Xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga oltin medal uchun 122,5 mln so‘m, kumush uchun 73,5 mln so‘m va bronza uchun 49 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi. Shunindek ularning o‘qituvchilariga ham pul mukofotlari taqdim etildi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 851 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 398 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining 2021 yilgi yillik anjumaniga mezbonlik qiladi. Anjuman 31 avgustdan 4 sentyabrgacha Toshkent Xalqaro kongress-markazida bo‘lib o‘tadi.
Moliya vazirligi tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Endilikda fuqarolar mahalliy byudjetni taqsimlashda ishtirok etish, infratuzilmalarni yaxshilash, yo‘llar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga ovoz berishlari mumkin.
Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Seshanba kuni 125 yo‘lovchisi bo‘lgan evakuatsiya samolyoti Kobuldan Toshkentga uchib keldi. Ular shu yerdan Germaniyaga jo‘natiladi. GFR mudofaa vaziri ko‘proq odamni evakuatsiya qilish uchun Toshkent va Kobul o‘rtasida havo ko‘prigini qurish rejalari haqida ma’lum qildi.
Prezidentning matbuotga bergan intervyusi, 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirilishi haqidagi farmon, Tashqi ishlar vazirligining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonoti — “Gazeta.uz"ning 17 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Fransiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning evakuatsiya qilinayotgani, Gaitidagi zilzila qurbonlari sonining 1,4 ming nafardan oshgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.
Afg‘on inqirozi tufayli O‘zbekiston va Pokistonning dollardagi yevrobondlari bosim ostida qoldi, deya qayd etdi Financial Times. Fondlar boshqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan qochqinlarning ehtimoliy chiqib ketishi qo‘shni davlatlarda moliyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Prezident farmoniga ko‘ra, 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 270 ming so‘m, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 822 ming so‘m etib belgilandi.
Dunyo axborot agentligi O‘zbekiston hududida Afg‘oniston etnik guruhlarining arboblari va yetakchilari yo‘qligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev matbuotga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston tushunchalari nimani anglatishiga aniqlik kiritdi.
Yakshanba kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.
Xalq demokratik partiyasi ta’kidlashicha, Tashkent City majmuasiga pul to‘lab kirish — Konstitutsiya tamoyillariga zid va jamiyatda tabaqalashuvga olib keladi. «O‘zbekistonda moliyaviy belgilarga, shuningdek, ayrim imtiyozlarga ko‘ra tabaqalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart», — deyiladi xabarda.
Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.
Dollarning rasmiy kursi 7,69 so‘mga pasaydi va jami 10 652,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan «jihodchilar» oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Ular «jihod» maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.
Marhum shayx Usmonxon Alimovning janoza namozi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘qildi. Janozaga Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston va boshqa davlatlardan qorilar tashrif buyurdi — fotoreportaj.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘plab odamlarning bandligi va daromadi tadbirkorlikning qanday qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. «Agar biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi», — dedi u.
«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting