat xizmatlari agentligi
26 aprel 2021, 15:23

Uch oyda 108 mingdan ortiq qonun buzilishlar aniqlandi — Davlat xizmatlari agentligi

Joriy yilning ilk uch oyida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 108 mingdan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi. Shundan, 79 mingdan ortig‘i muddat buzilishi va 1129 tasi ortiqcha hujjat talab qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p qonunbuzarlik kommunal tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lib, 88 509 ta holat qayd etilgan. Natijada 20 nafar mansabdor ishdan olingan.

Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi
26 aprel 2021, 15:12

Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi

O‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi Nigina O‘ktamovaga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi.

Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqdi
26 aprel 2021, 15:01

Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqdi. Bu vaqt ichida u Vazirlar Mahkamasining rahbari bo‘lib ishlaydi.

Farg‘onada oilali erkakka nikoh o‘qigan 64 yoshli otaxonga 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi
26 aprel 2021, 14:27

Farg‘onada oilali erkakka nikoh o‘qigan 64 yoshli otaxonga 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 64 yoshli otaxonga oilali erkakka boshqa bir ayol bilan nikoh o‘qigani uchun 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. U oldinroq ham ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan va jarimaga tortilgan.

Hafta davomida issiq va quruq ob-havo kuzatiladi
26 aprel 2021, 14:01

Hafta davomida issiq va quruq ob-havo kuzatiladi

Hafta davomida O‘zbekistonga harorat me’yordan 5−8 darajaga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14−17 daraja, kunduz kunlari 32−35 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 37−38 darajagacha bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting