Shanba kuni MSK Milliy tiklanish partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ularga guvohnomalar tez kunlarda topshiriladi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga abituriyentlarni qabul qilmoqda. Hujjatlar onlayn va oflayn tarzda qabul qilinadi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov saylovoldi dasturlaridagi o‘xshash jihatlarni «imkoniyat» deb atab, «Adolat» partiyasi bilan prezidentlik saylovlarida har ikki partiyadan yagona nomzod ko‘rsatish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Avvalroq, «Adolat» Alisher Qodirovni saylovoldi dasturidagi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblagan edi.
O‘zbekistonda 9 kundan beri kunlik kasallanish holatlari 700 nafardan kamroqni tashkil etmoqda. sentabrning o‘ninchi kuni 800 nafarga yaqin bemor kasallikdan to‘liq sog‘aydi.
Brauni-chizkeyk, quyma va sochma, shokoladli va tvorogli piroglar — Zira.uz olxo‘ridan tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning oxirgi 5 yilda qilgan ishlari uning obro‘si ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. U hozirgi kunda O‘zbekistondagi boshqa biror siyosiy arbob to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaldagi prezidentga bas kelishi qiyinligini ham ta’kidladi.
COVAX dasturi doirasida Germaniya O‘zbekistonga 356 ming doza AstraZeneca vaksinasini sovg‘a qildi.
Mahallalarda jinoyatlarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning qonuniy asosi ishlab chiqildi. Jinoyatlarning xususiyatiga qarab muhokamalarda davlat organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishi shartligi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev 2 mingdan ortiq maktabning birorta o‘quvchisi «Bir million dasturchi» loyihasida ishtirok etmaganini tanqid qildi. Shuningdek, 1 oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyevning paralimpiyachilar bilan uchrashuvi, yangi chiqarilgan qarorlar, Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazishi — “Gazeta.uz"ning 10 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qidiruvdagi ikki ayol bilan muloqotda bo‘lib, ularning ko‘rsatmalari bo‘yicha «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi.
Rossiya va Belarus rahbarlarining Ittifoq davlati bo‘yicha kelishib olgani, Daniyaning barcha karantin cheklovlarini bekor qilgani, AQShda COVID-19'ga qarshi kengaytirilgan emlash rejasi qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari +12…+15 darajagacha pasayadi, kunduz harorat +27…+30 darajagacha ko‘tariladi.
Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazdi. Birinchi bosqichda uchta model — ikki krossover va bir yo‘ltanlamasning sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,18 so‘mga pasayib, 10 655,91 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashdi va O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiada yakunlari bo‘yicha so‘z yuritdi. «Musobaqaning dastlabki kunlarida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo‘llangani ham, jiddiy muammolar tug‘dirdi», — dedi u. Prezident, shuningdek, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish choralarini e’lon qildi.
Maktab va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlari g‘oliblariga pul mukofoti beriladi. 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar taqdim etiladi.
Hukumat qarori bilan OTMlarda talabalar bilan ishlash bo‘yicha «guruh murabbiyi» instituti bekor qilindi. 1−3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi o‘tkaziladi. Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan maktabga 500 mln so‘m mukofot beriladi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Geda Vali noyabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi mintaqaviy dasturining imzolanishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting