Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayolning jasadi topildi. Qotillikda gumondor 5 kishi qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.
Marhum olim Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Kubatin mazkur akademiyada 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yarim yil faoliyat ko‘rsatgan.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini ta’kidladi. «Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q», — dedi u.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekistonga 8 oy ichida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi qaytarildi. Agentlik shuningdek 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarning qaytarilishida ko‘maklashdi.
Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi — “Gazeta.uz"ning 13 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari tumanlararo markazlarda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari turini 79 taga, viloyat darajasida 168 tagacha yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mamlakatda 500 bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.
O‘zbekistonga Polshadan AstraZeneca vaksinasining 252 ming dozasi olib kelindi. Shuningdek, bugun Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan edi
Myanmada qarshilik kuchlari tomonidan 50 ga yaqin harbiy va politsiyachining o‘ldirilgani, BMW’ning Xitoydan 142 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib olayotgani, Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning uylarini tashlab ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.
O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan barcha Afg‘oniston fuqarolari so‘nggi ikki kun ichida boshqa mamlakatga evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV rasmiy vakili.
12 sentabr kuni afg‘on uchuvchilari va boshqa xizmatchilari O‘zbekistonni tark eta boshladi. Ikkita samolyot Termiz aeroportidan BAAga jo‘nab ketganligi aytilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,22 so‘mga pasayib, 10 651,69 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
«Milliy tiklanish» partiyasi vakolatli vakili partiya debatlar va saylovoldi dasturini ekspertizadan o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. «Alisher Qodirov o‘zining joyini bo‘shatib berishga emas, kurashishga tayyor. Biz hech qachon orqaga chekinmaymiz», — dedi Bahodir Mamatxonov.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi o‘yinlarini Gvatemala bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyat bilan boshladi.
Dushanba kuni 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida Toshkentga olib kelindi. YUNISEF umumiy hajmi 3064 litr bo‘lgan 8 ta muzlatgich sotib oldi, bu vaksinaning butun hajmini -70 daraja haroratda saqlash uchun yetarli.
Prezident farmoni bilan 1 oktabrdan boshlab Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi. 2022 yil 1 apreldan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, farmonga asosan hududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi.
O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021» o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etadi hamda Tojikiston, Rossiya, Pokiston, Eron rahbarlari bilan uchrashadi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting