Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha qurish orqali maktabgacha ta’limdagi qamrovni 80 foizga yetkazish, maktablarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish, 1,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish, qolaversa, oliy ta’lim qamrovini 50 foizga, xususiy oliygohlar sonini esa 50 taga yetkazish, 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalarini barpo etish rejalari ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida temir yo‘llarini elektrlashtirish darajasi amaldagi 40 foizdan 60 foizga oshirilishini ta’kidladi. Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishi haqida ma’lum qildi. O‘zLiDeP nomzodi parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanashini qayd etdi. Har yili kamida 200 mln tup daraxt ko‘chatlari ekilishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshirilishini aytib o‘tdi. Xalqaro magistral internet tezligi 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi 8 barobarga oshirilishi qayd etildi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti doirasida ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi. Investitsion kompaniyaning maqsadi Tojikiston hududidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi. Kompaniyaning boshlang‘ich ustav kapitali 12 mln dollar bo‘ladi va bosqichma-bosqich 50 mlngacha yetkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish vazifasi oldinda turganligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident 2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushirilishini aytib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni 2 barobar qisqartirishini ta’kidladi. O‘zLiDeP nomzodi 2023 yildan QQS 12 foizga, mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%ga tushirilishini ham qayd etdi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana qator rejalar e’lon qilindi.
O‘zLiDePning 10-s’ezdida partiya nomzodi, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod prezident farmoni va qarori qabul qilingani aytildi. «Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston aholisi soni 38 mln dan oshishi kutilayotganini ma’lum qildi. Prezident bunday demografik o‘sish mamlakat uchun ham imkoniyat, ham juda katta mas’uliyat ekanligini ta’kidladi.
Eron Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zosi bo‘lishi aytilmoqda. 16−17 sentabr kunlari Tojikistonda bo‘ladigan sammitda uning tashkilotga qo‘shilish jarayonlarining boshlanishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 653 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, chorshanba kuni 135 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar toliblar tuzgan hukumatni «noqonuniy» deb atab, jahon hamjamiyatini uni tan olmaslikka chaqirdi. «Men „Tolibon“ bilan inson huquqlarini hurmat qilmaguncha va inklyuziv hukumat tuzmaguncha hamkorlik qilmayman», — dedi elchi.
Oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi. To‘lovlar miqdori 1 noyabrga qadar emlangan talabalarga beriladigan 10 foizlik chegirma, stipendiyali va stipendiyasiz holda keltirilgan.
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati 258,3 mln dollarga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. Mashinalar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5983 taga kamaygan.
Prezidentlik saylovlarida “Adolat” partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov Afg‘onistonda tuzilgan vaqtinchalik hukumat haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. “Afg‘oniston xalqi qaysi hukumatni tavsiya qilsa, qaysi hukumat bilan aloqa qilishni munosib deb topadigan bo‘lsa, O‘zbekiston yaqin qo‘shni sifatida ular bilan muloqotga kirishishi kerak”, — dedi u.
“Adolat” Bahrom Abduhalimovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqlanishi, O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlashi, avtomobil ishlab chiqaruvchilariga jami 2,57 trln so‘mlik imtiyozlar berilganligi — “Gazeta.uz"ning 8 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
JSSTning rivojlangan davlatlarni pandemiya davom etishida ayblagani, Grenlandiyada muzlarning erishi, Dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston yangi hukumatiga nisbatan munosabati va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting